Tijorat banklari o„z ixtiyorlarida bo„lgan aktivlari hisobiga yangi pullarni
hosil qilishlari, ya‟ni ularni bank krediti sifatida mijozlariga berishlari mumkin.
To„g„ri, ularning bu faoliyatlari Markaziy bank tomonidan o„rnatiluvchi majburiy
zahira me‟yorlari orqali cheklanadi. Ya‟ni, tijorat banki o„zining joriy xarajatlarini
qoplashi hamda mijozlar tomonidan kreditlar qaytarilmasligi xavfining oldini olish
maqsadida ma‟lum miqdordagi pul mablag„larini zahira sifatida saqlashi lozim.
Aktivlarning qolgan qismi esa muomalaga chiqarilib, u ma‟lum muddatdan so„ng
yana bankka qaytishi hamda, majburiy zahira me‟yoridan ortiqcha qismi yana
muomalaga chiqarilishi mumkin. To„xtovsiz ravishda takrorlanuvchi bu jarayon
pul taklifi multiplikatori yoki bank multiplikatori deyiladi.
Pul taklifi multiplikatori – bu bankdagi pul depozitlari qo„shimcha
ravishda o„sgan hajmining majburiy zahiralar qo„shimcha hajmiga nisbati
bo„lib, pul mablag„larining bir birlikka ko„payishi iqtisodiyotdagi pul
taklifining qanchaga o„sishini ko„rsatadi:
r
m
ёки
R
M
m
s
1
,
bu yerda:
m – pul taklifi multiplikatori koeffitsienti;
M
s
- bankdagi pul depozitlarining qo„shimcha ravishda o„sgan hajmi;
R - majburiy zahiralar qo„shimcha hajmi;
r – majburiy zahiraning foizdagi me‟yori.
Pul taklifi ko„p jihatdan inflyatsiya jarayonlariga ham ta‟sir ko„rsatadi.
«Inflyatsiya» atamasi (lotincha inflation – shishmoq, kengaymoq) ilk bora
Shimoliy Amerikada 1861-1865 yillardagi fuqarolar urushi davrida qo„llanilib,
muomalada qog„oz pullarning haddan ortiq ko„payib ketishini ifodalagan edi.
Iqtisodiy adabiyotlarda esa bu atama XX asrda, birinchi jahon urushidan keyin
keng tarqaldi.
Dostları ilə paylaş: