Bu yerda qog„oz pul miqdorining nisbatan ortib ketib, uning qadrsizlanishiga
pulning
ortiqcha emissiya qilinishi, pul emissiyasi o„zgarmasdan, uning aylanish
tezligining oshishi, muomaladagi pul miqdori o„zgarmasa
ham tovar ishlab
chiqarish va xizmat ko„rsatish hajmining kamayib ketishi,
tovarlar va xizmatlar
ijtimoiy qiymatining va,
binobarin, narxining pasayishi va nihoyat, pul
qiymatining pasayishi kabi omillar ta‟sir qiladi.
Qog„oz pullar inflyatsiyaga uchraganda
uch xil narsaga nisbatan
qadrsizlanadi:
1) oltinga nisbatan – bu oltinning qog„oz pullarda bozor narxining oshishida
o„z
ifodasini topadi;
2) tovarlarga nisbatan – bu tovarlar narxining oshishida o„z ifodasini topadi;
3) bardoshli chet el valyutalariga nisbatan – bu chet el valyutalariga nisbatan
milliy pul kursining tushib ketishida o„z ifodasini topadi.
Inflyatsiya narx indeksi yordamida bazis davrga nisbatan o„lchanadi.
Narxlar
indeksi esa joriy davrdagi iste‟mol narxlarini bazis davrdagi iste‟mol narxlariga
nisbati orqali aniqlanadi:
%
100
б
ж
ТН
ТН
НИ
,
bu yerda:
NI – narxlar indeksi;
TN
j
– joriy davrdagi iste‟mol tovarlari narxi;
TN
b
- bazis davrdagi iste‟mol tovarlari narxi.
Narxlar o„zgarishini hisobga olish qamroviga ko„ra
narxlar indeksining
quyidagi turlarini hisoblash mumkin:
- iste‟mol narxlari indeksi;
- ulgurji narxlar indeksi;
- narxlar indeksi – YaIM deflyatori;
- eksport va import narxlar indeksi.
Narxlar
indeksidan foydalangan holda inflyatsiya sur‟atini (IS) quyidagi
formula orqali aniqlash mumkin:
%
100
б
б
ж
ТН
ТН
ТН
ИС
.
Mamlakatimizda 2000-2007 yillardagi inflyatsiyaning asosiy ko„rsatkichlarini
quyidagi jadval orqali ifodalash mumkin (1-jadval).
Kelib chiqish sabablari va o„sish sur‟atlariga qarab, inflyatsiyaning bir qancha
turlarini farqlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: