malakalar shaxsning muvaffaqiyatli o’qishini ta’minlaydi. Ikkalasi ham mashqlar va
qaytarishlar vositasida mustahkamlanadi. Agar, faqat malakani oladigan bo’lsak,
uning shakllanish yo’llari quyidagicha bo’lishi mumkin:
oddiy namoyish etish yo’li bilan;
tushuntirish yo’li bilan;
ko’rsatish bilan tushuntirishni uyg’unlashtirish yo’li bilan. Hayotda ko’nikma
va malakalarning ahamiyati katta. Ular bizning jismoniy va aqliy urinishlarimizni
yengillashtiradi. O’qishda, mehnatda, sport sohasida va ijodiyotda muvaffaqiyatlarga
erishishimizni ta’minlaydi.
Faoliyatni klassifikatsiya qilish va turlarga bo’lishning yana bir keng tarqalgan usuli
- bu barcha insonlarga xos bo’lgan asosiy faollik turlari bo’yicha tabaqalashdir. Bu -
muloqot, o’yin, o’qish va mehnat faoliyatlaridir.
Muloqot - shaxs individual
rivojlanishi jarayonida namoyon bo’ladigan birlamchi faoliyat turlaridan biri. Bu
faoliyat insondagi kuchli ehtiyojlardan biri - inson bo’lish, odamlarga o’xshab
gapirish, ularni tushunish, sevish, o’zaro munosabatlarni
muvofiqlashtirishga
qaratilgan ehtiyojlaridan kelib chiqadi. SHaxs o’z taraqqiyyotini aynan shu faoliyat
turini egallashdan boshlaydi va nutqi orqali (verbal) va nutqsiz vositalar
(noverbal) yordamida boshqa faoliyat turlarini mukammal egallashga zamin
yaratadi.
O’yin - shunday faoliyat turiki, u bevosita biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlar
yaratishni nazarda tutmaydi, lekin uning jarayonida jamiyatdagi murakkab va xilma-
xil faoliyat normalari, harakatlarning simvolik
andozalari bola tomonidan
o’zlashtiriladi. Bola toki o’ynamaguncha, kattalar hatti-harakatlarining ma’no va
mohiyatini anglab yetolmaydi.
O’qish faoliyati ham shaxs kamolotida katta rol o’ynaydi va ma’no kasb etadi. Bu
shunday faollikki, uning jarayonida bilimlar, malaka va turli ko’nikmalar
o’zlashtiriladi.
Mehnat qilish ham eng tabiiy ehtiyojlarga asoslangan faoliyat bo’lib, uning maqsadi
albatta biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlarni yaratish,
jamiyat taraqqiyyotiga
hissa qo’shishdir.
Har qanday kasbni egallash, nafaqat egallash, balki uni mahorat bilan amalga
oshirishda faoliyatning barcha qonuniyatlari va mexanizmlari amal qiladi. Oddiygina
biror kasb malakasini egallash uchun ham unga aloqador bo’lgan ma’lumotlarni
eslab qolish va kerak bo’lganda yana esga tushirish orqali uni bajarish bo’lmay, balki
ham ichki (psixik), ham tashqi (predmetga yo’naltirilgan) harakatlarni ongli tarzda
bajarish bilan bog’liq murakkab jarayonlar yotishini unutmaslik kerak. Lekin har bir
shaxsni u yoki bu faoliyat turi bilan shug’ullanishiga
majbur qilgan psixologik
omillar - sabablar muhim bo’lib, bu
faoliyat motivlaridir.
Dostları ilə paylaş: