11. Moliya va moliya tizimi



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/20
tarix06.12.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#72715
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
UxIjmhsfzVcwyO9sco8LAOTb57GB2v1kNd3JSIZl

Tijorat banklari o„zlarining xo„jalik mavqeiga ko„ra aksionerlik tipidagi 
muassasalar hisoblanadi. Huquqiy mavqeiga ko„ra, faoliyatning biron bir turiga 
xizmat ko„rsatuvchi, ixtisoslashgan yoki milliy bank bo„lishi mumkin. 
Tijorat banklar sanoat, savdo va boshqa xil korxonalarni omonat tarzida jalb 
etilgan pul mablag„lari hisobidan kreditlaydi, korxonalar o„rtasida hisob-kitobni 
amalga oshiradi, shuningdek vositachilik va valyuta operatsiyalari bilan 
shug„ullanadi. 
Ixtisoslashgan tijorat banklar – iqtisodiyotning turli sohalarida tijorat 
tamoyillarida kredit-pul operatsiyalarining muayyan turlarini amalga oshiradi.
Xalq banki - mamlakatda omonat ishlarini tashkil etishni, naqd pulsiz hisob-
kitob qilishni va aholi uchun kassa vazifasini amalga oshirishni, aholiga shaxsiy 
ehtiyojlarga kredit berishni va shu kabi operatsiyalarni ta‟minlaydi. 
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki eksport-import operatsiyalarini 
bevosita amalga oshiruvchi korxona va muassasalarga kredit beradi, qo„shma 
korxonalarga kredit berishda qatnashadi, yig„ma valyuta rejasining ijrosini, valyuta 
resurslaridan tejab foydalanishini nazorat qiladi, shuningdek tashqi iqtisodiy 
operatsiyalarga oid hisob-kitoblarni tashkil qiladi va amalga oshirishni ta‟minlaydi. 
Tijorat banklari tizimida tor ixtisoslashishi bo„yicha investitsion va ipoteka 
banklarni ajratib ko„rsatish lozim. 
Investitsion banklar – maxsus kredit muassasalari bo„lib, obligatsiya hamda 
qarz majburiyatlari boshqa turlarini chiqarish yo„li bilan uzoq muddatli ssuda 


kapitalini jalb qiladi va ularni mijozlar (asosan davlat va tadbirkorlar) ga taqdim 
qiladi. 
Investitsion kompaniyalar o„zlarining qimmatli qog„ozlarini chiqarish yo„li 
bilan huquqiy investorlar pul resurslarini to„playdi va ularni korxona (milliy va 
chet el)lar aksiya va obligatsiyalariga joylashtiradi. Bunday kompaniyalar to„liq 
investorlar manfaatini ifodalaydi va ularning asosiy maqsadi qo„yilgan kapital 
hisobiga foyda olish hisoblanadi. 
Ipoteka banklar – bu ko„chmas mulk (yer va inshoot) hisobiga uzoq 
muddatli ssuda berishga ixtisoslashgan kredit muasasalar. Ipoteka bankning 
resurslari o„zlarining ipoteka obligatsiyalari hisobiga shakllanadi. Olingan 
ssudadan uy-joy va boshqa inshootlar qurish, korxonalarning ishlab chiqarish 
quvvatlarini kengaytirish uchun foydalaniladi. 
Barcha tijorat banklari zahira (rezerv)larining hajmi va tarkibi bo„yicha 
Markaziy bank tomonidan o„rnatiladigan ma‟lum talablarga javob berishi zarur.
Mamlakatimizda tijorat banklari faoliyatining kengayib borayotganligini 
quyidagi jadval ma‟lumotlaridan kuzatish mumkin (22.2-jadval). 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin