teng bo„ladi, chunki hech kim tekinga ishlashni xohlamaydi. Boshqacha aytganda,
uzoq muddatli istiqbolda haddan tashqari yuqori o„rnatilagan soliqlarni pasaytirish
jamg„armalar, investitsiyalar, bandlikning ortishi orqali soliq undiriladigan yalpi
daromad hajmining o„sishini ta‟minlaydi. Natijada soliq tushumlari summasi
ko„payadi, davlat daromadlari hajmi o„sadi, taqchillik kamayadi va inflyatsiyaning
susayishi ro„y beradi. Lekin o„z-o„zidan tushunarliki, Laffer samarasi faqat erkin
bozor mexanizmi me‟yorida amal qilgan holdagina namoyon bo„ladi.
Shuningdek, mamlakatning turli mintaqalarida soliq yukining bir xil darajada
bo„lishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada YuNESKO xalqaro tashkiloti
tomonidan tavsiya etilgan taqqoslama usullardan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: