O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
9.2-rasm. Marketingning unsuri –mahsulot va xizmatlar 
 
 
Maqsadli marketing 
mahsulot va xizmatlar
Mahsulot 
Joy 
Narx 
G’oya 
Brend 
Qadoqlash 
fizik, moddiy mahsulot, xizmat 
xususiyatlari, afzalliklari, sifat 
darajasi, aksessuarlar, o’rnatish, 
qo’llanmalar 
Brend turi: 
-yakka tartibdagi yoki oilaviy
-ishlab chiqaruvchi 
-diler
- himoyalanganlik 
- targ’ibot 
- original (asl, qadr- 
qimmatli) 


217 
Xaridorlarning sotib olish odatlariga asosan keng iste’mol tovar-
lari quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 
-Kundalik xarid tovarlari. Masalan, choy, tuz, tozalash vositalari, 
tamaki, sovun, gazeta va h.k. 
-Maxsus talab etiladigan tovarlar. Masalan, erkaklar kostyumi, 
avtomobillar, modadagi tovarlar. 
Sanoatda ishlatiladigan tovarlar. 
Ular ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishi va yangi qiymat 
yaratish darajasiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 
- materiallar va detallar; 
- kapital shaklidagi mulk (inshootlar, yordamchi dastgohlar); 
- yordamchi materiallar va xizmatlar. Ular tayyor mahsulotning 
asosini tashkil etmaydi, uning sifati, ko‘rinishi, xususiyatlarini oshiradi, 
mahsulotni tayyorlashga xizmat qiladi. Xarajat sifatida mahsulot 
tannarxiga qo‘shiladi. Masalan, yozuv qog‘ozi, moylovchi yog‘lar, tosh-
ko‘mir – yoqilg‘i sifatida, qalamlar, ip, podkladka materiallari va h.k. 
Tayyor mahsulot asosini xomashyo va yarim fabrikatlar, detallar 
tashkil etadi. Mahsulot ishlab chiqarish rejasi (programmasi) korxonani 
rivojlantirish rejasining yoki biznes rejaning eng muhim qismi hisob-
lanadi. Rejaning bu qismida ishlab chiqarishga mo‘ljallangan mahsulot 
hajmi uning turlari, navi va sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha korxona 
majburiyatlari ko‘rsatiladi. 
Mahsulot ishlab chiqarish rejasida natural ko‘rsatkichlar muhim 
o‘rin tutadi. Masalan, tonna, metr, kilobayt, soat, kubmetr kabi ko‘rsat-
kichlar. Ular yordamida har bir mahsulot turi bo‘yicha kimga qancha 
miqdorda mahsulot ishlab chiqarish mumkinligini, mahsulot birligi 
uchun ketadigan ish vaqti yoki energiya xarajatlari, mehnat sarf-xarajat-
lari (xomashyo, materiallar, yoqilg‘i) miqdorining me’yorini bilish 
mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari natural ko‘rsatkichlar yordamida 
korxonada xomashyo materiallarga ishchi-xizmatchilarga bo‘lgan 
talabni, mehnat haqi to‘lovlari miqdori, har birining mahsulot uchun 
mehnat haqi (bahosini) to‘lovini aniqlash, ishlab chiqarishdagi barcha 
bo‘g‘inlar (uchastkalar) o‘rtasida mutanosiblikni ta’minlash, ishlab 
chiqarishni tashkil etish shakllarini – (konsentratsiyalashtirish, ixtisos-
lashtirish, kooperativlashtirish, kombinatlashtirish) tanlash, xomashyo 
resurslari bilan ta’minlash, ularning zaxiralarini miqdorini aniqlash 
imkoniyati yaratiladi. Natural ko‘rsatkichlar korxona va tarmoqlarning 
o‘ziga xos tomonlarini, xususiyatlarini ham ifoda etadi. Ishlab 
chiqarishni rag‘batlantirishga yordam beradi. Bularning hammasi ishlab 
chiqarishni rejalashtirish jarayonida albatta hisobga olinishi zarur. Aks 


218 
holda ishlab chiqarish jarayonida yil davomida uzilishlar, turib qolishlar, 
natijada ish vaqti, dastgohlar unumdorligi, quvvatidan va boshqa resurs-
lardan foydalanish samarasiz bo‘lib chiqadi, unumsiz xarajatlar paydo 
bo‘ladi. Shuning uchun mahsulot miqdorini uning xususiyatlari va 
sifatini to‘g‘ri va to‘laroq ifoda etuvchi ko‘rsatkichlar to‘g‘ri tanlab 
olinishi lozim. Masalan, gazlamalarni pogon va metrlarda, gilamlarni – 
kv.m. va dona hisobida, g‘ishtni – donada ishlab chiqarish rejalashtirila-
di. 
Mashinasozlikda dastgohlar, mashinalar, uskunalarning iste’molga 
yaroqli xususiyatlarini to‘laroq ifoda etuvchi ko‘rsatkichlar ishlatiladi. 
Masalan, yigiruv mashinalari dona hisobidan tashqari ming yigiruv 
veretenda o‘lchanadi, o‘zgaruvchan tok generatorlari dona va ming 
kilovatt, elektrovozlar – dona va ming ot kuchi, akkumulyatorlar – dona 
va mln. amper soat, skreperlar – nafar va cho‘michining hajmi ming
kub m. hisobida o‘lchanadi. 
Qora va rangli metallurgiyada mahsulot sifatiga bozor tomonidan 
yuqori darajada talablar qo‘yilmoqda. Masalan, metall tarkibi sifatini 
yaxshilash, prokat va trubalarning tarkibida umuman metall hajmini, 
tonnadagi og‘irligini kamaytirib, ularning yuqori sifatdagilarini va 
tonnali bo‘lganlarini salmog‘ini oshirishga zaruriyat tug‘ilmoqda. 
Mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish va uni iste’molchiga yetkazib 
berish ular tarkibida shartli birlik o‘rniga oziqa moddalar mavjudligini 
hisobga olgan holda amalga oshiriladi, demak mahsulotning iste’mol 
qiymati, iste’molga yaroqlilik darajasi yuqori o‘ringa qo‘yiladi. 
Buyurtmachilar portfelini shakllantirishda ular talabiga ko‘ra mahsulot 
ishlab chiqarish natural o‘lchovlarda (reja tuzishda) mahsulot turi va 
navi (nomenklaturasi va assortimenti) tushunchalari muhim ahamiyatga 
ega bo‘ladi. 
Biz kundalik hayotimizda turli iste’mol ehtiyojlarimizni qondirish 
uchun turli tovarlar guruhlaridan ma’lum assortimentdagi tovarlarni 
tanlaymiz. Tovar iste’molchilar xohishiga qancha ko‘p mos kelsa, ishlab 
chiqaruvchi shuncha ko‘p muvaffaqiyatga erishadi. Gap shundaki, ishlab 
chiqaruvchilar iste’molchilarni izlab topishlari, ularning talablarini 
yuzaga chiqarishlari, keyin shu tovarni yaratishlari va sotishlari zarur. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin