Microsoft Word isajon sulton boqiy darbadar lotin ziyouz com doc



Yüklə 211,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/51
tarix07.12.2022
ölçüsü211,72 Kb.
#72959
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   51
isajon sulton. boqiy darbadar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
42
– O‘t ochildimi, «Maxes»?
Xuddi shunday, buyruq bajarildi!
– Nishonni ko‘ryapsizmi?
– Ha, unga yaqinlashyapman.
– Tushunarli.
– Nishon pasaymoqda, unga yaqin keldim, masofa yarim mil... 
– Nishon pasaymoqda? Bu nima degani? 
– U o‘tirib oldi. 
– U o‘ldimi? 
– Aniqlashning iloji yo‘q. U o‘tiribdi. 
– Tushunarli. Tezlikni kamaytiring. Barcha jangovar mashinalardan nishonga qarata o‘t ochilsin!
Bu xavfli, atrofda tanuv belgilari bo‘lmagan boshqa jangovar uchoqlar ham bor.
– «Maxes», vaziyatga qarab o‘t ochishga tayyorlaning! Nishonning o‘zingizga nisbatan o‘rnini 
bildiring.
– Chapdan yetmish daraja.
– «Maxes», nishonning vaziyatini bildiring. 
– U qumga yotib oldi... Ko‘rish qiyin, to‘zon kuchaymoqda... «Fir’avn?..» «Fir’avn», u ibodat 
qilmoqda! 
– «Maxes», nishonni raketalar bilan yo‘q qilishga harakat qiling.
– «Fir’avn», desant tushirishga ruxsat bering! 
– «Maxes», nishonni raketalar bilan yo‘q qiling! 
– Tushundim, nishonda «ushlagan» holda yaqinlashyapman.
– Masofani bildiring. 
– Masofa chorak mil. 
– «Maxes», forsaj!
– Forsajga o‘tildi!
– O‘t och!
– O‘t ochildi.
– Nishon yo‘q qilindimi? 
– Hech narsa ko‘rinmaydi, hamma yoq to‘zon. 
– Zarba chizig‘idan o‘ng tomondan chiqilsin, kurs yetmish besh.
– Zarba chizig‘idan o‘ngga chiqyapman, kurs yetmish besh!.. 
– «Maxes», qurollar jangovar holatda tutilsin. Begona harbiy uchoqlarni nishonda tutgan holda, o‘n 
besh daraja g‘arbga harakatlanilsin! 
– Xo‘p bo‘ladi! 
Bo‘ron oldidan turgan shamol allaqachon qumlarni ko‘targan, noma’lum odam «havo-er» rusumli 
o‘limchil raketalar zarbasi va shamol ko‘targan qum to‘zoni ichida ko‘zga ko‘rinmay ketgan, hozir uni 
maxsus qurilmalar ham ko‘rolmayotgan edi. «Vahshiy»ning o‘t ochganini ko‘rgan boshqa harbiy 
uchoqlar yaqin masofada turganlaricha to‘zonning tarqalishini va noma’lum kishining chiqib kelishini 
kutmoqda edilar. Bu orada «Vahshiy» «Fir’avn»ning navbatdagi buyrug‘ini ham bajarib ulgurdi, ya’ni 
yaqin oradagi «Mig»larni lazer mo‘ljaliga oldi.
Har holda, boshqa jangovar uchoqlarga ham shu mazmundagi buyruq kelgan bo‘lsa kerak, 
«Mig»lar, «Miraj»lar, «Kfir» va «Tornado»lar ham o‘z vaziyatlarini «Vahshiy»ga nisbatan hujumga 
qulayroq bo‘lishi uchun moslab, aylanib ola boshladilar. 


Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
43
Endi bu o‘lim mashinalari turli qurollardan bir-birlarini mo‘ljalga olgancha buyruq kutmoqda 
edilar. «Havo-havo» tipidagi raketalar allaqachon jangovar holatga keltirilgan, himoya vositalari va 
chalg‘ituvchi termik vositalar jangga shay holatda edi. 
Dunyoning eng kuchli bir qancha mamlakatining harbiy uchoqlari ana shu tarzda bir-biriga qurol 
o‘qtalib turar edi. 
Maxsus radiokanalda esa «Vahshiy» bilan «Fir’avn»ning so‘zlashuvi davom etmoqda edi: 
– «Maxes», nishonni ko‘ryapsizmi? 
– «Fir’avn», shamol kuchayib bormoqda, hammayoq qum... tepa ham, past ham... hech narsa 
ko‘rinmaydi. 
– «Maxes», nishonni qidiring! 
– «Fir’avn», buning iloji yo‘q, hech narsa ko‘rinmayapti, ekranlarda ham... Begona uchoqlar bizga 
nisbatan jangovar yo‘nalishga o‘tdilar. 
– «Maxes», boshqa uchoqlarga e’tibor qilinmasin. Biz ularni fazodan «ushlab» turibmiz. Izlashni 
davom ettiring! 
– Tushundim, izlashda davom etamiz... 

Yüklə 211,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin