#6, 2021 PEDAGOGIK MAHORAT*ПЕДАГОГИЧЕСКОЕ МАСТЕРСТВО*PEDAGOGICAL SKILL
135
✓
ijodiy fikrlash;
✓ tinglash va kuzatuvchanlik;
✓ tasavvur qilish;
✓ mantiq;
✓
analitik fikrlash;
✓ yetakchilik qobiliyati.
Mental arifmetikaning har bir darsida bolalar yangi mavzuni oʻrganadilar, shuning uchun bitta guruhda
turli darajadagi bilimlar va aqliy arifmetik texnikaga ega bolalar boʻlishlari mumkin emas.
Har bir mavzu bosqichma bosqich tushuntiriladi. Bolaning barcha ma’lumotni qabul qilish kanallari
oʻqitiladi. Bu 45 daqiqa davomida faqat bitta yangi mavzu ustida ish olib borilishini anglatadi. Faqat har bir
bola 100% yangi materialni tushunganligi va oʻrganganiga amin boʻlganidan keyingina, darsda olgan bilim va
koʻnikmalarini mustahkamlash uchun unga uy vazifasi beriladi.
Yangi mavzu ustida ishlayotganda, avval oʻrganilgan mavzularni takrorlash va mustahkamlash uchun
materiallar tanishtirilib, takrorlanadi va shu bilan mustahkam bilim va koʻnikmalarga ega boʻladi.
Shuning
uchun har qanday ta’lim bosqichida va har qanday bilim darajasidagi yangi oʻquvchilarni sinfga qoʻshish
taqiqlanadi. Oʻqish uchun puxta va batafsil kitoblardan foydalaniladi. Har bir yangi mavzu uchun kamida 8
varaq ma’lumot taqdim etiladi. Har bir sahifada 4 ta satr, 10 ta misollar mavjud.
Mental arifmetika mashgʻulotlarining uchinchi darsidanoq bolalar aqliy hisoblashni boshlaydilar.
Bolada 135any o boʻyicha koʻnikmalarni oʻrgatish bilanoq, uni aqliy, tasavvurdan foydalanib,
dastlab
formulalarsiz oson misollar asosida ishlashni taklif qilishadi, keyin asta-sekin hisoblash murakkablashadi. Bu
bolalarni oʻqishga undaydi. Aqliy arifmetikani oʻrganishning dastlabki bosqichlaridan boshlab ular natijalarni
koʻrishadi, yaxshi oʻrganilgan materiallar va oʻqitilgan koʻnikmalar bu jarayonni maksimal darajada
murakkablashtirmaydi. Ular harakat qiladilar, boshqaradilar va bolalar oʻzlarining qobiliyatlari va bilimlariga
nisbatan oʻziga ishonch hissini qozonadilar. Boshqa metodologiyalarga koʻra, qoida tariqasida,
barcha
formulalar abacusda dastlab bir yil davomida oʻrganiladi va faqat bir yildan keyin ular aqliy hisoblashga
harakat qila boshlaydilar.
Ta’lim jarayonida yangi axborot kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, 135any o135n
darsliklar, multimedialar vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktablarida oʻqitish sifatini tubdan
yaxshilash vazifasi qoʻyiladi.
Matematika oʻqitish oʻquvchilarni savodlilikka, tirishqoqlikka,
puxtalikka, oʻz fikri va xulosalarini
nazorat qila olishga ayniqsa,
kuzatish, tajriba va famhlash asosida aytiladigan fikrlarning ravon boʻlishiga
erishish kerak.
Hozirgi vaqtda hayotimizning hamma sohalarida hisoblash asboblarida hisoblash katta ahamiyatga
egadir, lekin shu bilan bir qatorda, kundalik turmushda ham zarur boʻlgan hisoblashlarni tez, aniq, ba’zan yoʻl-
yoʻlakay, yani ogʻzaki hisoblashni bilish talab qilinadi.
Xulosa. Ogʻzaki hisoblashning metodik ahamiyati ham bor. Ogʻzaki hisoblashdan yaxshi malaka
orttiradigan yozma hisoblashdan puxta malaka hosil qilish mumkin. Ogʻzaki hisob matematika oʻqitishni
turlilashtiradi, oʻquvchilar
bilmini mustahkamlaydi, ularning bilimlarini tezgina teksirib chiqishga imkon
beradi, sinf ishini faollashtiradi, darsning ta’sirini oshiradi. Faqatgina chinakam ma’rifattli odam inson qadrini
oʻzliginianglash, erkin va jamyatda yashash jahon hamjamiyatida oʻziga mos, obroʻli oʻrin egallash uchun
fidoilik bilan koʻrsatish kerak. Shuni ta’kidlash kerakki, Mental arifmetikaga kelsak, mashqlarning koʻpligi
juda muhim emas. Buning oʻrniga, ularni har kuni bajarish juda muhimdir.
Dostları ilə paylaş: