Mustaqil ta ’limni tashkil etish shakli va mazmuni Talaba mustaqil ta ’limining asosiy maqsadi - o’qituvchining rahbarligida va
nazoratida muayyan o’quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun bilim va
ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish.
Talabalar nazariy va amaliy m ashg’ulotlarda olingan bilimlarga tayangan
holda qo’yilgan masalalarni mustaqil hal qila olishlari kerak. Mazkur fandan
mustaqil ishlar quyidagicha tashkil qilinadi: nazariy bilimlarni o’zlashtirish,
amaliy m ashg’ulotlarga tayyorgarlik, mustaqil ta’lim uchun mo’ljallangan
nazariy va amaliy bilim mavzularini o’zlashtirish.
Talaba mustaqil ishni tashkil etishda quyidagi shakllardan foydalaniladi:
- Ayrim nazariy mavzulami o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil
o’zlashtirish;
- Berilgan mavzular bo’yicha axborot (referat) tayyorlash;
- Nazariy bilimlarii amaliyotda kullash va h.k.
Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari 1. Issiqlik va ish tushunchalari (bunda energiya tarqalishi usullari va uning
miqdori o ’rganiladi).
2. Deformatsiyalanuvchi qattiq jism termodinamik potensiallari (bunda erkin
energiya, ichki energiya va Gibbs potensiallari tahlillari beriladi).
3. M ateriallar charchashi, oqishi. Relaksatsiya jarayoni.
4. Deformatsion plastiklik nazariyasini ishlatilishi (bunda eng sodda masalalar
uchun nazariyani ishlatilishi kuriladi).
5. Muvozanatdagi suyuqlikni egri chiziqli devorga ta’siri. Bosimni bosh
vektori va bosh momenti.
6. Ideal suyuqlikni statsionar harakati uchun integral munosabatlarni qo’llash.
Oddiy masalalarni yechish,
7. Ideal siqilmaydigan suyuqliklarning potensial oqimlariga oid masalalar.
8. Fizik mikdorlar o’lchamlari. Я -teorema, aniqlovchi parametrlar; ularni
gidrodinamika va elastiklik nazariyasida qo’llanilishi.
9. Siqilmaydigan yopishqoq suyuqlik harakatini aniq yechimlari.
10.Uyurmalar maydoniga sodda misollar.
1 l.Gidrodinam ik va gazodinamik mashinalar (konfuzor va soplo, kompressor,
turbina, ejektorlar).
12. Ikki parallel plastinkalar orasidagi harakat; erkin sirt hosil bo’lgan hoi;
13,Oseening taqribiy yechimi.
14.Deformatsiya tenzori komponentalarini silindrik va sferik koordinatalarda
yozilishi.
15.Kuchlanish tenzori komponentalarini silindrik va sferik koordinatalarda
yozilishi.
16.Yopishqoq suyuqlik, gazlarni harakat va uzluksizlik tenglamalarini
silindrik va sferik koordinatalarda yozilishi.