Jahonda tarixan shakllangan hamda har bir mamlakat tomonidan qonuniy
ravishda mustahkamlab qo„yilgan pul muomalasining turli tizimlari amal qiladi.
Mamlakat
pul tizimining muhim tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
1) milliy pul birligi (so„m, dollar, iena, funt sterling, marka va h.k.);
2) naqd pul muomalasida qonuniy to„lov vositasi sifatida amal qiluvchi
qog„oz, tanga va kredit pullar tizimi;
3) pul emissiyasi, ya‟ni belgilangan qonuniy tartibda pulni muomalaga
chiqarish tizimi;
4) pul muomalasini tartibga soluvchi davlat idoralari.
Pul muomalasi naqd va kredit pullar yordamida amalga oshiriladi. Naqd pul
muomalasiga bank biletlari va metall tangalar (pul belgilari) xizmat qiladi. Naqd
pulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochkalari, veksellar, akkreditivlar, to„lov
talabnomalari kabilar yordamida amalga oshiriladi. Ularning hammasi
pul
Dostları ilə paylaş: