O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

 
 
 
 
9.3 -rasm. Tovarning sifati
 
Bozor tizimi iste’molchilar xohishini korxonalar va resurs yetkazib 
beruvchilarga topshiradi va ulardan qoniqarli javob olishni kutadi. 
Oddiy bozorda tovar ishlab chiqaruvchi korxonaning bozor va butun 
xo‘jalik siyosati bo‘yicha taqdirini belgilaydi. Shu sababli ham tovarni 
yaratish, ishlab chiqarish, takomillashtirish, sotish, sotilgandan keyingi 
xizmat ko‘rsatish, reklama tadbirlarini ishlab chiqish shubhasiz, tovar 
ishlab chiqaruvchining butun faoliyatida markaziy o‘rinni egallaydi. 
Mana shu kompleks tadbirlar tovar siyosati, deb ataladi. Aynan shu 
sababli ishlab chiqaruvchida iste’molga qaratilgan sifatli tovar bo‘lmasa, 
unda hech narsa yo‘q! – bu marketingning qat’iy qoidasi hisoblanadi. 
Tovarning sifati



224 
9.4.-rasm.Tovar siyosati 
 
9.2. Tovarlarning “hayotiylik davri” va ularning asosiy bo‘ginlari 
 
Tovarning hayotiylik davri – tovarning bozorda paydo bo‘lgan 
davridan boshlab, to uning sotilmay qolishigacha bo‘lgan vaqt 
oralig‘idir. Tovarning hayotiylik davri konsepsiyasi har qanday tovar 
qanchalik darajada mukammal bo‘lmasin, bu tovar bozordan ertami-
kechmi undan ham mukammalroq tovar tomonidan siqib chiqarilishiga 
asoslanadi. Amaliy faoliyatda tovarning hayotiylik davri diapazoni 
Tovarning foydaliligini saqlash xususiyati 
Maqsadga muvofiqligi 
Tovarga tegishliligi 
Markaga tegishliligi (imij) 
Xaridorga tegishliligi 
Transportabellik 
Omborda saqlash xususiyati 
Tovar shaklini chiroyliligi uchun 
Keyinchalik ishlatish uchun 
Foydaliligini oshirish uchun 
Reklama funksiyasi 
O‘rash, qadog‘i 


225 
ancha keng bo‘lib, u bir kunlik tovardan bozorda o‘z o‘rnini uzoq vaqt 
davomida saqlab qoluvchi tovargacha bo‘lishi mumkin. 
Tovarning hayotiylik davrini tariflashda 2 xil nuqtayi nazar mavjud: 
1. Menejmentda – tovarni ishlab chiqarishdan to uning iste’moli-
gacha bo‘lgan davr tushuniladi. Tasavvur (g‘oya-idea), dizayn (sinov), 
ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish. 
2. Marketingda tovar o‘z xaridorini topa olishi mumkin bo‘lgan 
o‘zining ma’lum hayotiylik davri tushuniladi. 
Tovarning hayotilik davrini boshqarish tizimi korxonalar uchun 
hozirgi global bozorlardagi kuchli raqobat ichida tirik qolish uchun 
yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishga intilishga undaydi. Har bir 
korxona o‘z mijozlari va mol yetkazib beruvchi hamkorlariga oid 
ma’lumotlarni, ular bilan aloqa va munosabatlarni boshqara olishi kerak. 
Menejment – tovarning hayotiylik davrini boshqaradi, bozorga kirish 
vaqtini kamaytiradi, mahsulot sifatini oshiradi, boshlang‘ich mahsulot 
chiqarish tannarxini kamaytiradi, oldindan o‘z xaridorini topadi
mahsulot shaklini yaxshilashga yordam beradi, isrofgarchilikni 
kamaytiradi. 
Tovarning hayotiylik davri konsepsiyasi ilk bor amerikalik 
marketolog T.Levitt tomonidan 1965–yilda tariflangan edi. Ushbu 
nazariyaning mohiyati shundan iboratki, tovar o‘ziga xos tirik organizm 
kabi hayotiylik davrini o‘taydi. Ma’lumki, tirik organizm rivojlanish, 
keyin tug‘ilish, so‘ngra yetuklik, qarilik bosqichlarini o‘tib, o‘z yashash 
davrini o‘lim bilan tugatadi. Shunga o‘xshash tovar hayotiylik davri 
jarayonida ishlab chiqarish, bozorga chiqish, o‘sish, yetuklik va chiqish 
kabi bosqichlarni o‘taydi.Tovarning tipik hayotiylik davrini 9.5 - rasmda 
ko‘rsatilgan egri chiziqlar bilan tasvirlash mumkin. 
Tovarning hayotiylik davri bosqichlari quyidagicha: 
1.Kirish. 2.O‘sish. 3.Voyaga yetish. 4.Pasayish. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin