11. Moliya va moliya tizimi



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/20
tarix06.12.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#72715
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
UxIjmhsfzVcwyO9sco8LAOTb57GB2v1kNd3JSIZl

Faktoring – bu boshqa iqtisodiy sub‟ektlarning qarzdorlik buyicha 
majburiyatlarini sotib olish yoki qayta sotish munosabatlarini anglatadi.
Farfeyting – bu uzoq muddatli faktoring munosabatlari bo„lib, qarzdorlik 
bo„yicha huquqlarni sotib olgan bank ularni odatda 1-5 yil vaqt o„tgandan so„ng 
undirishi mumkin bo„ladi.
Trast – bu mijozlarning kapitallarini boshqarish bo„yicha operatsiyalarni 
bildiradi. 
Kredit berish bir qator tamoyillarga asoslanadi. 
Bular quyidagilar: ssuda berishning maqsadli tavsifi, kreditning 
rasmiylashtirilgan muddatda qaytarilishi, ssudaning moddiy ta‟minlanganligi va 
to„lovliligi. 
Qarzga (ssudaga) berilgan pul hisobiga olinadigan daromad foiz yoki 
foizli daromad deyiladi. Shu daromad (foiz)ning qarzga berilgan pul 
summasiga nisbatining foizda ifodalanish foiz stavkasi yoki foiz normasini 
tashkil qiladi: 
100



ссуда
K
r
r



bu yerda: 
r‟ – foiz normasi; 
r – foiz summasi; 
K
ssud
– qarzga berilgan pul (kapital) summasi. 
 
11.5. Bank tizimi. Markaziy va tijorat banklar hamda
ularning vazifalari 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul muomalasini ta‟minlashda banklar muhim 
rol o„ynaydi. Banklar pul mablag„larini to„plash, joylashtirish va ularning 
harakatini tartibga solish bilan shug„ullanuvchi iqtisodiy muassasadir.
Banklar faoliyatining asosiy tomonlaridan biri kredit munosabatlariga xizmat 
qilish bo„lib, ular kredit muassasalarining asosini tashkil qiladi. 
Banklar tizimi odatda ikki bosqichli bo„lib, o„z ichiga markaziy (emission) 
bank va tijorat (depozitli) banklarning tarmoq otgan shaxobchalarini oladi.
Davlat banki mamlakat pul-kredit tizimini markazlashgan tartibda boshqaradi 
va davlatning yagona kredit siyosatini amalga oshiradi. 
Davlat banki Markaziy bank hisoblanadi. Buning mazmuni shundan iboratki, 
birinchidan, ko„pchilik mamlakatlarda davlat banki yagona markaziy bankdan 
iborat bo„lib, u o„tkazadigan siyosat tartiblari yuqori davlat organlari tomonidan 
o„rnatiladi. 
Ikkinchidan, Markaziy bank tijorat banklari va jamg„arma muassasalaridan 
mablag„larni qabul qilib, ularga kredit beradi. Xususan, shu sababga ko„ra markaziy 
bank “banklar banki” deyiladi. 
Uchinchidan, Markaziy bank faqat foyda olishga intilib faoliyat qilmaydi, 
davlatning butun iqtisodiyot holatini yaxshilash siyosatini amalga oshiradi va 
ijtimoiy siyosatini amalga oshirishga ko„maklashadi. 
Markaziy bank ko„plab xilma-xil vazifalarni bajaradi. 
1) boshqa bank muassasalarining majburiy zahiralarini saqlash;
2) cheklarni qayd (inkassatsiya) qilish mexanizmini ta‟minlash va banklararo 
hisob-kitoblarni amalga oshirish, ularga kreditlar berish; 


3) davlatning monetar siyosatini amalga oshirish;
4) barcha banklar faoliyatini uyg„unlashtirish va ular ustidan nazoratni amalga 
oshirish; 
5) xalqaro valyuta bozorlarida milliy valyutalarni ayirboshlash; 
6) pul taklifi ustidan nazorat qilish, milliy valyutani muomalaga chiqarish. 
Banklar o„z tasarrufidagi resurslardan foydalanish samaradorligi uchun 
moddiy jihatdan mas‟ul hisoblanadi va shu sababli kredit-pul operatsiyalari 
ko„proq ularning iqtisodiy foydaliligiga va samaradorligiga qarab beriladi. 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin