Microsoft Word isajon sulton boqiy darbadar lotin ziyouz com doc


BOENG 787 DREAMLINER. YO‘NALISH: AMERIKA – MARKAZIY OSIYO



Yüklə 211,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/51
tarix07.12.2022
ölçüsü211,72 Kb.
#72959
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   51
isajon sulton. boqiy darbadar

BOENG 787 DREAMLINER. YO‘NALISH: AMERIKA – MARKAZIY OSIYO 
Zamonaviy qudratli havo layneri bir maromda guvillar, salondagi uch yuz chog‘li yo‘lovchining 
ko‘pi mudrar edi. Hozir u Atlantika ummoni uzra to‘qqiz chaqirim balandlikda, soatiga sakkiz yuz 
ellik kilometr tezlikda uchib borayotgan edi. Layner to‘rt soat oldin avtopilotga o‘tkazilgan, shu bois 
uning o‘n ikki kishilik ekipaji dam olmoqda, faqat, salondagi to‘qqiz styuardessa qiz tushlik 
tarqatishga tayyorgarlik ko‘rmoqdaydi.
Uchish barcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra mo‘‘tadil kechmoqda edi. 


Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
12
Aslida, bundan uch soat avval dunyodagi eng katta meteorologik kuzatish stantsiyalari Atlantika 
ummoni uzra bo‘ron boshlanayotganidan ogohlantirishdi, taxminlarga ko‘ra u mavsumiy bo‘ronlardan 
farq qilar, odatiy «meteorologik ro‘yxat»dagi po‘rtanalar tunda, Oyning tortish kuchi oqibatida suv 
sathining ko‘tarilishi mahalida ro‘y berardi, bu esa kuppa-kunduz kuni boshlanmoqda edi. Xitoy va 
Mo‘g‘uliston uzra turib qolgan issiq havo oqimining shiddat bilan yuqori ko‘tarilishi oqibatida 
Yaponiya va Avstraliya sarinliklarining hamda ummon yuzasidagi sovuq havoning markazga intilishi 
oqibatida uning «yo‘li» juda uzun bo‘lishi taxmin qilinmoqda, katta tezlikda esuvchi shamollarni 
qo‘zg‘atishi kutilmoqdaydi. 
Sohillardagi turli davlatlarga bu haqda o‘z vaqtida yetarlicha ma’lumot berilgan, to‘qson olti 
million kvadrat kilometr yuzada sokin-osoyishta to‘lqinlanayotgan ummondagi barcha sayyohlik, ov, 
ilmiy-tadqiqot, harbiy hamda suvosti kemalari (odatda, eng kuchli bo‘ron mahalida ham ellik metr 
chuqurlikda sokinlik hukm sursa-da) hamda yo‘nalishi shu bo‘ron hududi bilan kesishadigan yo‘lovchi 
havo uchoqlari ogohlantirilgan, fazodagi sun’iy yo‘ldoshlarning ba’zilari josuslik ishidan tashqari, 
bo‘ron yo‘nalishini kuzatishga o‘tkazilgan edi. 
Bo‘ron haqidagi ma’lumotlar avtomatik ravishda uchoqning kompyuteriga ham yetib keldi
avtopilot uchoq yo‘nalishi va uchish quvvati me’yorlariga kerakli o‘zgarishlarni kiritib, bu haqda 
monitorga yozuv ham chiqarib ulgurdi.
Xullas, o‘z bag‘rida turli sirlarni saqlagan bu asov ummonning bugun junbishga kelishi 
kutilmoqdaydi. 
Havo laynerining biznes salonidagi monitorga ogohlantiruvchi yozuvlar turli tillarda qalqib chiqdi, 
lekin bu yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish saviyasining qay darajada yuqori ekanini ko‘z-ko‘z qilish 
uchun qilingan tadbir edi, turli tabiiy ofatlar vaqtida uchoqni boshqarishning eng samarali usullari 
bundan ellik yil oldin ishlab chiqilgan, shu bois u oz-moz chayqalishlardan boshqa xavf tug‘dirmasdi, 
biroq, yo‘lovchilar uchun aviakorxona ishining qay darajada yo‘lga qo‘yilgani va uchuvchilarning qay 
darajada mohirligining ahamiyati katta bo‘lgani uchun, kompaniya shunaqa Pi-Ar
1
tadbirini yo‘lga 
qo‘ygan edi. 
Laynerdagi uch yuz chog‘li yo‘lovchining biri, insonni takomillashtirish masalalariga 
bag‘ishlangan xalqaro anjumandan yurtiga qaytayotgan kishi – butunjahon Genetik tadqiqotlar 
assambleyasining faxriy a’zosi professor Ziyo ham bu ogohlantirishni o‘qidi-da, keng darchadan 
tashqariga qaradi. 
Ular havoga ko‘tarilgan Denver shahri allaqachonoq kulrang pastliklarda qolib ketgan, uchoq 
allaqachon Atlantika ummoni hududiga kirib kelgan edi.
 
Ufq top-toza, to‘qqiz chaqirim pastda esa kul rang tusli ummon, bag‘ridagi nahanglariyu millionlab 
tur va ko‘rinishdagi jonzotlari, suv yuzasida suzib yurgan va qachonlardir teranliklarga g‘arq bo‘lgan 
kemalari, shaharlariyu qishloqlari, balki Nuh alayhissalom to‘fonidan qolgan xarobalari bilan ... 
yastanib-to‘lqinlanib yotar edi.
 
Ummon go‘yo tarixga o‘xshar edi! Go‘yo butun kechmishlar ana shunday sokin va til-zabonsiz, 
bepoyon tarzda, vaqtsizu makonsiz dolg‘alanmoqdaydi. 
 
1
Pi-Ar – Public Relations so‘zining bosh harflaridan olingan, jamoatchilik bilan aloqalar ma’nosini bildiradi, ya’ni turli shirkatlarning 
omma fikrini o‘rganish va kerakli tomonga yo‘naltirish uchun amalga oshiradigan tadbirlari. 


Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman) 

Yüklə 211,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin