5.Motivlarning anglanganlik darajasi: ijtimoiy ustanovka va uni o’zgartirish
muammosi
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, motivlar, ya’ni hattiharakatlarimizning sabablari
biz tomonimizdan anglanishi yoki anglanmasligi ham mumkin. Yuqorida keltirilgan
barcha misollarda va holatlarda motiv aniq, ya’ni shaxs nima uchun u yoki bu turli
faoliyatni
amalga
oshirayotganligini,
nima
sababdan
muvaffaqiyatga
erishayotganligi yoki mag’lubiyatga uchraganini biladi. Lekin har doim ham ijtimoiy
xulqimizning sabablari bizga ayon bo’lavermaydi.
Anglanmagan ijtimoiy xulq
motivlari psixologiyada ijtimoiy ustanovka (inglizcha «attitud») hodisasi orqali
tushuntiriladi.
Ijtimoiy ustanovka shaxsning ijtimoiy ob’ektlar, hodisalar,
guruhlar va
shaxslarni idrok qilish, baholash va qabul qilishga nisbatan shunday tayyorgarlik
holatiki, u bu baho yoki munosabatning aslida qachon
shakllanganligini aniq
anglamaydi. Masalan, Vatanimizni hammamiz sevamiz, bayrog’imiz muqaddas,
nemis
investorlarga ishonamiz, negrlarga raxmimiz keladi, tijorat ishlari bilan
shug’ullanadiganlarni
albatta puldor, badavlat, deb hisoblaymiz va hakozo. Bu
tasavvurlar, baho va hissiyotlar qachon va qanday qilib ongimizda o’rnashib
qolganligiga e’tibor bermasdan yuqorida sanab o’tgan hissiyotlarni boshdan
kechiraveramiz. Mana shularning barchasi ijtimoiy ustanovkalar bo’lib,
ularning
mazmun mohiyati aslida har bir inson ijtimoiy tajribasi davomida shakllanadi va
uzoq muddatli xotirada saqlanib, konkret vaziyatlarda ruyobga chiqadi.
Amerikalik olim G. Ollport ijtimoiy ustanovkaning uch
komponentli tizimini
ishlab chiqqan:
A. Kognitiv komponent - ustanovka ob’ektiga aloqador bilimlar, g’oyalar,
tushuncha va tasavvurlar majmui;
B. Affektiv komponent - ustnovka ob’ektiga nisbatan sub’ekt his qiladigan real
hissiyotlar (simpatiya, antipatiya, loqaydlik kabi emotsional munosabatlar);
V. Harakat komponenti - sub’ektning ob’ektga
nisbatan real sharoitlarda
amalga oshirishi mumkin bo’lgan harakatlari majmui (xulqda namoyon bo’lish).
Bu uch xil komponentlar o’zaro bir-birlari bilan bog’liq bo’lib, vaziyatga qarab
u yoki bu komponentning roli ustivorroq bo’lishi mumkin. Shuni aytish lozimki,
komponentlararo monandlik bo’lmasligi ham mumkin. Masalan, ayrim talabalar
talabalik burchi va tartib - intizom bilan juda yaxshi tanish bo’lsalar ham, har doim
ham unga rioya qilavermaydilar. «Tasodifan dars qoldirish», «jamoatchilik joylarida
tartibni buzish» kabi holatlar kognitiv va harakat komponentlarida uyg’unlik
yo’qligini ko’rsatadi. Bu bir qarashda so’z va ish birligi tamoyilining turli shaxslarda
turlicha namoyon bo’lishini eslatadi. Agar odam bir necha marta bila turib, ijtimoiy
xulqqa zid harakat qilsa, va bu narsa bir necha marta qaytarilsa, u bu holatga o’rganib
qoladi va ustanovkaga aylanib qolishi mumkin. Shuning
uchun ham biz ijtimoiy
normalar va sanktsiyalar vositasida bunday qarama-qarshilik va tafovut
bo’lmasligiga yoshlarni o’rgatib borishimiz kerak. Bu shaxsning istiqboli va
faoliyatining samaradorligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi.