Microsoft Word isajon sulton boqiy darbadar lotin ziyouz com doc



Yüklə 211,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/51
tarix07.12.2022
ölçüsü211,72 Kb.
#72959
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   51
isajon sulton. boqiy darbadar

BOENG 787 DREAMLINER. 
BO‘RONDAN O‘N DAQIQA AVVAL. 
Oradan o‘n daqiqa o‘tganida, bag‘riga Professorni va uch yuz chog‘li yo‘lovchini olgan bahaybat 
Boeng Dreamliner uchog‘i bo‘ron hududiga yetib keldi. 
Meteokuzatuv markazlarining taxminlari haq bo‘lib chiqdi, Atlantika ummonidan to Osiyo 
sohillarigacha bo‘lgan hududda misli ko‘rilmagan shamollar va girdoblar paydo bo‘lgan, ayni paytda 
Tinch, Hind va Shimoliy muz ummoni ustidagi havolar ham Gobi tomonga surila boshlagan edi. 
Shamolning yo‘li qing‘ir-qiyshiq ilon izini eslatardi – Atlantikaning ufqqa qadar enlab yotgan oxiri 
ko‘rinmas suv hududlaridan boshlangan bu g‘alayon negadir O‘rtaer dengizining jazirama hududini 
chetlab o‘tmoqda, abadiy muzlar o‘lkasida hosil bo‘lgan epkinlar esa, asriy qorlarni to‘zg‘itib va 
muztog‘larini sindirib, yo‘lida quyunlaru qasirg‘alarni hosil qilgancha, ulkan jonli ilon singari sahro 
sari harakatlanmoqda edi. Yaponiya tomonda esa teskari harakat ro‘y berdi – dunyoning bu chetida 
hosil bo‘lgan epkinlar ham boshqa bir ilon singari Gobi tomonga tobora zo‘rayib boruvchi shiddat ila 
intilar, cho‘l uzra turib qolgan qaynoq havo yuqoriga ko‘tarilib, tepa qatlamlarda teskarisiga esuvchi 
yanada kuchliroq boshqa epkinlarni hosil qilgan edi. 
Eni yetmish-sakson, yuksakligi o‘n kilometrga yetgan ulkan aylanuvchi quyunlar – ilon boshlari 
o‘zida mislsiz quvvatni jamlagan edi. Insonlar nafas oladigan va mayin esganida rohat keltiradigan bu 
ne’mat to‘satdan shaklu shamoyilini va yaratilish maqsadini o‘zgartirib, ofatga aylangan, bo‘ron 
markazida havoning yuqori o‘rlashi oqibatida o‘nlab ana shunday girdoblar hosil bo‘la boshlagan, 
quyunlarning o‘zagida shamolning esish tezligi soniyada ikki yuz metrgacha yetgan edi. 
Quyunlarni chetlab o‘tish maqsadida, Boeng Dreamliner uchuvchilari va uchishni boshqarish 
markazi mutaxassislari yanada yuqori ko‘tarilishga qaror qildilar – bu uchoq o‘n ikki kilometrgacha 
ko‘tarila olardi, bo‘ronlarning balandligi esa odatda o‘n kilometrdan oshmas, bunday yuksaklikdagi 
ellik besh daraja sovuqda havo sovib, quyun shiddati o‘z-o‘zidan pasayib ketar edi. Kuchli motorlar 


Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman) 

Yüklə 211,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin