11. Moliya va moliya tizimi


massasi yoki yalpi pul taklifini tashkil qiladi



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/20
tarix06.12.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#72715
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
UxIjmhsfzVcwyO9sco8LAOTb57GB2v1kNd3JSIZl

massasi yoki yalpi pul taklifini tashkil qiladi. 


Bizning respublikamizda umumiy pul miqdori quyidagi (tarkib)lar asosida 
hisoblanadi:
M0 – muomaladagi naqd (qog„oz va metall) pullar. 
M1 = M0 + aholining joriy hisob varaqalaridagi pul qoldiqlari
korxonalarning hisob varaqalaridagi pul mablag„lari, banklardagi talab qilib olish 
mumkin bo„lgan pul omonatlari.
M2 = M1 + tijorat banklaridagi muddatli omonatlar va jamg„arma hisob 
varaqalaridagi pullar, ixtisoslashtirilgan moliyaviy muassasalardagi depozitlar va 
boshqa aktivlar. Mazkur agregat tarkibiga kiruvchi pul mablag„larini bevosita bir 
shaxsdan boshqa biriga o„tkazish hamda ayirboshlash bitimlarida foydalanish 
mumkin emas. Ular asosan jamg„arish vositasi vazifasini bajaradilar.
M3 = M2 + bank sertifikatlari + aniq maqsadli zayom obligatsiyalari + davlat 
zayom obligatsiyalari + xazina majburiyatlari.
Bundan ko„rinadiki, pul massasining har bir alohida agregati o„zining 
likvidligi darajasiga ko„ra farqlanadi. Likvidlik – bu turli aktivlarning o„z 
qiymatini yo„qotmasdan (ya‟ni eng kam xarajatlar asosida) tezlik bilan naqd pulga 
aylana olish qobiliyatidir. Pullar (metall tanga va qog„oz pullar) eng yuqori 
likvidlikka ega bo„ladi. Mijoz o„zi istagan vaqtida olishi mumkin bo„lgan bank 
hisob varaqalaridagi pul omonatlari ham likvidli hisoblanadi. Pul massasi tarkibiga 
to„lov vositasi vazifasini bajarish layoqati pastroq bo„lgan aktivlar qo„shilib borishi 
bilan, ularning likvidlik darajasi ham pasayib boradi.
Naqd pullar rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida umumiy pul 
massasining 9-10 foizini, bozor iqtisodiyotiga o„tayotgan mustaqil hamdo„stlik 
davlatlarida 35–40 foizni tashkil qiladi.
Pul bozori – bu mamlakatdagi pul miqdori hamda foiz stavkasining turli 
darajalarida pul mablag„lariga bo„lgan talab va pul taklifining o„zaro 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin