Microsoft Word isajon sulton boqiy darbadar lotin ziyouz com doc



Yüklə 211,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/51
tarix07.12.2022
ölçüsü211,72 Kb.
#72959
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   51
isajon sulton. boqiy darbadar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
34
Hammayoqda yovvoyi o‘tlar o‘sib yotardi, ajabo, bular ham mangu o‘tlarmikin, degan xayolga 
bordim va birining yaprog‘ini yulqab oldim, sal o‘tmay yaproq so‘ligach, nimagadir yengil tortib, yana 
olg‘a ilgariladim. 
Shahar oxiriga yaqinlashgunimga qadar yarim soatcha vaqt o‘tdi. Nimadir sodir bo‘lishini aqlim 
sezib-payqab turardi. Bir yerda yarim aylana shaklida yerga botgan ko‘hna ark ko‘rdim, engashib 
qarasam, qop-qora suv yaltirab oqmoqda edi, suv labida bahaybat toshbaqa ham bor edi, uning ko‘zi 
ko‘r bo‘lib, uzoridagi naqshlari muqaddas yozuvlarni eslatardi...
Shahar tugaganida esa, katta yalanglikda bir to‘da odamlar ko‘rindi! 
Bular qarovsiz alfozda, jim o‘tirar edilar. Ba’zilari yerga allaqanday shakllar chizardilar, 
shakllarning ma’nosi yo‘q edi. Bolalar, qariyalar bor edi ularning orasida. Kiyimlari titilib-eskirib 
ketgan, tirnoqlari, sochlari o‘sgan edi. Ba’zilari yerdan potrab bo‘y cho‘zgan bargi kichkina 
o‘simliklarni erinib chaynardilar. Nazarimda, ularni ham shaharni qoplagan kabi chang qoplagan, 
so‘niq va rangsiz edilar. 
«Kimlar bular?» – degan o‘y xayolimga urildi daf’atan. Mangulik shahrida bunday aftoda 
kishilarning uchrashi aqlimga sig‘mayotgan edi. Oyog‘i ostida o‘tirgan bolachaga onasi qaramasdi
ajabki, bola ham so‘nik, jim o‘tirardi. 
Yaqinlashganimda ularning ba’zilari boshlarini burib qaradilar... boqishlarida hech nima aks 
etmadi... nigohlarida hech bir ifoda yo‘q... bo‘m-bo‘sh edi. 
 
«Barhayotlarmi bular?!» 
Ha, bular – butun insoniyat yaralganidan beri orzu qilgani mas’udlikka erishgan barhayotlar edilar! 
To‘p-to‘p bo‘lib, hech narsa qilmasdan, sovuqlaru jaziramalarda, yomg‘iru qorlarda mas’udlik onini – 
o‘lim saodatini shu tariqa jim... qo‘rqituvchi itoatkorlik bilan... xomush... kutmoqda edilar. 
Sal o‘tmay sezganim – ular quyoshni kuzatar edilar. Quyosh botganida, oyga qarab o‘tirardilar. 
Oyoq ostlarida hayot jonlanmoqda va xarob bo‘lmoqda, tevarak tug‘ilib-o‘lmoqda... lekin bu kishilar 
zeriktiruvchi boqiylikka duchor bo‘lgan edilar.
Na til qolgan edi. Na millat... na madaniyat... 
Yuragimni dahshat bosib keldi, bu dahshat hayotiy emas, sovuq va xo‘mraygan, sassiz edi. 
Mangulikning sovuq dahshatimi bu? Balki umriboqiylar menga – hayot odamiga iltijo bilan 
boqqandirlaru ko‘zlari hech narsani ifoda etmay qo‘yganini bilmaslar? Mangulik ichra gapirishni, 
fikrlarini va hissiyotlarini ifoda etishni unutgandirlar? Balki mangulik qarshisida fikrlarning ham, 
hissiyotlarning ham ahamiyati qolmagandir? Shaharning so‘niq ko‘chalaridan ortga qarab chopganim 
esimda... qopqadan otilib chiqqanim ham esimda... hayot ufurib turgan qumlar ko‘zimga juda aziz 
ko‘ringani, ich-ichimdan toshib kelgan quvonch va shukronalik bilan tiz cho‘kkanim esimda... o‘sha 
paytda haroratli va qadrdon bo‘lgan «quyosh allaqachon botib bo‘lgan, shafaqlari ham ko‘zdan 
yo‘qolmoqdaydi...» 
Xotiralarning asosiy qismini sayyoh bundan yetti yuz yil muqaddam Luvrda yuz bergan voqea 
bilan yakunlaydi, u voqea ham aynan shu so‘zlar bilan boshlanadi. 


Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman) 

Yüklə 211,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin