BO‘RONDAN O‘N BESH DAQIQA AVVAL
Professor Ziyo xabarlarning qolgan qismini o‘qishga ulgurmadi, uchuvchilar xonasining eshigi
ochilib, styuardessa qiz ko‘rindi, u jilmaygancha hammadan kamarlarni bog‘lashlarini iltimos qildi,
so‘ng esa havo yostiqchalaridan qanday foydalanish, halokat chog‘ida o‘zini qanday tutish haqida
tavsiyalar berdi.
Professor betoqatlanib, qizdan nima gapligini so‘radi.
– Bo‘ron yaqinlashib kelyapti, – deb javob berdi qiz. – Lekin uchuvchilarimiz mahoratli, ozgina
yoqimsiz chayqalishlardan boshqa hech qanday bezovtalik sezmaysiz, janob.
Professor unga jilmayib bosh irg‘adi-da, darchadan qaradi.
Uchoq ummondan o‘tib, materik hududiga kirgan edi. Pastda siyrak tuman bo‘lgani bois hech
nimani ko‘rib bo‘lmasdi. Uchoq kanotlaridagi qudratli motorlarning bir maromda ishlashi unga
Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman)
www.ziyouz.com kutubxonasi
41
ishonch baxsh etdi. Lekin, ufqda allaqanday tushunarsiz bulut paydo bo‘lgan, u nima sababdandir
qizg‘imtir-sarg‘ish tusda bo‘lib, boz ustiga, shitob bilan yoyilib bormoqda edi.
* * *
Havoning turli ta’sirlari natijasida efirda paydo bo‘layotgan shitirlashlar va shovqin aro to‘satdan
«Vahshiy» yana aloqaga chiqdi:
– «Fir’avn», men «Maxes». Nishonni ko‘ryapman.
– «Maxes», sizni tushundim. Nishon yo‘nalishini va tezligini bildiring.
– «Fir’avn», u janubiy yo‘nalishda harakatlanmoqda, masofa besh mil.
– «Maxes», maxsus tizimni yoqing.
– Tushunarli.
– «Maxes», nishonni kuzatyapsizmi?
– Ha, kuzatuvda.
– Tushunarli, rakurs ikki taqsim to‘rt!
– Sizni tushundim. Orqa tomondan yaqinlashmoqdamiz.
– Yonilg‘i miqdori?
– Uch tonna.
– Tushunarli, yo‘nalish o‘ngga ikki yuz yigirma! Nishongacha masofani bildiring.
– Masofa uch yarim mil.
Nishon – baland bo‘yli, yosh va zabardast, yalangoyoq bir yigit bo‘lib, u boshini eggancha
kunbotar tomonga ketib bormoqdaydi. Ketma-ket boshqa harbiy uchoqlar ham uni payqadilar, ular
ham o‘z markazlaridan shunday buyruq olganlariga shubha yo‘q edi – barcha tizimlarini jangovar
holatga keltirgancha tezliklarini oshirib, nishon ketib borayotgan joy sari yo‘naldilar.
Bu orada «Vahshiy» bilan radioaloqa davom etmoqda edi:
– «Maxes», men – «Fir’avn», nishonni ko‘ryapsizmi?
– Ko‘ryapman, mo‘ljalda tutib turibmiz.
– «Maxes», nishon yo‘nalishini bildiring.
– Nishon o‘sha yo‘nalishda harakatlanmoqda, kunbotarga ketib bormoqda.
– Ikki milgacha yaqinlashing.
– Tushunarli.
– «Maxes», men – «Fir’avn», o‘t ochishga hozirlik ko‘rilsin, tayyor turing.
– Tushunarli. Forsajga ruxsat bering.
– Forsaj faqat buyruq bilan!
– ... «Maxes», nishonni «ushlab» turibsizmi?
– «Nishonni tutgan holda» uchib boryapmiz.
– «Maxes», yonilg‘i miqdorini bildiring.
– Yonilg‘i – ikkiyu yetti.
– Sizni tushundim... Nishon yo‘q qilinsin!
– Takrorlang!
– «Maxes», nishon yo‘q qilinsin!
– «Fir’avn», unga yaqinroq borish kerak! Nishonni tutish tizimini o‘chirib, yaqinlashmoqdamiz.
– Zambaraklardan ketma-ket o‘t oching!
– Nishonni tutish tizimidan chiqdik, zambaraklardan ketma-ket o‘t ochamiz!
Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman)
Dostları ilə paylaş: |