3. Pertseptiv qobiliyat – qisqa daqiqalarda o‘quvchilar holatini idrok qila olish
fazilati, bu o‘quvchining, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira olish
qobiliyati,
o‘quvchi shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy holatlarini juda yaxshi tushuna olish
bilan bog`liq bo‘lgan psixologik kuzatuvchanlikdir. Bunday o‘qituvchi kichkinagina
alomatlar, uncha katta bo‘lmagan tashqi belgilar asosida o‘quvchi ruhiyatidagi ko‘z
ilg`amas o‘zgarishlarni ham fahmlab oladi.
4. Nutqiy qobiliyat – ixcham, ma’noli, ohangdor, muayyan ritm, temp,
chastotaga ega bo‘lgan nutq, shuningdek, o‘qituvchi nutqining jarangdorligi, uning
pauza, mantiqiy urg`uga rioya qilishi, qobiliyatli o‘qituvchining
nutqi darsda
hamisha o‘quvchilarga qaratilgan bo‘ladi. O‘qituvchi yangi materialni
tushuntirayotgan, o‘quvchining javobini tahlil qilayotgan, ma’qullayotgan yoki
qoralayotgan bo‘lsa ham uning nutqi hamisha o‘zining ichki kuchi, ishonchi, o‘zi
gapirayotgan narsaga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Fikrlar ifodasi o‘quvchi
uchun aniq, sodda, tushunarli bo‘ladi.
5. Tashkilotchilik qobiliyati – sinf-guruh yoki jamoani uyushtirish va uni
boshqarish iste’dodi. Tashkilotchilik o‘quvchilarni xilma-xil faoliyat turiga jalb qilish
uchun asos hisoblanadi. Bu qobiliyat, birinchidan o‘quvchilar jamoasini uyushtirish,
jipslashtirish, muhim vazifalarni hal etishga ruhlantirish bo‘lsa,
ikkinchidan, o‘z
shaxsiy ishini to‘g`ri uyushtirish qobiliyatidir.
6. Obro‘ga ega bo‘lishlik qobiliyati - o‘zining shaxsiy xususiyati, bilimdonligi,
aql-farosatliligi, mustahkam irodasi bilan obro‘ orttirish uquvchanligi. Fanda bu
qobiliyat turi – avtoritar qobiliyat, deb ham yuritiladi. Obro‘ga ega bo‘lish o‘qituvchi
shaxsiy sifatlarining butun bir kompleksiga, chunonchi, uning irodaviy sifatlariga
(dadilligi, chidamliligi, qat’iyligi, talabchanligi va hokazo), shuningdek, o‘quvchilarga
ta’lim hamda tarbiya berish mas’uliyatini his etishga, bu ishonchni o‘quvchilarga
ham yetkaza olishiga bog`liq bo‘ladi.
7. Kommunikativ qobiliyatlar – muomala va muloqot o‘rnata olish, bolalarga
aralashish qobiliyati, o‘quvchilarga to‘g`ri yondashish yo‘lini topa olish, ular bilan
pedagogik nuqtai nazardan samarali o‘zaro munosabatlar o‘rnata bilish, pedagogik
nazokatning mavjudligi.
8. Psixologik tashxis (diagnoz)ga doir qobiliyatlar – insonning kelajagini
oqilona tasavvur qilishdan iborat bashorati. Bu o‘z harakatlarining oqibatlarini
oldindan ko‘rishda, o‘quvchining kelgusida qanday odam bo‘lishi haqidagi tasavvur
bilan bog`liq bo‘lgan shaxsni tarbiyalab yetishtirishda, tarbiyalanuvchining qanday
fazilatlarining taraqqiyot etishini oldindan aytib bera olishda ifodalanadigan
maxsus qobiliyat. Bu
qobiliyat pedagogik optimizmga, tarbiyaning qudratiga,
odamga ishonish bilan bog`liq bo‘ladi.
9. Diqqatni taqsimlash qobiliyati – bir necha ob’ektlarga bir davrning o‘zida
o‘z munosabatini bildirish. O‘quvchi, o‘qituvchi uchun diqqatning barcha
xususiyatlari - hajmi, uning kuchi, ko‘chuvchanligi, idora qilina olishi va ishga
solinishining taraqqiy etgan bo‘lishi muhimdir.
Qobiliyatli, tajribali o‘qituvchi materialni bayon qilish mazmunini va shaklini,
o‘z fikrini (yoki o‘quvchi fikrini) diqqat bilan kuzatadi,
ayni vaqtda barcha
o‘quvchilarni o‘z diqqat-e’tiborida tutadi, toliqish, e’tiborsizlik, tushunmaslik
alomatlarini hushyorlik bilan kuzatib boradi, barcha intizom buzilish hollarini
e’tibordan qochirmaydi, nihoyat o‘z shaxsiy xatti-harakatlarini (mimikasi,
pantomimikasi, yurish-turishini) ham kuzatib boradi.
10. Konstruktiv qobiliyat - o‘quv-tarbiya ishlarini rejalashtirish
va natijasini
oldindan aytish qobiliyati. Bu qobiliyat o‘quvchi shaxsining rivojini loyihalashga,
o‘quv-tarbiya mazmunini, shuningdek, o‘quvchilar bilan ishlash metodlarini tanlab
olishga imkon beradi.
11. Gnostik qobiliyat – tadqiqotga layoqatlilik bo‘lib, o‘z faoliyatini, bu
faoliyat jarayonini va uning natijalarini tekshirish hamda o‘rganish natijalariga
muvofiq faoliyatni qayta qurish qobiliyatidir.
Pedagogik qobiliyatlarni har tomonlama o‘rganish qobiliyatlar shaxsning aql-
idroki, his-tuyg`usi va iroda sifatlarining namoyon bo‘lishidan iborat ekanligini
ko‘rsatdi. Pedagogik qobiliyatlar umumiy qobiliyat: masalan, adabiy va ilmiy ijod
qilish, loyihalash qobiliyatlari bilan bog`langan. Ular o‘qituvchi
faoliyatining
samaradorligini oshiradi. Bunday o‘qituvchilar o‘z o‘quvchilarini (talabalarni) ana
shu faoliyatga jalb qila borib, ularga ta’lim va tarbiya berishda katta
muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar.
Dostları ilə paylaş: