Malakalar – o‘qituvchining ongli faoliyatni bajarishi jarayonida hosil qilingan
kasbiy intellektual faoliyatning avtomatlashgan komponentlari yig‘indisi.
Qоbiliyatlаr bilim, ko’nikmа vа mаlаkаlаrdа аks etmаydi, bаlki ulаrni egаllаsh
dinаmikаsidа nаmоyon bo’lаdi. Fаоliyat uchun zаrur bo’lgаn bilim vа ko’nikmаlаrni
o’zlаshtirish jаrаyonidа yuzаgа chiqаdigаn fаrqlаr qоbiliyatlаr to’g’risidа mulоhаzа
yuritish imkоnini bеrаdi.
Pedagogik qobiliyat – bu qobiliyat turlaridan biri bo‘lib, kishining
pedagogik
faoliyatga yaroqliligini va shu faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug`ullana
olishini
aniqlab beradi.
Pedagogik psixologiyada o‘qituvchilik faoliyatida pedagogik qobiliyatlarning
tutgan o‘rnini ilmiy izohlab berishga oid samarali tadqiqotlar olib borilgan.
Yirik psixolog S.L.Rubinshteyn ta’kidlab o‘tganidek, pedagogik jarayon
o‘qituvchi-tarbiyachining faoliyati tariqasida rivojlanuvchi bola shaxsini
shakllantiradi, bu esa pedagogning o‘quvchi faoliyatiga naqadar rahbarlik qilishiga
yoki aksincha, unga ehtiyoj sezmasligiga bog`liq. Bola
shaxsining rivojlanishida
o‘qituvchining roli benihoya muhimdir, chunki u ta’lim va tarbiya jarayonining
tashkilotchisi vazifasini bajaradi. Shu bois, hozirgi sharoitda o‘qituvchining
tashkilotchilik qobiliyatiga nisbatan yuksak talab qo‘yiladi, shuning uchun
ijtimoiy-
tarixiy tajribalarning boyligi ehtiyojlar ko‘lamining ortishiga bevosita bog`liq.
XX аsrning 70-80-yillarda o‘qituvchining xarakter-xislatlari, pedagogik
qobiliyatlari, unda tarbiyachilik mahoratini tarkib toptirish shartlari chuqur
o‘rganildi. Jumladan, rus olimasi N.V.Kuzmina o‘qituvchilik faoliyatida pedagogik
qobiliyatlarning o‘rni va ularni tarkib toptirishga oid qator ilmiy-tadqiqot ishlarini
olib borgan. U o‘z tadqiqotlarida pedagogik qobiliyatlarni gnostik (bilishga oid),
proyektiv (oldindan rejalashtirishga qaratilgan), konstruktiv, tashkiliy va
kommunikativ turlarga ajratib, ularning har biriga chuqur psixologik ta’rif beradi.
N.V.Kuzmina pedagogik qobiliyatning muhim alomatlari qatoriga kuzatuvchanlikni
ham kiritadi, o‘qituvchining bu hislati o‘quvchining ichki kechinmalari, his-tuyg`ulari
kabi omillarni aniqlashga xizmat qiladi.
Tadqiqotchi A.I.Shcherbakov fikriga ko‘ra, pedagogik faoliyat – bu o‘qituvchi
oldiga jiddiy talablar qo‘yadigan murakkab psixologik aktdir.
Pedagogik faoliyat
o‘qituvchini chuqur va puxta bilimga, pedagogik qobiliyatga, mustahkam
xarakterga, yuksak ma’naviyatga ega bo‘lishini taqozo qiladi. A.I.Shcherbakov
o‘qituvchi shaxsi oltita kasbiy-tarkibiy qismdan iborat ekanligini ta’kidlaydi: 1)
yuksak
saviyadagi bilim va madaniyat; 2) yo‘nalishning aniq ifodalanganligi; 3)
yuksak axloqiy hislarning mavjudligi; 4) yuqori darajada yuzaga keluvchi faollik va
barqaror mustaqillik; 5) qat’iy va silliq xarakter; 6) pedagogik
qobiliyatlar.
Dostları ilə paylaş: