51
1.
Baxoning nisbati katta bo‘lmagan o‘zgarishiga talabning shakli
o‘zgarishi ro‘y beradi, talabning yukori elastiklik xolati xisoblanadi.
2.
Baxolarning sezilarli o‘zgarishidan kat’iy nazar talabning
o‘zgarishi sekin bo‘lsa, past elastliklik xolati deyiladi.
Masalan, tor doiradagi muxlislar uchun,
skripka yoki astronomik
teleskop narxining ikki barovar o‘zgarishi, ularga bo‘lgan talaba jiddiy
o‘zgarishga olib kelmaydi.
Shuningdek, narx keskin o‘zgarishidan kat’iy nazar, transport vositalari,
oziq-ovqat maxsulotlariga talab deyarli kam o‘zgaradi.
Kurpo o‘z tadqiqotlarida, tabiiiy monopoliya, ya’ni noyob ma’danli suv
chiqaradigan buyuk egasining, yukori daromad
olish uchun qanday baxo
kuyish masalasini taxlil etadi. Bunda yangi omillar-ishlab chiqarish chikimlari,
raqobat kabilar ham xisobga olinadi.
Shuningdek, kurpo, 2ta raqobatli monopoliya-duopoliya, chekli va ko‘p
raqobatchilar xolatlarini ham taxlil qilgan.
Taxlil matematik aniklik va kuchli mantikiylik asosida amalga
oshirilgan.
Kurpo tadqiqotlarining eng muxim jixatlaridan biri, ishlab chiqarish
sohasidagi qiymatning
mexnat nazariyasi emas, muomala sohasidagi baxolar
taxlil etilgan.
Iogan Genrix Fon Tyunen (1783-1850)-shimoliy Germaniyalik Yunker
(pomeshchik) qishloq xo‘jaligi bilan bevosita shugullangan. Kurpo g‘oyalarini
amaliy material bilan tuldirgan. Iqtisodiy model yaratgan. Modelga ko‘ra,
xo‘jalik doira shaklidan iborat bo‘lgan. Markazda qishloq xo‘jalik maxsulotlari
iste’molchisi-shaxar, atrofda esa, bir xil tuprok unimdorligida bo‘lgan yopik
xudud tushuntiriladi.
Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari samaradorligi
pasayib boruvchi konsentrik
doiralarga joylashtirilgan.
Belgilangan baxo bilan ishlab chiqarish va tarnsport xarajatlari orasidagi
farq asosida qishloq xo‘jalik maxsulotlari yetishtirishning norentabelligi
xisoblangan.
Tyunenning fikricha, iqtisodjiy jarayon ketma-ket kichik ortirmalar yo‘li
bilan rivojlanadi. Rivojlanishning ma’lum xolatiga kelib keskin sifat o‘zgarishi
ro‘y beradi. Bu usul ishlab chiqarish optimal tarkibining ya’ni, mexnat va
kapitalining o‘zaro tuldirish jarayonining shakllanishigna imkon beradi.
Tyunen qullagan usul keyinchalik iqtisodiyotda kichik ortirmalar va
cheklangan sharoitlar uslubi marjinalizm nomini oldi.
Tyunen davlatning qishloq xo‘jaligi va milliy iqtisodiyotga munosabati
yoritilgan yagona asar yozgan. U Smitning daromad taksimoti g‘oyasini hamda
52
Rikardodan bexabar xolda diferension renta g‘oyasini
qiymatning mexnat
nazariyasi asosida rivojlantirdi.
Umuman olganda 19-asr kelib, iqtisodiyotga matematiqaning targibi
mustaxkam asosga ega bo‘ldi.
Natijada, keyingi tadqiqotlarning ilmiy negizda bo‘lishiga katta xissa
kushildi. Iqtisodiy jarayonlar taxliliga sinfiy-siyosiy tus berilishidan
chetlashildi.
19-asr oxiri 20-asr boshlarida Lozanna maktabi (L.Valras, V. Poreto,
K.Viksell va boshqalar) vujudga keldi,
ular tomonidan matematiqani
iqtisodiyotga qullash yuksak darajagi ko‘tarildi. Xozirgi davrda bu usul
ekonometrika sifatida alohida rivojlangan.
Dostları ilə paylaş: