Tasdiqlayman Tosh kti o‘quv ishlari bo‘yicha Rektor muovini dots. Ismailova L. A. 2007 «iqtisodiy bilimlar tarixi»


Kembridj maktabi. A.Marshall va uning narx, ish xaqi xaqidagi



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/49
tarix24.11.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#70375
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   49
«sanoat marketingi» kafedrasi

4.Kembridj maktabi. A.Marshall va uning narx, ish xaqi xaqidagi 
nazariyalari. 
Tomonopolistik 
(monopoliyalar 
vujudga 
kelishidan 
avvalgi) 
kapitalizmdan imperializmga o‘tish davrida angliyada kembridj dorilfununida 
vujudga kelgan iqtisodchilar maktabi vujudga keldi.
Maktabning nomi ham shu dorilfununning nomidan olingan. Unga nufuzli 
iqtisodchi, kirollik iqtisodiy jamiyatining asoschisi Alfred Marshall (1842-
1924) boshchilik qildi. Uning asosiy asari «Siyosiy iqtisod prinsiplari» (1890) 
deb ataladi (rus tiliga ham tarjima qilingan uch jildlik asar). 
Metodologiya va iqtisodiy nazariya sohasida Marshall tipik eklektik,
qorishma nazariyasining vaqilidir. U iqtisodiy jarayonlarga sub’ektiv 
qarashlarga asoslangan funksional tadqiqot usullarni qo‘llaydi. 
Narx nazariyasi Marshallning nazariy muloxazalari markazida turadi. U 
qiymat va narx kategoriyalarini aynan bir narsa deb ko‘rsatib, aslida, qiymatni 


48 
chetlashtirib kuydi va narxni bozor iqtisodiyotining eng muxim elementi, deb 
xisoblaydi. Olim avvalgi tadqiqotlarda qiymatning iste’mol va almashuv 
(ikkita) shakllari alohida-alohida qaralgan edi, marshalda esa bu farq yo‘q. 
Ob’ektiv qiymat kategoriyasidan foydalanadi. Bu narsa uning nazariyasida 
muvozanat narxi rolini bajaradi. Marshallning nazariyasi sintetik nazariya 
nomini oldi, chunki muallif bu nazariyada o‘zidan avvalgi mavjud narx 
nazariyalari «eng yukori foydalilik (naf)», "Ishlab chiqarish chikimlari", "Talab 
va taklif" nazariyalarni birlashtirib, ularning hammasini to‘g‘ri deb ko‘rsatdi. 
Narx nazariyasi bilan bir qatorda Marshall foyda va ish xaqi nazariyalarini 
ilgari surdi.
A.Marshalning va uning maktabdoshlari o‘z uslublari (metodologiya) da 
umuman, avstriya maktabini qo‘llab-quvvatlaydilar, lekin unga ayrim jiddiy 
o‘zgarishlarni ham kiritishni lozim topdilar. Jumladan, faqat funksional 
tadqiqot usulinigina tan olish bilan birga, bozor munosabatlarining uch asosiy 
zaruriyatlarini: narx, talab, taklifni o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rib chikadilar. 
Ularning fikricha, avvalo ishlab chiqarish iste’mol xarakatini aniklaydi
keyinchalik u eng yukori foydalilik va talab doirasi ko‘rinishiga kiradi. 
Kembridj maktabi tadqiqotlariga ikki tomonlama qarash lozim. Agar biz unga 
bozor iqtisodiyotida baxolashni ichki mexanizmini tushuntirish uchun o‘rinish 
sifatida qarasak, xaqikatni biroz siykalashtirilayotganini ko‘rishimiz mumkin. 
Lekin bu izlanishlarga boshqacha nuktai-nazardan qarashimiz ham mumkindir, 
bunda biz e’tiborni tovar-bozorlardagi anik muammolarni xal etishga 
qaratilganligiga va natijada amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ilmiy xulosalar 
vujudga kelganligining guvoxi bo‘lamiz. 
Marshall tadqiqotlarida talab va taklif o‘rtasidagi munosabat (birinchilik) 
qaraladi, kaychida yukori va pastki keskichlar qanday rolni uynasa (barovar), 
bu yerda ham axvol shunday, ular bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. 
A.Marshall g‘oyalari bozor munosabatlarini o‘rganishni maksad qilgan 
nazariy maktablarga keng yo‘l ochib berdi va katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 
Kembridj maktabining g‘oyalari xx asrning 30-yillarigacha garb iqtisodiyot 
fanida asosiy mavkeini egallab turdi. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin