Microsoft Word isajon sulton boqiy darbadar lotin ziyouz com doc



Yüklə 211,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/51
tarix07.12.2022
ölçüsü211,72 Kb.
#72959
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   51
isajon sulton. boqiy darbadar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
18
muhtaram professordan o‘rnidan turishini iltimos qilmoqchiman. Ayni damda, ilm va tafakkurning 
bunday yuksakligiga yetib kelgan shu zakovat qarshisida bosh egmoqchiman, sizlardan ham bu kishini 
sharaflashingizni so‘rayman. 
Professor dahoning bu so‘zlaridan ta’sirlanib o‘rnidan qalqdi. Daho minbarning yon tarafiga o‘tib, 
sahnadan turib ta’zim qildi. Olqishlar va shovqin tinib, professor Ziyo o‘z o‘rniga qaytib o‘tirgach, 
daho minbarga qaytib, so‘zida davom etdi: 
– Diqqatingizni shu masalaga qaratmoqchiman: barchamiz hozir insoniyat kelajagini o‘zgartirib 
yuborishga qodir ulkan va tahdidli bir jarayon qarshisida turibmiz. Bu jarayonning ahamiyati va xavfi 
shunchalar ulkanki, yaqin istiqbolda hukmronlik yangi irq qo‘liga o‘tib, rivojlanishning misli 
ko‘rilmagan pallasiga kiramizmi yoki odamzot ikki irqqa – haqiqiy va sun’iy inson deb nomlangan 
irqlarga bo‘lingan holda taraqqiyotda davom etadimi – aytolmaymiz. Biroq, hayajonlanishingizga hali 
erta. Chunki aqlda va hayot kechirishda oddiy insonlardan ustun bo‘lib dunyoga keladigan bunday 
jonzotlarning fikrlash mantig‘ini ham oldindan aytib bera olmaymiz.
Men sizga xabarini berganim barhayot kishi, ilmu fanning butun tarixi davomida Tangrining 
irodasiga isyon o‘laroq, ya’ni, u belgilab bergan hayot-mamot va taqdir chegaralaridan jasurona 
sakrab o‘tib, halokatli barcha ta’sirlarga chidamli va jarohatlangan a’zosini tezda tuzata oladigan, boz 
ustiga, aqlu tafakkur jihatidan sizu bizdan bir necha baravar ustun o‘laroq dunyoga keldi! Bu 
genomning DNA halqalarida avstraliya kaltakesagining genlari mavjud, favqulodda regeneratsiya 
qobiliyati ana shu genlar boisdir.
Boshqa halqada siz Osiyo cho‘llarida goh-goh paydo bo‘lib turuvchi ulkan toshbaqa genlarini 
ko‘rasiz, kaltakesak genlari bilan chatishgani bois ular ham o‘zlarini yangilash xususiyatiga ega – 
yangilanib turadigan DNA halqalari bu odamning barhayotligini ta’minlovchi asosiy omildir. 
Shu o‘rinda sizlarni – kunimiz ilmu fanining eng zakiy va iste’dodli kishilarini chin yurakdan 
g‘alaba bilan tabriklash o‘rniga, barhayot kishining kutilmagan qarori haqida xabardor etishni lozim 
topdim.
Gap shundaki, barhayot odam anjuman boshlanishidan bir necha kun avval tajribaxonamizning 
beton devorlaridan va qo‘riqlash qurilmalaridan bemalol o‘tib ozodlikka chiqib ketgan, hozir Osiyo 
cho‘llarining qaysidir qismida daydib yurgan bo‘lsa ehtimol. Xameleon genlari unga tana tuzilishini va 
ko‘rinishini o‘zgartira olish xususiyatini ato etgan – fazoviy qurilmalarning kuchli kameralari uni 
sahrodan izlab topa olmadi, infraqizil «ko‘zlar» ham ko‘ra olmadi. Shu bois uni hozir Gobi hududida 
deb faqat taxmin qila olishimiz mumkin, xolos. 
Tajriba xonasiga kirganlar qalin va mustahkam zirhli oynaning ham, to‘qson santimetr qalinlikdagi 
beton devorning ham bus-butun ekanini ko‘rdilar. Ular shisha idish ichida sun’iy odam qoldirgan 
elektron xatni topdilar, ijozatingiz bilan, hozir sizga shu maktubni o‘qib eshittiraman. 

Yüklə 211,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin