O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Muammolarni anglab yetish – Xarid jarayoni xaridor tomonidan 
muammolarni yoki ehtiyojni anglab yetishdan, ya’ni ularning hozirgi va 
xohlanayotgan ahvollari orasidagi farqni his qilgandan boshlanadi. 
Uning ehtiyoji tashqi yoki ichki qo‘zg‘atuvchi tomonidan chaqirilgan 
bo‘lishi mumkin: birlamchi ehtiyoj (ochlik, tashnalik va boshqa 
ehtiyojlar) o‘zining oxirgi bosqichiga yetgan va niyatga aylangan 
bo‘ladi. Ehtiyoj tashqi qo‘zg‘atuvchining tashabbusi ham bo‘lishi 
mumkin. Non do‘koni yonidan o‘tib ketayotgan ayol yangi yopilgan 
nonning xushbo‘y hidini his qiladi va unda ochlik hissi uyg‘onadi. U 
qo‘shnisining yangi mashinasiga qoyil qoladi. Unga Gavayyada dam 
olish haqidagi reklama roligi yoqadi va boshqalar. 
Marketologlar insonning u yoki bu ehtiyoji qanday holatda yuzaga 
chiqishni aniqlashlari kerak. Iste’molchilardan axborot olib, ishlab 
chiqaruvchilar ma’lum tovar kategoriyasiga qiziqish uyg‘otadigan eng 
ko‘p uchraydigan qo‘zg‘atuvchilarni aniqlashlari mumkin. Ushbu ma’lu-
motlarga asoslanib, ular iste’molchilarda ma’lum tovarlarga nisbatan 
qiziqish uyg‘otadigan marketing strategiyani ishlab chiqadilar. 
Ko‘pincha mahsulotlarga qiziquvchi iste’molchi tovar haqida 
qo‘shimcha ma’lumot qidira boshlaydi. Bunda qidirishning ikki darajasi 
farqlanadi: 
1. Nisbatan sust izlovchi iste’molchilarning qidiruv kuchlarining 
tovarga e’tiborini ortishi. Bu bosqichda iste’molchi o‘zini qiziqtirgan 
mahsulotlarga nisbatan ancha ta’sirchan bo‘lib qoladi. 
2.Yanada jadalroq izlovchi iste’molchilarning axborotlarni faol 
qidirishi, deb nomlanadi. Iste’molchi atayin mos keluvchi reklamalarni 
qidiradi, do‘stlariga qo‘ng‘iroq qiladi, tovar haqida iloji boricha ko‘proq 
narsa bilish uchun do‘konlarga kiradi. Marketologlar uchun iste’mol-
chilarning asosiy axborot manbayidan xabardorlik va xarid haqida qaror 
qabul qilishi davomida ularning har biriga alohida ta’sir eta bilish ulkan 
ahamiyatga ega. Iste’molchilarning axborot manbalari to‘rt guruhga 
bo‘linadi: 
1. Shaxsiy manbalar: oilasi, do‘stlari, qo‘shnilar, tanishlar. 
2.Tijorat manbalari: reklama, savdo vakillari, dillerlar, o‘ramlar, 
ko‘rgazmalar. 
3. Jamoatchilik manbalari: ommaviy axborot vositalari, iste’mol-
chilar klassifikatsiyalarini (tasnifini) o‘rganuvchi tashkilotlar. 


203 
4. Shaxsiy tajriba: tanishuv, ko‘rib chiqish, tovardan foydalanish. 
Axborot manbalarining soni va ularning iste’molchilarga ta’siri 
tovarning kategoriyasiga va insonning individual o‘ziga xosligiga 
bog‘liq. Umuman tovar haqidagi ma’lumotlarning katta qismini ishlab 
chiqaruvchi foydalangan tijorat manbalaridan olamiz, biroq eng samarali 
axborot iste’molchining shaxsiy manbalaridan kelib tushadiganlari 
hisoblanadi. Har bir manba individning xarid haqidagi qaroriga o‘zicha 
ta’sir ko‘rsatadi. Tijorat manbalari axborotlarni faqat tashiydi, shaxsiy 
manbalar esa olingan bilimlarni mustahkamlaydi yoki ularga baho 
berishga imkon beradi. Misol uchun, shifokor yangi dorilar haqida 
tijorat manbalaridan biladi, biroq uning narxi borasida u hamkasblariga 
murojaat qiladi. 
Ishonchli axborotlarni yig‘a borib, iste’molchi tovarning markasi va 
ularning xossalari haqida yangi ma’lumotlarni bilib oladi. Tabiiyki,
kompaniya xabardorlik yig‘malarida markalar ishtirokini ta’minlashi 
mumkin bo‘lgan marketing strategiyasini ishlab chiqishi, maqsadli 
iste’molchilarni ko‘rib chiqishi va tanlashi lozim. Bundan tashqari ishlab 
chiqaruvchi yana qaysi markalar iste’molchilarning tanlov yig‘malariga 
kirishini aniqlash iste’molchilarning axborot manbalarini belgilab, 
ularning nisbiy qimmatligini o‘rganishi kerak, shuningdek, iste’molchi-
lar so‘rovnomasini o‘tkazish va ular marka haqida birinchi marta 
ma’lumotlarga egaligi va turli xil axborot manbalarini qanday baho-
lashini aniqlashi zarur. Savollarga javoblar kompaniyalarga maqsadli 
bozor bilan samarali kommunikatsiyalarni saqlab turishga yordam 
beradi. 
Markalarning
Xabardorlik 
Ko‘rib 
Tanlash Qaror 
to‘liq yig‘masi 
yig‘masi
chiqish yig‘masi yig‘masi 
8.4- rasm. Xarid haqida qaror qabul qilish jarayonida amal qiluvchi markalar 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin