Microsoft Word isajon sulton boqiy darbadar lotin ziyouz com doc



Yüklə 211,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/51
tarix07.12.2022
ölçüsü211,72 Kb.
#72959
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   51
isajon sulton. boqiy darbadar

BO‘RONDAN YARIM SOAT AVVAL. 
Bo‘ron yaqinlashmoqda edi. 
Uchoq monitori yana ogohlantiruvchi ovoz chiqardi: bu safar Reyter axborot agentligining har 
soatda yangilanib turadigan xabarlari kelgan edi. Professor xabarlarga tezda ko‘z yugurtirib chiqdi: 
«Atlantikada bo‘ron shiddati zo‘raymoqda, uning tezligi soatiga ikki yuz ellik kilometrga chiqdi. 
Ummon bo‘ylab shoshilinch holat e’lon qilindi. Ko‘pchilik sohillarda ulkan girdoblar paydo bo‘lishi 
kutilyapti. Qutqaruv xizmatlarining butun kuchlari bo‘ron falokatlarining oldini olishga safarbar 
qilingan». 
 
«...butunjahon meteorologiya xizmati bo‘ron yo‘nalishlarining taxminiy xaritasini ishlab chiqdi, 
uning Atlantika ummonidan hamda Avstraliyadan Osiyoga qadar surilib borishi taxmin qilinmoqda». 
 
«...bugun Grinvich vaqti bo‘yicha 15.00 da qo‘zg‘algan bo‘ronning fazodan olingan suratlarini 
ko‘rish uchun VISA yoki Master Card tizimidan 3 yevro to‘lasangiz kifoya». 


Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
38
 
 «...dunyoning turli mintaqalarida sahrolar kengayib bormoqda. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, 
Sahroi Kabir keyingi o‘n yil ichida o‘ttiz kilometrga kengaygan. Xuddi shunday jarayon Osiyo 
cho‘llarida ham kuzatilmoqda. Mazkur cho‘llarning qumining o‘ziga xos xususiyati – unda sho‘r 
miqdorining ko‘pligidir». 
 
«...ba’zi din ulamolari jahannamning abadiy emasligiga doir taxminlarini e’lon qildilar. Ular o‘z 
taxminlariga «Ular jahannamda abadiy qolurlar, magar Parvardigorlari boshqa narsani ixtiyor 
qilmasa...» mazmunidagi oyatlarni asos qilib oldilar...» 
 
“...Shuningdek, Misrda qoyalarni yo‘nib ishlangan uylardan topilgan anjomlar u yerda yashagan 
kishilarning darhaqiqat bahaybat gavdali, kuchli kishilar bo‘lganini tasdiqladi. Rivoyatlarga ko‘ra, 
ularni k u ch l i sh a m o l halok qilgan edi...” 
 
«...dunyoda qit’alararo shirkatlarning paydo bo‘lishi taxmin qilinmoqda, bunga yer yuzidagi 
asosiy kapitalning yakka kishilar qo‘liga o‘tib ketishi sabab bo‘lishi mumkin...» 
 
 «...butunjahon Ovchilar Jamiyati barcha ovchilarni Xitoydan kelgan qora chumchuqlarni qirib 
tashlashga chaqirdi. Markaziy Epidemiologiya xizmati vakilining ta’kidlashicha, ular qush o‘latini 
tarqatishlari mumkin...Oddiy va odatiy sarg‘ish chumchuqlardan farq qilib, ular na don-dun terishadi, 
na sayrashadi, qop-qora ko‘zlarini javdiratgancha n i m a n i d i r sabr-toqat bilan kutishadi...» 
 
«...Mashhur tarixchi olimlardan biri, lo‘lilarning qachonlardir Hindistondan yo‘lga chiqqani 
haqidagi taxminini e’lon qildi. Rivoyatga ko‘ra, ular juda ulkan maqsad bilan safarga chiqadilar, 
ammo karvonga oziq-ovqat muammosi ko‘ndalang bo‘ladi. Ov qilib yoxud boshqa yo‘l bilan bu 
ehtiyojni qondirishga vaqt yo‘qotmaslik uchun safarni tilamchilik qilib davom ettirishga ahd qiladilar. 
Yillar o‘tavergach va avlodlar almashgach, butun boshli xalq nima maqsadda yo‘lga chiqqanini 
unutadi, ular dunyo bo‘ylab vatansiz va makonsiz besamar daydishga mahkum bo‘ladilar...» 
«...Urdundagi qadimiy xarobalardan birida abadiyatga giriftor bo‘lgan kishi haqidagi yozuvlar 
saqlanib qolgan teri parchalari topildi. Azaliy haqiqatlarga qo‘l ko‘targani uchun qiyomatga qadar 
darbadarlikka mahkum etilgan bu kishi haqidagi rivoyatlar o‘rta asr qo‘lyozmalarida, shuningdek, 
Brokgauz va Efron qomusida uchraydi. Tadqiqotchilar bu rivoyatning timsoliy ekanligini, imon va 
ishonchning mutlaq haqiqatlariga qarshi chiqqan kishilarning fikriy va qalbiy sarsonliklarga duchor 
bo‘lishlarini ta’kidlamoqdalar». 
 
«...Yer yuzidagi eng sho‘r dengiz – Qizil dengizning Arabiston yarim oroli sohillariga yaqin 
yerida, suv ostida chuchuk suvli ulkan buloqlar borligi aniqlandi. Bundan ikki ming yil avval paydo 
bo‘lgani taxmin qilinayotgan mazkur buloqlarning suvi g‘oyat toza va shifobaxsh bo‘lib, dengizning 
sho‘r suviga aralashib ketmasdan to sohilga qadar oqib boradi. Sohildagi turli sayyohlik shirkatlari 
bu suvlardan foydalanib, katta tijoriy loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqdalar...»
 
«...Sidney shahri yaqinida joylashgan kelajak texnologiyalari markazida olamshumul kashfiyot 
qilindi. Bugungacha tabiatda mavjud bo‘lgan zarralarning aksi bo‘lgan anti-zarralar mavjudligi fan 
tomonidan o‘tgan asrda isbotlangan edi. Taxminlarga ko‘ra Koinot ham o‘zining aksidan, ya’ni anti-
Koinotdan iborat. Fazoning qaeridadir Koinot va anti-Koinot birlashgani va bir birini uzluksiz 
akslantirgani fazoning cheksizligi nazariyasiga oydinlik kiritishi mumkin. Bugungacha maxsus 
sharoitlarda olib borilgan tajribalarning natijasi o‘laroq, umri soniyaning milliondan bir ulushiga 
teng bo‘lgan anti-elektron va anti-proton zarrasi hosil qilindi! Hozircha bunday zarra tabiiy sharoitda 


Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman) 

Yüklə 211,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin