11. Moliya va moliya tizimi



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/20
tarix06.12.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#72715
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
UxIjmhsfzVcwyO9sco8LAOTb57GB2v1kNd3JSIZl

pul fondlarini oladi.
Eng avvalo, korxonalar (tarmoqlar) va umumdavlat moliyasini bir-biridan 
farqlash lozim.
Korxona va tarmoqlar moliyasi ulardagi takror ishlab chiqarish 


jarayonida hamda alohida fondlar yaratish yo„li bilan xodimlarning ijtimoiy 
ehtiyojlariga xizmat qiladi. 
Umumdavlat moliyasi davlat budjetini, ijtimoiy sug„urta fondini hamda davlat 
mol-mulkiy va shaxsiy sug„urtasi fondini o„z ichiga oladi. Davlat pul 
mablag„larining asosiy markazlashgan fondi bo„lmish davlat budjeti moliya 
tizimining asosiy bo„g„ini bo„lib xizmat qiladi. Davlat budjeti – bu davlat 
xarajatlari va ularni moliyaviy qoplash manbalarining yillik rejasidir. Davlat 
daromadlari va xarajatlarining asosiy qismi davlat budjeti orqali o„tadi. Uning asosiy 
vazifasi moliyaviy vositalar yordamida iqtisodiyotni samarali rivojlantirish va 
umumdavlat miqyosidagi ijtimoiy vazifalarni hal qilish uchun sharoit yaratishdir. 
Davlat budjetining ikki tomoni bo„lib, bir tomonida budjetga kelib tushadigan 
daromadlar tarkibi va ularning manbalari, ikkinchi tomonida esa asosiy 
xarajatlarning tarkibi va miqdori o„z ifodasini topadi.
Davlat mol-mulk va shaxsiy sug„urtasi umumdavlat moliyasining keyingi 
bo„g„ini hisoblanib, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va fuqarolarga 
joriy qilinadi. U majburiy va ixtiyoriy bo„lishi mumkin. Bu maqsadlar uchun 
fondlar korxona va aholining to„lovlari hisobiga shakllanadi. Fond mablag„lari 
mol-mulkiy sug„urtasiga va shaxsiy sug„urtaga pul to„lashni ko„zda tutadi. 
Shaxsiy sug„urta aholining pul jamg„armalarini tashkil qilishning shakllaridan 
biri bo„lib ham xizmat qiladi. 
Bozor iqtisodiyotiga o„tib borish bilan jamiyat moliya tizimida turli xil sug„urta 
(ijtimoiy sug„urta, tibbiy sug„urta) fondlari va budjetdan tashqari moliya fondlari 
(pensiya fondi, aholini ish bilan ta‟minlash fondi, tabiatni muhofaza qilish fondi
tarixiy yodgorliklarni saqlash fondi, tadbirkorlarga ko„mak berish fondi va 
boshqalar)ning ahamiyati ortib boradi. 
Davlat budjetining daromadlari va xarajatlari muvozanatda bo„lishini taqozo 
qiladi. 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin