www.ziyouz.com kutubxonasi
13
Qaylardadir olis-olislarda, siyrak tuman bilan qoplangan va bunday yuksaklikdan elas-elas ko‘zga tashlanadigan materikning sarg‘ish sahrosida lo‘lilar karvoni tin olish uchun to‘xtagan edi. Biroq, uchoq hozir sahro uzra uchib o‘tayotgan bo‘lganida ham bunday balandlikdan ularni ko‘rish
amri mahol edi.
Sahrodan keyin vodiylar boshlanar, yana minglab chaqirim masofada esa oq qorlariyu ko‘k
muzliklari bilan bag‘rida butun dunyo taraqqiyotining sirlarini yashirgan Tiyonshon tog‘lari viqor
to‘kib turardi.
Tiyonshon tog‘larining bag‘ridagi bir g‘orda avliyo tafakkur bilan mashg‘ul edi. Sal oldin yomg‘ir savalab o‘tgan, g‘or og‘zida o‘sgan anjirning yashil barglarida va jigar rang mevalarida katta-katta tomchilar turib qolgan edi. Madaniyatlar, tsivilizatsiyalar, siyosatlar, fikriy va g‘oyaviy kurashlar, ulkan ijtimoiy hodisalar,
megapolislar, tutunga o‘ralgan shaharlar va yashil qishloqlaru dalalar qatorida mayda-chuyda
tirikchilik tashvishlari bilan tinimsiz harakatlanayotgan odamlar izdihomi... butun olam tortishish
kuchini yengib, fazoga yo‘l olishga tayyorlanayotgan fazoviy kemalar, ninachilarday har tomonga
imillab uchib borayotgan mahalliy uchoqlar, inson bolasining ayanchli gerdayishlariga sabab
muhtasham qasrlaru avtomobillar... to‘qqiz chaqirim pastda, materiklarda qolib ketgan edi.
Uning nazarida dunyoning aylanishi tezlashib ketgandek, tushunish va boshqarish qiyin bo‘lgan
g‘alati jarayonlar qaynab-toshayotganday tuyuldi.
Xalqaro anjuman uning qalbini larzaga solgan va oradan o‘n ikki soat o‘tganiga qaramasdan, hanuz
taassurotlaridan qutulolmayotgan edi. Anjuman uyg‘otgan hayajonlaru shov-shuvlar hali-veri
tinadiganga o‘xshamasdi. Dunyoning eng mashhur olimlari ham hayrat va hatto sarosima ichida edilar.
Insonni takomillashtirish yo‘lidagi urinishlar minglab yillardan beri davom etib kelayotgan bo‘lsa-
da, bugungi hodisa bashariyatning barcha izlanishlarini xotimalab, yangi pallaga qadam
qo‘yayotganidan dalolat berib namoyon bo‘lgan edi.
Hamma gap, bir tomoni Xitoyga va ikkinchi tomoni Mo‘g‘ulistonga tutashib ketgan, Tiyonshondan
Oltoy tog‘lariga qadar bir yarim ming chaqirim masofaga cho‘zilgan yoy misoli yastanib yotgan Gobi
cho‘lidagi Inson takomili markazida yetishtirilgan sun’iy jonzotlarda edi. Kuyten-Nayramdal
cho‘qqilaridan va Otgon-Tengri Uul vodiysidan yuzlarcha chaqirim masofada joylashgan mazkur
markazda ko‘p yillardan buyon insonlarni sun’iy urchitish, genlarini takomillashtirish va klonlashtirish
borasidagi tadqiqotlar olib borilayotganini ko‘pchilik bilardi. Shuningdek, bu tur tajribalar dunyoning
ko‘pgina o‘lkalarida qat’iyan man etilgani bois, hali qonunlari zaif mamlakatga atayin ko‘chirilganiga
hammaning aqli yetib turardi. Dunyoga yoyilib ketgan mazkur tadqiqot tizimining ona bo‘g‘ini
bo‘lmish bu markaz insoniyatga kutilmagan bir natijani taqdim etgan va «Xo‘sh, ana endi nima
qilasan?» deb sahrolar aro boqib turgan ulkan bir ko‘z misoli, jimit inson bolalarining tutumlariga
qiziqsinib qarayotganday tuyulmoqdaydi.
Sun’iy urchitilgan odam aslida kim? Urug‘langan bir ona hujayraning shisha idishlarda mukammal
rivojlanishi uchun kerak bo‘lgan har qanday sharoit yaratib berilgan va muttasil kuzatuvlar ostida inson
bolasining paydo bo‘lish jarayoni g‘oyat aniqlik bilan kuzatib boriladigan bunday izlanishlar doimo
boshi berk ko‘chaga kirib kelmoqda, bashar aqli yetmagan qandaydir ta’sirlar bois ular majruh, kar,