11. Moliya va moliya tizimi


muayyan davrda muomala uchun zarur bo„lgan pul miqdori sotishga



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/20
tarix06.12.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#72715
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
UxIjmhsfzVcwyO9sco8LAOTb57GB2v1kNd3JSIZl

muayyan davrda muomala uchun zarur bo„lgan pul miqdori sotishga 
chiqariladigan tovarlar narxi summasiga to„g„ri mutanosib, pulning aylanish 
tezligiga teskari mutanosibdir. 
Ta‟kidlash lozimki, pulning hamma tizimlari uchun pul muomalasi qonuni 
umumiy bo„lib, shu bilan birga oltin va qog„oz pul muomalasi qonunlarining 
o„ziga xos xususiyatlari va bir-biridan farqlari mavjud. 
Masalan, 1) oltin pul muomalada bo„lganda: 


a) ortiqcha oltin pul xazinaga jalb qilinadi va har xil bezaklar uchun 
foydalanishga chiqariladi; 
b) tovarlar hajmi ko„payib, muomala uchun qo„shimcha pul zarur bo„lganda 
xazinadagi oltin pullar muomalaga kiritiladi. Shu yo„l bilan muomala uchun zarur 
bo„lgan oltin pul miqdori o„z-o„zidan tartiblanadi. 
2) Muomala uchun zarur bo„lgan oltin pul miqdori tovarlar qiymatining 
miqdoriga teskari mutanosiblikda, oltinning o„z qiymatiga nisbatan esa 
to„g„ri mutanosiblikda o„zgaradi: 
a) oltin pul qiymati va tovarlar hajmi o„zgarmagan taqdirda tovarlar qiymati 
qancha past bo„lsa, muomala uchun zarur bo„lgan pul miqdori ham shuncha kam 
bo„ladi. Agar tovarlar qiymati o„zgarmasa, pulning miqdori tovarlar hajmining 
ortishiga qarab unga mutanosib ravishda ko„payadi; 
b) agar tovarlar hajmi va qiymati o„zgarmaydi, deb faraz qilsak, muomaladagi 
oltin pul miqdori oltinning o„z qiymatiga qarab o„zgaradi, ya‟ni uning qiymati 
oshsa, pul miqdori kamayadi, qiymati pasaysa, pul miqdori ko„payadi.
Qog„oz pul muomalasi qonunlari oltin pul muomalasidan farq qilib, uni 
quyidagicha ifodalash mumkin: 
- qog„oz pul qancha miqdorda chiqarilmasin, unda belgilangan qiymat 
miqdori muomala uchun zarur bo„lgan oltin pul miqdorining qiymatiga teng 
bo„ladi; 
- qog„oz pulning har birligida belgilangan qiymat miqdori muomala uchun 
zarur bo„lgan oltin pul qiymatining muomalaga chiqarilgan qog„oz pul miqdori 
nisbatiga mos keladi. 
Milliy iqtisodiyotda davlatning, tijorat banklari va boshqa moliyaviy 
muassasalarning majburiyatlari pul sifatida foydalanadi. Pul operatsiyalarining 
asosiy ko„pchilik qismi naqd pulsiz, cheklar va unga tenglashtirilgan moliyaviy 
aktivlar yordamida amalga oshiriladi. Shu sababli muomalada bo„lgan pul 
miqdorini hisoblash uchun M
1
...M
n
pul agregatlari yoki tarkibiy qismi 
tushunchasidan foydalaniladi. Barcha pul agregatlari yig„indisi yalpi pul 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin