Microsoft Word isajon sulton boqiy darbadar lotin ziyouz com doc



Yüklə 211,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/51
tarix07.12.2022
ölçüsü211,72 Kb.
#72959
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   51
isajon sulton. boqiy darbadar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
33
Shahar shu qadar ochiq-oydin namoyon bo‘lgan ediki, o‘ynoqi cho‘l shamolining yengil epkinida 
devoridan shuvillab to‘kilgan tuproqqacha aniq ko‘rinardi. Ulkan, baland darvozasi qalin devorlar 
orasiga mustahkam qilib o‘rnatilgan edi. Sayyoh bu zuhurotdan sarosimaga tushib qoladi, o‘ziga 
kelgach, saodat devorlari ortida yashayotgan xurram kishilarni ko‘rish hayajonida, shosha-pisha 
darvoza tomonga yuguradi... 
...Sayyoh o‘z yurtiga qaytgach, Osiyoda ko‘rgan-bilganlari haqida «Mening shahri Haybarim» 
degan xotira kitobini yozadi.
«Tushlar, follar va qur’alar ertangi kunning qanotlarida muallaq turuvchi narsalardir, – deydi u. – 
Bu muallaqlar yo‘yilgan tomoniga qarab o‘zgarish xususiyatiga egadirlar. Abadiyat shahri ham ana 
shunday xususiyatli shahardir. U yerga kim qaysi niyatda borsa, o‘sha niyatiga ko‘ra zuhur etadi. 
Mening niyatim u yerdagi boqiylikning sabablarini o‘rganish emas edi... u yerda yashash va kamolot 
darajalariga erishish ham emas edi... topsam bas edi... aynan aytganimday, uni topish menga nasib etdi, 
biroq, topganlarim sahroning sariq qumi kabi barmoqlarim orasidan shuvillab to‘kildi... topganim bilan 
topmaganim orasida farq qolmadi... Lekin, bu voqea mening sokin hayotimni ostin-ustin qilib yubordi, 
barcha bilganlarim va tasavvurlarim tamomila o‘zgarib ketdi, hayotimga timsollar va ishoratlarning 
girdoblari bo‘ron yanglig‘ ufurilib kirib keldi...» 
«MENING SHAHRI HAYBARIM» KITOBINING 
SO‘NGGI BOBIDAN PARCHA 
«...Ha, bu voqea mening sokin hayotimni ostin-ustin qilib yubordi, barcha bilganlarim va 
tasavvurlarim tamomila o‘zgarib ketdi, hayotimga timsollar va ishoratlarning girdoblari bo‘ron 
yanglig‘ ufurilib kirib keldi... chunki men azaldan orzu qilgan narsalarimning puch ekanini va 
ahamiyat bermaganim narsalarning g‘oyatda qadrli ekanini aynan shu – abadiy saodat shahriga 
kirganimda anglab yetdim. 
...Shaharning ko‘chalariga qora marmar yotqizilgan, yo‘laklar ustini qalin chang va qurib, taqirga 
aylangan loy qatlami qoplagan edi. Bu, balki yomg‘irlarning ishimikin? Qalin chang ustiga yoqqan 
yomg‘ir loy hosil qilganu ustiga yana chang o‘tirgan, shu tariqa quruq qatlam yuzaga kelgan... Lekin 
devorlarni ham g‘ubormi, changmi qoplab olgan. Hech qaerda odam sharpasi ko‘rinmas edi.
Bu shaharda binolar qalashtirilib, bir-birining ustiga mingashtirilib qurilgan edi. Bizlar ko‘nikkan 
me’moriy go‘zallik degan narsadan asar ham yo‘q, kichkina eshikchalar hayhotday binolarning ost 
qismida qing‘ir-qiyshiq bo‘lib ko‘zga tashlanar, kichkina kulbachalarning devorlarida esa ulkan va 
qiyshiq darchalar bor edi. Men ko‘chalarni ko‘rib ham hayratga tushdim, bu shaharchadagi bironta 
ko‘cha, bironta bino mulohaza bilan qurilmabdi. G‘aroyiblik aqlni shoshirardi, mangu barhayot 
insonlar yashaydigan shodu xurramlik shahrining bunday bo‘lishi aqlga sig‘masdi. 
Ko‘chalar bo‘ylab o‘tib borarkanman, oddiy kishilik hayotining bironta nishonasini ko‘rmadim. Na 
bolalarning shodon qichqirishlari, na kulgilar, na musiqa... Nainki ovoz, odam sharpasining o‘zi 
ko‘rinmasdi. Go‘yo mangu odamlar bu shaharni tashlab qaylargadir chiqib ketishganga o‘xshardi. 
Balki yer ostida qasrlar qurishgan va o‘sha yerda yashashayotgandir? Biroq yer usti turganida, yer 
ostida yashashning ne ma’nisi bor? Daraxtlarning yaproqlari oz edi, ba’zilarining shoxlariga gala-gala 
qop-qora chumchuqlar qo‘nib olishgan bo‘lib, ular na ovoz chiqarar, na don-dun terar, faqat 
sinchiklab boqishgancha, meni jimgina kuzatishar edi. 


Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman) 

Yüklə 211,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin