226
Tovarning hayotiylik davri bosqichlarini to‘laroq tushuntirishga
harakat qilamiz.
Tadqiqotlar va tovarning yaratilishi bosqichi. Tovarning hayoti
uning mahsulot sifatida shakllanishidan ancha oldin – g‘oyalar,
ishlanmalar ko‘rinishida boshlanadi. Yuqorida
keltirilgan rasmda bu
bosqichga tartib raqami qo‘yilmagan, chunki hali tovarning o‘zi mavjud
emas. Bu bosqichda tadqiqotchilar marketing yordamida iste’molchining
mazkur mahsulotga muhtojligini, potensial iste’molchilar
kimlar
bo‘lishini va g‘oyani amalga oshirishda qanday bozorni mo‘ljallash
mumkinligini atroflicha o‘rganadilar. Korxona uchun tovarni yaratish-
ning mazkur bosqichi – bu faqat xarajat va kelajakda kutiladigan
daromadlardir. Bu yerda marketingning vazifasi potensial iste’mol-
chilarga yangi g‘oya asosida yaratilajak tovar
ular uchun qanday foyda
keltirishini tushuntirib berishdan iborat.
1. Bozorga kirish bosqichi. Bu bosqich tovarni tarqatish va uning
bozorga kelib tushishi bilan boshlanadi. Bu bosqichda
sotishning asta-
sekin o‘sishi kuzatilsada, tovarni tarqatish xarajatlari ko‘pligi tufayli
foyda hali hosil bo‘lmaydi. Bu yerda
marketingning maqsadi aniq, ya’ni
yangi tovar uchun bozorni yaratishdan iborat (ayniqsa, agar bu mutlaq
yangi tovar va unga ehtiyoj hali bozorda namoyon bo‘lmasa). Bu
bosqichda raqobatchilar deyarli yo‘q yoki ular juda kam sonni tashkil
etadi. Bu bosqichda deyarli shular novatorlar bo‘lganligi
uchun dastlab
reklama aynan iste’molchilarga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. Bu
bosqichda marketingning asosiy vazifasi birlamchi talabni tez
shakllantirish va potensial xaridorlarni haqiqiy xaridorlarga aylan-
tirishdan iborat.
Shuningdek, bu bosqichda sotishni rag‘batlantirish,
reklamani tashkil etish va tovarni taqsimlashning ishonchli kanallarini
shakllantirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: