Muloqot madaniyatining tarbiyalovchi imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish ko‘p
jihatdan o‘qituvchining shaxsiy sifatlari bilan belgilanishini ta’kidlab o‘tish lozim.
Pedagogik muloqot madaniyatining har jihatdan to‘g‘ri tanlangan, o‘qituvchining
ma’naviy saviyasi, betakror xususiyatlariga muvofiq keluvchi uslubi quyidagi
vazifalar majmuini hal qilishga yordam beradi:
birinchidan, muloqotda har bir o‘quvchiga alohida e’tibor va dilkashlik sinf
jamoasi bilan umumiy muloqot jarayonini soddalashtiradi, o‘qituvchining erkin
pedagogik faoliyati uchun zamin tayyorlaydi, ziddiyatli vaziyatlarni oson hal qiladi;
ikkinchidan, har bir o‘quvchi bilan o‘zaro munosabatni erkin muloqot asosida
tashkil qilish, ularning yosh xususiyatlariga monand pedagogik va psixologik
muloqot uslublarini tanlash, uning ruhiyatini bilishga, ichki dunyosiga “kirib
borish”ga yo‘l ochadi;
uchinchidan, pedagogik muloqotda o‘qituvchining ma’naviy-axloqiy normalari
muvaffaqiyatlar kaliti bo‘lib, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshiradi, muloqotning
barcha bosqichlarida o‘qituvchining o‘z faoliyatidan qoniqish hissini va
xotirjamligini ta’minlaydi.
O‘qituvchining o‘quvchilar bilan bo‘ladigan muloqot madaniyati individual
uslublarini shakllantirish metodikasi quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
MULOQOT MADANIYATI INDIVIDUAL USLUBLARINI SHAKLLANTIRISH
METODIKASI
1.
O‘quvchilar bilan muloqot qilish madaniyatining individual shaxsiy
xususiyatlarini o‘rganishi:
✓ o‘quvchilar shaxsiy xususiyatlarini mustaqil tahlil qilish;
✓ o‘quvchilar ichki imkoniyatlariga har tomonlama tavsif berish;
✓ o‘qituvchining muloqot madaniyatini to‘g‘ri tashkil etishi.
Dostları ilə paylaş: