tasavvur qilinadi. Predmetli harakatlar tashqi olamdagi predmetlar xususiyatlari va
sifatini o’zgartirishga qaratilgan bo’ladi. Masalan, ma’ruzani konspekt qilayotgan
talabaning predmetli harakati yozuvga qaratilgan bo’lib, u avvalo o’sha daftardagi
yozuvlar soni va sifatida o’zgarishlar qilish orqali, bilimlar zahirasini boyitayotgan
bo’ladi. Faoliyatning va uni tashkil etuvchi predmetli
harakatlarning aynan
nimalarga yunaltirilganiga qarab, avvalo tashqi va ichki faoliyat farqlanadi.
Tashqi
faoliyat shaxsni o’rab turgan tashqi muhit va undagi narsa va hodisalarni
o’zgartirishga qaratilgan faoliyat bo’lsa,
ichki faoliyat - birinchi navbatda aqliy
faoliyat bo’lib, u sof psixologik jarayonlarning kechishidan kelib chiqadi. Kelib
chiqishi nuqtai nazaridan ichki - aqliy, psixik faoliyat tashqi predmetli faoliyatdan
kelib chiqadi. Dastlab predmetli tashqi faoliyat ro’y beradi, tajriba orttirib borilgan
sari, sekin-asta bu harakatlar ichki aqliy jarayonlarga aylanib boradi. Buni nutq
faoliyati misolida oladigan bo’lsak, bola dastlabki so’zlarni qattiq tovush bilan tashqi
nutqida
ifoda etadi, keyinchalik ichida o’zicha gapirishga o’rganib, o’ylaydigan,
mulohaza yuritadigan, o’z oldiga maqsad va rejalar qo’yadigan bo’lib boradi.
Har qanday sharoitda ham barcha harakatlar ham ichki-psixologik, ham tashqi -
muvofiqlik nuqtai nazaridan ong tomonidan boshqarilib boradi. Har qanday faoliyat
tarkibida ham aqliy, ham jismoniy - motor harakatlar mujassam bo’ladi. Masalan,
fikrlayotgan donishmandni kuzatganmisiz? Agar o’ylanayotgan
odamni ziyraklik
bilan kuzatsangiz, undagi yetakchi faoliyat aqliy bo’lgani bilan uning peshonalari,
ko’zlari, hattoki, tana va qo’l harakatlari juda muhim va jiddiy fikr xususida bir
to’xtamga kelolmayotganidan,
yoki yangi fikrni topib, undan mamnuniyat his
qilayotganligidan darak beradi. Bir qarashda tashqi elementar ishni amalga
oshirayotgan
- misol uchun, uzum ko’chatini ortiqcha barglardan halos etayotgan
bog’bon harakatlari ham aqliy komponentlardan xoli emas, u qaysi bargning va nima
uchun ortiqcha ekanligidan anglab, bilib turib olib tashlaydi.
Aqliy harakatlar -
shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik mexanizmlar vositasida amalga oshiradigan
turli-tuman harakatlaridir.
Eksperimental tarzda shu narsa isbot qilinganki, bunday harakatlar doimo motor
harakatlarni ham o’z ichiga oladi. Bunday harakatlar quyidagi ko’rinishlarda bo’lishi
mumkin:
pertseptiv – ya’ni,
bular shunday harakatlarki, ularning oqibatida atrofdagi
predmetlar va hodisalar to’g’risida yaxlit obraz shakllanadi;
Dostları ilə paylaş: