218
holda ishlab chiqarish jarayonida yil davomida uzilishlar, turib qolishlar,
natijada ish vaqti, dastgohlar unumdorligi, quvvatidan va boshqa resurs-
lardan foydalanish samarasiz bo‘lib chiqadi, unumsiz xarajatlar paydo
bo‘ladi. Shuning uchun mahsulot miqdorini uning xususiyatlari va
sifatini to‘g‘ri va to‘laroq ifoda etuvchi ko‘rsatkichlar to‘g‘ri tanlab
olinishi lozim. Masalan, gazlamalarni pogon va metrlarda, gilamlarni –
kv.m. va dona hisobida, g‘ishtni – donada ishlab chiqarish rejalashtirila-
di.
Mashinasozlikda dastgohlar, mashinalar, uskunalarning iste’molga
yaroqli xususiyatlarini to‘laroq ifoda etuvchi ko‘rsatkichlar ishlatiladi.
Masalan, yigiruv mashinalari dona hisobidan tashqari ming yigiruv
veretenda o‘lchanadi, o‘zgaruvchan tok generatorlari dona va ming
kilovatt, elektrovozlar – dona va ming ot kuchi, akkumulyatorlar – dona
va mln. amper soat, skreperlar – nafar va cho‘michining hajmi ming
kub m. hisobida o‘lchanadi.
Qora va rangli metallurgiyada mahsulot sifatiga bozor tomonidan
yuqori darajada talablar qo‘yilmoqda. Masalan, metall tarkibi sifatini
yaxshilash, prokat va trubalarning tarkibida umuman metall hajmini,
tonnadagi og‘irligini kamaytirib, ularning yuqori sifatdagilarini va
tonnali bo‘lganlarini salmog‘ini oshirishga zaruriyat tug‘ilmoqda.
Mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish va uni iste’molchiga yetkazib
berish ular tarkibida shartli birlik o‘rniga oziqa moddalar mavjudligini
hisobga olgan holda amalga oshiriladi, demak mahsulotning iste’mol
qiymati, iste’molga yaroqlilik darajasi yuqori o‘ringa qo‘yiladi.
Buyurtmachilar portfelini shakllantirishda ular talabiga ko‘ra mahsulot
ishlab chiqarish natural o‘lchovlarda (reja tuzishda) mahsulot turi va
navi (nomenklaturasi va assortimenti) tushunchalari muhim ahamiyatga
ega bo‘ladi.
Biz kundalik hayotimizda turli iste’mol ehtiyojlarimizni qondirish
uchun turli tovarlar guruhlaridan ma’lum assortimentdagi tovarlarni
tanlaymiz. Tovar iste’molchilar xohishiga qancha ko‘p mos kelsa, ishlab
chiqaruvchi shuncha ko‘p muvaffaqiyatga erishadi. Gap shundaki, ishlab
chiqaruvchilar iste’molchilarni izlab topishlari, ularning talablarini
yuzaga chiqarishlari, keyin shu tovarni yaratishlari va sotishlari zarur.
Dostları ilə paylaş: