44
tajovo‘zkorlik muddaolarini qo‘llab-quvvatladilar va kuklarga ko‘tarib
maqtadilar. Siyosiy iqtisodning rivojlanishi Germaniya ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotining o‘ziga xosligini aks ettirar edi, monopolistik kapitalning tez
o‘sishi, Germaniya imperializmining tajovuzkorligi, feodal sarkitlarining uzoq
vaqtdan beri saqlanib kelayotganligi mana shu o‘ziga xoslikni belgilab bergan
edi.
Oqibatda ijtimoiy ziddiyatlar, nemis proletariatining sinfiy ko‘rashi
keskinlashdi.
Shu davrda Germaniya iqtisodiy bilimlarida yangi tarixiy maktab yetakchi
o‘rinni egallar edi. Berlin dorilfununining professori Gustav Shmoller (1838-
1917)
shu
maktabning
asoschisidir.
Bu
professor
ochikdan-ochik
iqtisodchilarning konservativ qanotiga boshchilik qilar edi. «Xalq xo‘jaligi
to‘g‘risidagi umumiy ta’limot asoslari» kitobi (1900-1904) uning siyosiy
iqtisodga oid asosiy asaridir. G.Shmoller, o‘zidan avvalgi b.rosher bilan
b.gildebrandning eski tarixiy maktab asosiy koidalari va usullarini
meros qilib
olgan edi. U yirik burjuaziya, zamindorlar, «yer egalari», amaldorlar
manfaatlarining ifodachisi, prussiya monarxiyasi tarafdori edilar. Shmoller
Markcha qarashlarga jon-jaxdi bilan ko‘rashar, ijtimoiy,
sinfiy muammolarni
siyosiy iqtisoddan olib tashlashga, uni xalq xo‘jaligi tarixi faniga aylantirishga
o‘rinar edi. U iqtisodiy ta’limotning ahamiyatini pisand qilmay, siyosiy
iqtisodning nazariy ruxini inkor etib, faktlarni va statistika materiallarini
o‘rganish, xalq xo‘jaligidagi xodisalarni bayon etib berishni siyosiy iqtisodning
boshvazifasi deb xisoblar edi.
G.Shmoller ilmiy tarixiylikka xech qanday aloqasi bo‘lmagan tarixiy
usulga tayanar edi. U marksizmning iqtisodiy-ijtimoiy formatsiyalar
to‘g‘risidagi ta’limotiga
keskin xujum qiladi, jamiyat taraqqiyotidagi sifat
siljishlarini kat’iyan rad etdi.
G.Shmoller siyosiy iqtisod xalq xo‘jaligidagi jarayonlarni va iqtisodiy
kategoriyalarni o‘zicha talqin qilish g‘oyasini ilgari surdi. U iqtisodiyotda
odob-xuquq omilini belgilovchi omil deb xisoblar, chunki xar bir xalqning
xayotiy tarzi odob koidalarida, xo‘jalik xuquqida
asosiy ifodasini topadi, deb
ta’kidlar edi. Bu koida yangi iqtisodiy maktab namoyondalarining asarlarida
xukmron g‘oya edi.
Yangi tarixiy maktab iqtisodchilari xo‘jalik turmushida burjua-
pomeshchik davlati xal qiluvchi rolni uynaydi, deb bilar edilar. Ular
Germaniya imperiyasini tinimsiz maktashar, kuchli milliy davlat barpo etilsin,
deb da’vat qilishar, uning agressiv davlat bo‘lishi kerakligini oqlashar edilar.
Shmollerning fikricha, Prussiya (garmon) davlati jamiyat-taraqqiyotning asosiy
kuchi, «Oliy nemis irki ruxiy odob-axloqlarining» barqarorligini
ta’minlaydigan «Eng salmoqli mulkiy kapital» dir. Faqat kuchli milliy
45
davlatgina
iqtisodiy ravnakini, nemis burjuaziyasining xukmronligini
ta’minlashi, sinfiy ziddiyatlarni tugatishi mumkin, deb xisoblar edi u.
G.Shmoller iqtisodiyotda axlok va xuquq omillari belgilovchi rolni
uynaydi, deb xisoblaydi, ishlab chiqarishni pisand qilmasdan, uning tabiiy va
ijtimoiy jixatlarini korishtirib tashlar edi.
G‘ayri ilmiy ayirboshlash konsepsiyasining vaqili bo‘lmish l.brentano
realizatsiya va ayirboshlash sharoitlarining o‘zgarishi xo‘jalik
turmushida,
ishlab chiqarish shakllarida belgilovchi ahamiyatga ega bo‘ladi, deb xisoblaydi.
L.Brentano liberal (erkin) burjuaziyaning manfaatlarini ifodalab, nemis
ishchilari sinfini unga buysundirishga intilar, ishchilar sinfining revolyusion
chikishlarini pasaytirishga o‘rinar edi. U «Ijtimoiy inoklik» g‘oyasini targib
qilar, ingliz tred-yunionlarining tajribasini tashvik etar edi. Brentano o‘rtaga
tashlagan isloxotlar programmasi (dasturi) kasaba soyuzlari, fabrika qonunlari
orqali korxona egalari tomonidan ishchilarga qisman yon berishni ko‘zda tutar
edi. Shu maksadda u matbuot kooperatsiyasida,
uy-joy kurilishi va
boshqalardan ham foydalanishni tavsiya etar edi (bu fikrlar institutsionalizga
xos bo‘lib, kuyida to‘larok qarab chiqiladi).
G.Shmollerning shog‘irdi Verner Zombart (1863-1941) Germaniyadagi
yangi
tarixiy
maktabga
yaqin
edi.
Bratislav,
sungra
esa
berlin
dorilfununlarining professori Zombart K.Marksning iqtisodiy ta’limotiga
qarshi ko‘rashning noziq usullarini nemis burjuaziyasiga xizmat qildirdi,
marksizmga tilyoglamalik bilan xushomad qilish orqali uni bo‘zib ko‘rsatadi,
uning revolyusion mazmunini sikib chiqarishga o‘rindi. K.Marksning
olimligini uning revolyusionligidan ajratishga o‘rinib, Marksizm asoschisi
ta’limotidagi mana shu ikki negiz to‘g‘risidagi mana shu revolyusionlik guyo
«Mutafakkirning utkir zexni» ni xiralashtirib kuyganligi xaqidagi da’voni
ko‘tarib chikdi. Chunonchi qiymatning mexnat nazariyasi «ishning g‘oyasi»
deb e’lon qilinib, «Fikran mantikiy bir ish» dan iborat etilib ko‘rsatiladi.
Qo‘shimcha qiymatni zombart taxlil uchun yarokli bo‘lgan nazariy timsol,
mavxumlik debgina xisoblash ishchilarni ekspluatatsiya
qilishning manbai
ekanini inkor qildi. U ishlab chiqarishning uch omili (kapital, mexnat, yer)
xususidagi nazariyaning tarafdori edi. Zombartning asarlarida antogonistik
ziddiyatlar, iqtisodiy inkirozlarning mukarrarligi inkor etiladi, kapitalizm
tartibga solingan, rejali rivojlanib boradigan xo‘jalik tarzida tasvirlanadi (bu
fikrlar tarix sinovdan utdi).
Markcha kapitalizmning muqarar ulimi bashoratiga qarama-qarshi, uning
rivoji va ravnaki yo‘llari isbotlab berilgan.
Dostları ilə paylaş: