Tasdiqlayman Tosh kti o‘quv ishlari bo‘yicha Rektor muovini dots. Ismailova L. A. 2007 «iqtisodiy bilimlar tarixi»


Keynsning iqtisodiy qarashlari, keynschilik, yangi keynschilik



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/49
tarix24.11.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#70375
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   49
«sanoat marketingi» kafedrasi

1. Keynsning iqtisodiy qarashlari, keynschilik, yangi keynschilik.
J.M.Keyns (1884-1946) "Kapitplizmni tartibga solish"ga oid g‘oya 
tadqiqotchilaridan biri bo‘lib klassik maktabga qarshi davlatning iqtisodiyotga 
faol aralashuvi tarafdoridir. U qiymatning mexnat nazariyasini, qo‘shimcha 
qiymatni inkor etadi. Ularni ishlab chiqarish omillari konsepsiyasi bilan 
almashtiradi. A. Marshallning, kembridj maktabining davomchidir. Uning bosh 
asari “Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi»(1936)dir (kiskacha
“Umumiy nazariya» deb ataladi). 
Keyns ta’limotining xususiyatlari: 
1. Bozor munosabatlarining mavjud tizimi o‘z-o‘zini avtomatik tarzda 
tartibga sola olmasligi asos qilinib olinganligi. 
2. Iqtisodiyotning o‘sishi va eng yukori ish bilan bandlikni ta’minlash 
davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi zarurligi («Aralash iqtisodiyot» otasi). 
3. Iqtisodiy xodisalar taxlilini makroiqtisodiy jixatdan (xususiy milliy 
daromad va jamgarish o‘rtasida bog‘liqlik va nisbatlarni) tadqiq etish zarurligi. 
4. Bandlik nazariyasi kuyidagilarga asoslanadi: bandlik ortishi tufayli, 
milliy daromad, ayni paytda istemol ham ortadi, ammo daromad istemolga 
nisbatan sekinrok ortadi, odatda insonlarning psixologik «qonuni»dan kelib 
chikib, ularda jamgarishga moillik kuchayadi. Investitsiyaga imkon tugiladi va 


64 
yangi korxona,ish joylari paydo bo‘ladi,bu esa iqtisodiyotni yanada 
rivojlantiradi. Oqibatda "Samarali talab" kamayadi. Bu ishlab chiqarish 
xajmiga va bandlikka ta’sir etadi. 
5. Foiz pul karzi (kredit)uchun beriladigan qonuniy xak deb xisoblanadi. 
Foizning miqdori "Likvidlik afzalligi" (likvidlik - pulga tez aylana olish
kadrlilik)ga to‘g‘ri va muomiladagi pul miqdoriga teskari proporsionaldir. 
Investitsiyalarning umumiy xajmi bandlik xajmini belgilashda xal qiluvchi 
rolni uynaydi. Yangi investitsiyalar tufayli bandlikning usuvchi qo‘shimcha 
bandlikni vujudga keltiradi. Qo‘shimcha bandlikning o‘sish koeffitsienti 
multipliqator deb ataladi. U bir tomondan investitsiya o‘sishini, ikkinchi 
tomondan bandlik va daromadlarning o‘sishi o‘rtasidagi nisbatni ko‘rsatadi. 
Multipliqator kuyilgan investitsiya qancha foyda berish koeffitsientidir. Usha 
davrdagi AQSh multiplikatori 2,5ga teng bo‘lgan, ya’ni 1dollar investitsiya 
2,5dollar foyda keltirgan. 
Keyns g‘oyalarning davomchilarini, ya’ni keynschilarni uch oqimga 
ajratish mumkin. 1. Ung va uta reaksion oqim, agressiv monopolistlarning 
manfaatini ximoya qilgan. Qurollanish iqtisodiyotini fashistik yo‘l bilan 
tartibga solishni qo‘llaydi. Keyns kitoblari nemis tiliga darxol tarjima qilindi va 
Germaniya fashistlari tomonidan foydalanilgan. Fransiyada ham tartibga 
solinadigan kapitalizm tarafdorlari bo‘lib, ular o‘z nazariyalarini "Dirijizm" 
deb ataganlar. 
2. Liberal oqim tarafdorlari monopoliya manfaatlarini ximoya etadi, ammo 
kurollanishni inkor etadi. 
3. So‘l keynschilik oqimi tarafdorlari milliy daromadni to‘g‘ri taksimlash 
g‘oyasi bilan talab darajasiga samarali ta’sir etishga intiladi. Ingliz iqtisodchisi 
J.Robinson xonim kapital jamgarilishi (1956) kitobida bu g‘oya ifoda etilgan. 
Uningcha mexnat unumdorligining o‘sishi bilan ish xaqining oshuvi yaratilgan 
maxsulotlarni realizatsiya qilishga yordam beradi va texnika tarakkiyoyati 
ragbatlantiradi. Bunda kasaba uyushmalarining roli katta bo‘lishi kerak. 
Keyns g‘oyalarining xozirgi davrda rivojlantirilishi yangicha keynschilik 
deb ataladi. Yangi keynschilik ikki oqimga bo‘linadi: 
1. Amerikaliklar oqimi (A.X.Xansen (1887-1975) va Xarris); 
2. Yevropaliklar oqimi (F.Perru, G.Ardon, P.Mendes - Frans). 
Birinchi oqim tarafdorlari ortodaksol keynschilik deb ham ataladi. Keyns 
koidalari to‘laligicha qabul qilinib, xansen tomonidan stagnatsiya nazariyasi 
bilan tuldirildi. 
Xansen kapitalizm qiyinchiliklari uning ichki qarama-qarshiliklaridan 
emas, balki "Tashki impuls"larning susayganligidan deb biladi. Davlat 
xarajatlarini o‘stirish va kondirish uchun ish xaqidan olinadigan soliqlarni 25-
30% emas balki 60% gacha oshirish taklif etiladi. Ular multipliqator prinsipini 


65 
akseleratsiya prinsipi bilan tuldirdilar. Akselator investitsiya o‘sishining 
daromad o‘sishiga, ya’ni investitsiyadan keyingi va undan oldingi 
daromadlarning farqlari nisbati bilan aniklanadi. Multipliqator va akselerator
g‘oyalariga asoslanib, iqtisodiyotning o‘zluksiz o‘sish sxemasi ishlab chiqildi. 
Uning asosida davlat kapitali kuyilmalari yotadi. Iqtisodiyot o‘sishi davrida 
davlat xarajatlarini cheklash(kamaytirish), inkrozlar davrida esa uni oshirish va 
shu yo‘l bilan xususiy xarajatlarni kompensatsiyalash taklif etiladi.
Evropacha oqim Fransiyada shuxrat kozondi. Keyns g‘oyalarini G.Ardon, 
P. Mendes - Frans kabilar to‘laligicha qabul qilsa, F.Perru osuda fazoni tartibga 
solishni samarasiz deb xisobladi. 
Bu oqim tarafdorlari iqtisodiyotni rejalashtirishni taklif etadilar. Imperativ 
(direktiv xarakterda Sobik SSSRdagi kabi) va indikativ (xozir ko‘p davlatlar 
qo‘llaydigan) rejalashtirish ajratiladi. Keyns uslubi iqtisodiy inkrozlarning 
(1948-49, 1953-54, 1960-61, 1967-68, 1969-71,1974-75, 1981-82) oldini ola 
bilmadi. 
Yangi keynschilik urniga postkeynschilik keldi, bo‘lar: ingliz iqtisodchilari 
J. Robinson, N.Koldor, P.Sraffa, Amerikalik olimlar A.Eyxner, S. Vayntraub. 
Ular kapitalistik tizimning ichki turgunlik konsepsiyasini taklif qildilar.
Ular keyns ta’limotini dinamik, xarakatchan nazariya deb qaraydilar. 
"Yukori naf", ishlab chiqarish omillarining eng yukori unumi nazariyalarini 
tankid qilish xarakterlidir. Ijtimoiy institutlar roli ham kiritilgan. Bu ta’limda 
o‘sish va taksimot muammolari markaziy o‘rinni egallaydi. Ishlab chiqarish va 
o‘sish sur’atlari milliy daromadning taksimotiga bog‘liq, daromad va uning 
o‘sishi esa, jamgarma, umumiy jamgarma esa, ish xaqi va foydadan 
jamgarilgan jami summaga teng bo‘ladi. 
Postkeynschilar kapitalistik iqtisodiyotni tartibga solish mexanizmini 
yanada takomillashtirish tarafdorlari bo‘lganlar. 
4.Yangi klassik (neoklassik) yo‘nalish. 
Marjinalizm iqtisodiy ta’limotning navbatdagi boskichi yangi klassik 
yo‘nalish bo‘lib, uning shakllanishi ingliz alfred Marshall nomi bilan bog‘liq 
(yukorida berilgan), shu yo‘nalish tarafdorlari ichida Amerikalik J.B.Klark, 
Italiyalik V.Pareto g‘oyalarini ko‘rsatish mumkin. Bu olimlarda ekonometrik 
usullar yetakchidir. Yukorida dastlabki ikki olim xaqida fikr bildirgan bo‘lsak, 
bu yerda Vilfredo Pareto(1848-1923)ning iqtisodiy g‘oyalarini taxlil etamiz. 
Uning asosiy asoslari: «Siyosiy iqtisod kursi» (1898), «Siyosiy iqtisod 
ta’limoti» (1906) va «Umumiy sotsialogiya bo‘yicha traktat» (1916).U 
L.Valras bilan (1982 yildan) birga Lozane universitetida ishlay boshladi. Uning 
asosiy xizmati shuki, u asosiy marjinalistik tushuncha «Foydalilik» («naf») ni 
miqdoriy ulchashniig yangi usulini taklif etdi, u «Ijtimoiy maksimal foydalilik» 
yoki «Pareto optimumi»ni muomalaga kiritdi. Bu tushuncha xatto bu odamning 


66 
turmush darajasi yaxshilanishi barchaning turmush darajasi ortishi uchun yoki 
jilla bo‘lmasa yomonlashmasligi mumkinligini xisoblash imkonini beradi. Bu 
konsepsiya foyda (foydalilik) ni maksimum qilish uchun optimal qaror qabul 
qilish yo‘lini yaratadi. 
Neoliberal yo‘nalish tarafdori M.Fridmenning monetar konsepsiyasida 
«Ishsizlikning tabiiy normasi» sharoitida pul miqdorini 3-4% oshirish iqtisodiy 
o‘sishga olib kelishi taxlil etildi. Keynschilik urniga (1970) kelgan bu yo‘nalish 
Buyuk Britaniya (Tebcher), AQSh (Reygan), Chili va boshqa mamlakatlar 
rivojiga ijobiy ta’sir etdi. Xozirgi davrda jaxonda neoklassik yo‘nalish iqtisodiy 
fikrlashda yetakchi, ammo davlat roli ham tan oladi. 
Keyingi davrlarda «Neoklassik sintez» konsepsiyasi vujudga keldi, uning 
muallifi P.Ssamuelson(1915) jaxonga «Ekonomika» darsligi bilan mashxur. Bu 
kitob 1948y. Yozildi va 15 martda qayta nashr etilgan. Bu asar uchun unga 
1970y. Nobel mukofoti laureati unvoni berilgan. Bu asarda asosiy e’tibor 
ommaviy ishsizlik va inflyasiyani yengish masalalariga qaratilgan. Bu 
qarashlarda xozirgi yangi keynschilik va neoliberal g‘oyalarning bir-biriga 
ta’siri (sintezi) ni ko‘rish mumkin. Umuman, xozirgi davrda barcha iqtisodiy 
g‘oyalar o‘rtasida (toboro yaqinlashuv va bir-biriga ta’siri) aralash g‘oyalar 
kuzatilmoqda.  

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin