O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Xariddan keyingi reaksiya. Tovar sotib olgach, iste’molchi 
qoniqish yoki qoniqmaslik tuyg‘usini his qiladi. Xaridor tovarni sotib 
olgan paytdan ishlab chiqaruvchining ishi tugamaydi: u sotishdan 
keyingi paytda ham davom etadi. Marketolog iste’molchining qilgan 
xarididan qoniqqanlik darajasini, uning tovar sotib olingandan keyingi 
reaksiyasini va mahsulotning keyingi taqdirini o‘rganishi kerak. 


207 
Xariddan qoniqish. Iste’molchining xarididan qoniqqan yoki 
qoniqmaganini qanday aniqlash mumkin? Xariddan qoniqish 
iste’molchining kutgani va tovar xarakteristikasining real tarzda mos 
kelishi sifatida belgilanadi. Agar xarid dastlabki kutilganiga mos 
kelmasa, foydalanuvchi uni yoqtirmaydi, agar xaridorning ishonchi 
oqlansa, u qoniqish his qiladi. Agar tovarga berilgan xarakteristika 
iste’molchining kutganidan ham yaxshi (yuqori darajada) chiqsa, unda 
iste’molchi qoyil qolish tuyg‘usini his qiladi. Xaridorning takror xarid 
haqidagi qarori va uning do‘stlari va tanishlariga ushbu tovarni maqtab, 
sotib olishi, unga undashi ushbu tovardan qanoatlanganlik darajasidan 
kelib chiqadi. 
Iste’molchining kutishi sotuvchi va do‘stlaridan olgan ma’lumotlari 
asosida shakllanadi. Kutilgani va tovar xarakteristikasi orasidagi mos 
kelmaslik qancha ko‘p bo‘lsa, iste’molchining noroziligi shuncha kuchli 
bo‘ladi. Xaridor xarid qilgan narsasidan qoniqishi uchun ishlab 
chiqaruvchining reklamasi tovarning real xarakteristikasini ishonchli aks 
ettirmog‘i zarur. Ayrim sotuvchilar iste’molchi xarididan kafolatli 
qoniqish hosil qilishi uchun qandaydir darajada ularni pasaytiradilar 
ham. 
Xariddan keyingi harakatlar. Iste’molchining qoniqqani yoki 
yoqtirmaganini uning keyingi harakatlari belgilaydi. Agar u xarididan 
qanoatlansa, ko‘p hollarda uning ishonchini oqlagan tovardan yana sotib 
oladi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, Toyota kompaniyasi avtomo-
billarini sotib oluvchilarning 75 % o‘z xaridlaridan ko‘ngli to‘lgan va 
ma’lum vaqtdan keyin yana shu kompaniyaning yangi markadagi 
avtomobillarini sotib olmoqchi bo‘lishgan. «Chevrolet» avtomobilini 
sotib olganlarning 35% xaridlaridan juda ham qanoatlanishgan va bu 
markaga sodiq qolishlarini aytishgan. Bu borada ishlab chiqaruvchilar 
«Qanoatlangan xaridor- bizning eng yaxshi reklamamizdir» - deyishadi. 
Xarididan qoniqmagan iste’molchi tovardan foydalanishdan bosh 
tortishi, uni do‘konga qaytarib berishi yoki markaning qiymatini 
tasdiqlaydigan ma’lumotlarni qidira boshlashi mumkin. Balki u ishlab 
chiqaruvchi kompaniya nomiga reklamasini yuborar yoki “huquqim 
buzildi”, deb hisoblasa, yuristdan maslahat olishi yoki boshqa 
muassasalarga murojaat qilishi ham mumkin. Oxir – oqibat u kelgusida 
ushbu markadan sotib olishdan bosh tortadi va uning salbiy 
tomonlaridan do‘stlari, tanishlarini ham xabardor qiladi. 


208 
Ishlab chiqaruvchilar iste’molchining xaridi borasida yuzaga 
keladigan salbiy oqibatlarini minimumga keltirishlari zarur bo‘ladi. 
Keyingi vaqtlarda ishlab chiqaruvchilar sotuvdan keyingi kommuni-
katsiyalar amaliyotini kengaytirish oqibatida iste’molchilar tomonidan 
xaridlarini do‘konga qaytarishlari va buyurtmalarini bekor qilish 
holatlari qisqardi. Jumladan, kompyuter kompaniyalari quyidagi 
imkoniyatlarga ega: 
- Yangi xaridorga ajoyib xaridlari bilan tabriklab, xat yuborish; 
- Foydalanuvchilarning o‘z mahsulotlarini maqtagan reklamalarni 
chiqarish; ShKni mukammallashtirish maqsadida takliflar olish uchun 
iste’molchilar bilan so‘rovlar o‘tkazish; 
- har qanday xaridor uchun tushunarli bo‘lgan foydalanuvchilar 
uchun ko‘rsatmalar tuzish; 
- ShK egalariga kompyuter texnikasi sohasidagi yangiliklar 
yoritilgan maqolalari bo‘lgan maxsus ixtisoslashgan jurnallar yuborish; 
- Foydalanuvchilarning shikoyatlari aniq ko‘lamiga qaratilgan 
bo‘lsa, yo‘naltirish tizimini yo‘lga qo‘yish. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin