moliyaviy mablag„larni shakllantirish maqsadida jismoniy va huquqiy
shaxslardan budjetga majburiy to„lovlarni undirish shakli.
Soliq yordamida milliy daromadning tegishli qismi taqsimlanadi va qayta
taqsimlanadi.
Davlat tomonidan olinadigan soliqlar hamda ularning tashkil qilinish shakl va
usullari birgalikda soliq tizimini tashkil qiladi.
Milliy iqtisodiyotda soliqlar quyidagi uchta muhim vazifani bajaradi:
- davlat xarajatlarini moliyalashtirish (fiskal vazifasi);
- ijtimoiy tanglikni yumshatish (ijtimoiy vazifasi);
- iqtisodiyotni tartibga solish (tartibga solish vazifasi).
Davlat sarflari soliq tushumlari
hisobiga amalga oshsada, davlat sarflari
miqyosining o„sishi o„z navbatida soliqlarning o„sishini
taqozo qiladi va uning
darajasini belgilab beradi.
Hozirgi davrda umumiy tendensiya bo„lgan davlat sarflarining va shunga mos
ravishda soliq hajmining o„sib borishini quyidagi omillar taqozo qiladi.
1. Aholi sonining o„sishi.
2. Ijtimoiy soha xizmatlari sifatiga talabning ortishi va urbanizatsiya.
3. Atrof-muhitning ifloslanishi.
4. Daromadlar tengsizligini qisqartirish dasturlarini amalga oshirish.
5. Milliy mudofaa, davlat xavfsizligini ta‟minlash xarajatlari hajmining
o„sishi.
Korxonalar faoliyatini soliq yordamida tartibga
solish quyidagi umumiy
tamoyillari asosida amalga oshiriladi:
- barcha daromadlardan, ularning manbalariga bog„liq bo„lmagan holda soliq
undirishning majburiyligi;
- soliq undirishda barcha uchun yagona umumdavlat siyosati;
- samarali ishlovchi korxonalarda hamda xo„jalik yuritishning ilg„or shakllari
uchun soliq me‟yorlarining rag„batlantiruvchi rolini ta‟minlash;
- soliq to„lovi bo„yicha barcha sub‟ektlar majburiyati
ustidan moliyaviy
nazorat.
Soliq stavkasini belgilash bir qator tamoyillarga asoslanadi.
Dostları ilə paylaş: