Introvert
shaxslar
ichki
olamga
berilgan,
odamlarga
aralash
maydigan, o‘z-o‘zini
nazorat qilishga, refleksiyaga,
ichki havotirlikka, moyil
bo‘ladilar.
O‘qituvchi
yoki tarbiyachi usta, mohir bo‘lishi uchun u bir necha kasbga oid
qobiliyatlarga ega bo‘lishi kerak. Pedagogik qobiliyatlar va mahorat o‘qituvchida
osonlik bilan shakllanmaydi.
4- mavzu:
O’QITUVCHI FAOLIYATIDA MUOMALA MADANIYATI VA
PSIXOLOGIYASI. PEDAGOGIK TAKT VA PEDAGOGIK ETIKA
REJA:
1.
O‘qituvchi kasbiy faoliyatida muloqot madaniyatining shakllanishi.
2.
Pedagogik muloqotda muomala madaniyati.
3.
Pedagogik muloqot: funktsiyalar, tuzilishi uslublari.
4.
Takt va pedagogik takt haqida tushuncha. Pedagogik taktni qo’llash
shartlari.
5.
Pedagogik odob. Pedagogning muomala odobi.
Tayanch so’z va iboralar: Muloqot,
pedagogik muloqot, muloqot moduli,
tashabbusni
boshqarish, sharqona tarbiya,
sharqona muloqot, muosharat odobi,
o‘qituvchi obro‘si, muloqot turlari, liberal, demokratik uslubdagi muloqot.
O‘qituvchi kasbiy faoliyatida muloqot madaniyatining shakllanishi
O‘qituvchi kasbiy faoliyatida muloqot madaniyatini shakllantirish muammosi
kishilik jamiyatining ehtiyojlari va talablaridan kelib chiqqan holda hal qilinadi.
Respublikamizda o‘qituvchilik kasbining o‘ziga
xos etnopsixologik fazilatlari,
hislatlari, qobiliyatlari ish uslublari, pedagogik mahorat sirlarini egallash yo‘llari,
shaxslararo muloqot madaniyati yuzasidan turli davrlarda
har xil ilmiy izlanishlar
olib borilgan.
Dostları ilə paylaş: