O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Yetuklik (Voyaga yetish) bosqichi –



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Yetuklik (Voyaga yetish) bosqichi – ishlab chiqarish quvvatidan 
keragidan ortiq barqaror foydalanish va to‘la ko‘rib chiqilgan texno-
logiyalar ishlatilishi bilan bog‘liq. 
Yetuklik (Voyaga yetish) bosqichi xususiyatlari – katta partiyada 
ishlab chiqarish (to‘la quvvat), mukammal texnologiya, izlanish va 
rivojlantirish. 
Qilinishi kerak – assortiment (tur, modifikatsiya)ni ko‘paytirish, 
yangi bozor kashf qilish kerak (jumladan, eksport), xaridorlarni yanada 


228 
jalb qilish (yangicha reklama), yangi segmentlarni topish (iste’molchilar 
guruhi). 
4. Chiqish bosqichi. Qanday holat yuz bermasin, baribir ma’lum 
vaqtdan so‘ngra tovarning sotilishi pasaya boradi. Tovar sotilishining 
pasayishi ba’zan tezlik borsa, ba’zi hollarda sekinlik bilan bir tekis 
boradi. 
Pasayish bosqichi xususiyatlari - raqobatchilar ko‘p, xaridorlar 
tajribali, bozorni yangi mahsulotlar egallaydi, sotish kamayib, foyda 
qisqaradi. 
Qilinishi kerak – mahsulotni sekin-asta yangisi bilan almashtirish 
kerak. 
Tovar sotishning pasayib ketishi tovar ishlab chiqarish texnologiya-
sidagi yutuqlar, iste’molchilar talabining o‘zgarishi hamda mahalliy va 
xorijiy raqiblar tomonidan raqobat keskinlashuvining vujudga kelishi 
kabi sabablar bilan izohlanadi. Sotishning va foydaning kamayishi 
natijasida bir qancha firmalar va korxonalar bozordan chiqishga majbur 
bo‘ladilar. Qolganlari esa taklif etilayotgan tovarlar assortimentini 
qisqartirishga, samarasi yuqori bo‘lmagan savdo kanallari va bozorning 
kichik segmentlaridan voz kechishga, rag‘batlantirish uchun sarflanayot-
gan mablag‘larni kamaytirishga va narxni tushurishga majbur bo‘ladilar. 
Ba’zan tovar hayotiylik davrining chiqish bosqichida ham tovarni 
tiriltirish va uning hayotiylik davrini davom ettirishga harakat qilib 
ko‘rish mumkin. Buning uchun firmaning marketing xizmati reklamani 
faollashtirishi, narxni o‘zgartirishi, tovarlarning o‘rab-joylanishini 
takomillashtirishi, sotish tizimini qaytadan tashkil etishni, eng asosiysi 
esa yangi bozorlarga kirish va ularni o‘zlashtirish kabi ishlarni amalga 
oshirishi kerak bo‘ladi. Agar bu chora–tadbirlar ham ijobiy natija 
bermasa, u holda tovar ishlab chiqarishni to‘xtatishga o‘tish to‘g‘ri yo‘l 
hisoblanadi. Bunday holat yuz beradigan bo‘lsa iste’molchilar va sotish 
kanallari muayyan tovarni ishlab chiqarishning to‘xtatilish vaqti, kafolat 
majburiyatlariga rioya etilishi, kafolatlar tugagandan keyin ta’mirlashni 
amalga oshirish tartiblari, ishlab chiqarishdan olingan tovarning qancha 
vaqt davomida yordamchi qismlar bilan ta’minlashi haqida oldindan 
ogohlantirilishi maqsadga muvofiqdir. Bunday harakat firmaga bo‘lgan 
ishonch yo‘qolmasligiga va iste’molchilar firmaning yangi tovarlarini 
ijobiy qabul qilishlariga mustahkam zamin yaratadi. 
Firmanig samarali faoliyat ko‘rsatishida marketing taktikasini 
qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin bu marketing taktikasi 


229 
tovarning turli hayotiylik davri bosqichlarida o‘ziga xos xususiyatga ega 
bo‘ladi. Quyidagi 9.1-jadval ma’lumotlarida tovarning har xil hayotiylik 
davri fazasida firmaning marketing taktikasi qanday bo‘lishi bo‘yicha 
ma’lumotlar keltirilgan. 
9.1-jadval 
 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin