Tasdiqlayman Tosh kti o‘quv ishlari bo‘yicha Rektor muovini dots. Ismailova L. A. 2007 «iqtisodiy bilimlar tarixi»


 Alternativ iqtisodiy bilimlarning vujudga kelishi A.V.CHayanov va



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/49
tarix24.11.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#70375
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   49
«sanoat marketingi» kafedrasi

3. Alternativ iqtisodiy bilimlarning vujudga kelishi A.V.CHayanov va 
uning ayrim iqtisodiy bilimlari. 
Xozirgi paytda boshqa ijtimoy fanlarda bo‘lgani kabi iqtisodiy bilimlar 
tarixi fani ham qayta ko‘rib chiqilmoqda, tarix fanini xaddan ziyod 
"G‘oyalashtirish", ob’ektiv vokelik hamda tarixiy faktlarga siyosat nuktai 
nazaridan qarashlik kabi nuksonlardan asta-sekin xalos bo‘linmoqda. Sovet 
davlatining dastlabki davrlaridayok yangi jamiyat iqtisodiyotini yaratish, 
xo‘jalik yuritishning yangi metodlari va tamoyillari o‘stida ilmiy izlanishlar 
olib borgan olimlarning nomlari qaytadan tiklanmoqda. 
O‘z davrida «Xalq dushmanlari» bo‘lgan olimlarning xayoti, ilmiy 
faoliyatlari va nazariyalariga ob’ektiv baxo berilmoqda. 
Shuni alohida ta’kidlab utamizki, usha paytlarda shurolar davlati va 
kommunistik partiyaning olib borayotgan rasmiy siyosatiga alternativ - 
muqobil iqtisodiy g‘oya, fikr, konsepsiya, ta’limot va nazariyalar bor edi. 
Lekin ularning fikrlari antimarksistik, antisotsialistik nikob ostida inkor etildi, 
olimlar jismonan yo‘q qilindi. Endilikda katagon yillari mavjud bo‘lgan barcha 
ilmiy qarashlarni akl tarozisi bilan yangidan o‘rganish uchun sharoit tugildi. 
Shunday iqtisodchilardan biri A.V.CHayanovdir. 
Aleksandr vasilevich chayanov 1888 yil 17 fevralda moskvalik savdogar 
oilasida dunyoga keldi. Bilim yurtini bitirgach, 1905 yili moskva qishloq 
xo‘jaligi instito‘tiga ukishga kiradi (u davrda Moskva qishloq xo‘jaligi 
instito‘ti , "Petrov qishloq xo‘jaligi akademiyasi", kiskacha "Petrov 
akademiyasi" deb atalar edi). 
Talabalik davrida Italiya (1908), Belgiya (1909) va keyinchalik G‘arbiy 
Yevropadagi boshqa qator davlatlarda bo‘lishi, yosh olimning dunyo qarashi va
ilmiy tasavvuriga ta’sir etdi. 1908 yilda Italiyada kooperatsiya masalasiga 
bagishlangan ilmiy ishi nashrdan chikdi. 
1912 yili "Mexnat xo‘jaligi nazariy ocherklari" asarini yozib, bu asar bilan 
rus iqtisodiy bilimlarida yangi tashqiliy ishlab chiqarish yo‘nalishini 
rivojlantirishni belgilab berdi. 
A.V.CHayanov va uning hamfikrlari bo‘lgan Makarov, Ribinkov kabi 
dexqon mexnat xo‘jaligini yaxshilash uchun ishlab chiqarishni ratsioanl tashqil 
etish, ilgor texnologiyaga asoslangan xolda uning intensivligini oshirish, 
qishloq 
xo‘jaligi 
maksulotlarini 
qayta 
ishlash 
va 
realizatsiyani 


58 
kooperativlashtirish lozim, deb ko‘rsatgan edilar. Bu olimlar dexqon mexnat 
xo‘jaligining asosi oilaviy mexnat yacheykasidir deb tushuntirdilar. Bu 
tushunchani ular kooperatsiya to‘g‘risidagi nazariy va amaliy bilimlar bilan 
bogladilar, mustaxkamladilar. Ular erkin iqtisodiy kooperativ barpo etish 
tarafdorlari edilar. 
20-yillarning o‘rtalarida Chayanovning dexqon xo‘jaligini tashqil etishga 
bagishlangan "Ijtimoy agronomiyaning asosiy g‘oyalari va metodlari" kabi 
asari bosilib chikadi. 1927 yilda "Kooperatsiyaning asosiy g‘oyalari va 
shakllari" nomli asari chikadi. 
CHayanovning ilmiy faoliyati, uning yozgan asarlari uning yirik iqtisodiy 
olim, progressiv ijtimoy iqtisodiy isloxotlar tarafdori ekanligining yaqqol 
dalilidir. Avval aytganimizdek, olimning ilmiy faoliyati bevosita "tashqiliy 
ishlab chiqarish maktabi" bilan bog‘liq bo‘lib, uni ba’zida "CHayanov 
maktabi" deb ham atadilar. Bu iqtisodiy maktabning boshqa maktab va 
bo‘linmalardan asosiy farqi shunda ediki, maktabda xayotiy tajriba va 
dexqonlarning kundalik extiyojlarini nazarda tutgan xolda ish olib borildi.bu 
g‘oyalar «Antisotsialistik» deb baxolandi va olim katagon qilindi.xuddi 
shunday yakun bir qancha boshqa olimlar (N.Kondratev,N.Voznesenskiy) 
xayotiga zomin bo‘ldi. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin