o’rganishga intiladi. Shuning bilan birga A.F.Lazurskiy intilish rivojining darajasi
ongli irodaviy zo’r berish bilan bog’liq ekanligini alohida ta’kidlaydi.
Motiv
muammosi D.N.Uznadze tomonidan o’rganilgan bo’lib, uning mohiyatini
tushntirish, ustanovka nazariyasiga asoslangan. SHuning
uchun motivni muallif
sub’ekt faolligining manbai, deb tushuntiradi, motivatsiyani esa irodaviy aktga olib
keluvchi bosqich deb hisoblaydi. A.N.Leontev motivatsiya masalasini
tushuntirishda inson ongining namoyon bo’lishini tahlil
qilish vositasi orqali
yondashadi. U hatti-harakat xulq motiviga aylanishini psixologik mexanizmlarini
tahlil
qiladi.V.N.Myasishev
fikricha, motiv harakat ob’ektiga
nisbatan
munosabatning ifodalanishidir.
Shaxsning jamiyatda odamlar orasidagi xulqi va o’zini tutishi sabablarini o’rganish
tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan narsa bo’lib, masalani yoritishning ikki jihati
farqlanadi:
a) ichki sabablar, ya’ni hatti-harakat egasining sub’ektiv psixologik xususiyatlari
nazarda tutiladi (motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, mo’ljallar, istaklar, qiziqishlar va
xokazolar);
b) tashqi sabablar - faoliyatning tashqi shart-sharoitlari va holatlari. Ya’ni, bo’lar
ayni konkret holatlarni kelib chiqishiga sabab bo’ladigan tashqi stimullardir.
Shaxs xulq-atvorini ichkaridan, ichki psixologik sabablar tufayli boshqarish odatda
Dostları ilə paylaş: