274
19600 so‘m, bu yerdagi 400 so‘m farq esa xaridor tomonidan sezilmas-
ligi ham mumkin. Demak, bundan shunday xulosa qilish mumkinki,
narxdagi farqlar absolyut holda qabul qilinmaydi. Bu yerda narx
«ostonalari» ahamiyatga ega bo‘lib, masalan, bir qator kichik narx
ko‘tarilishlari birdaniga katta narx ko‘tarilishiga qaraganda iste’molchi
tomonidan yengilroq qabul qilinadi.
Chakana savdoda yaxlit narxlardan ko‘ra «siniq» narxlar ko‘proq
qo‘llanadi. (6000 so‘m o‘rniga 5,899 so‘m xaridor tomonidani yaxshiroq
qabul qilinadi).
Narx xavfsizligi tushunchasi xaridor haqiqatdan ham taklif
qilinayotgan narx u uchun manfatli ekanligiga ishonch hosil qilinishini
bildiradi. Narx xavfsizligini oshirishning 2 yo‘li bor.
1. Tovar sifatini turli tadbirlar orqali iste’molchiga talqin qilish,
yetkazish, sifatini kafolatlash, iste’molchiga tovar sifati yoqmasa
qaytarib olish shartini taklif etish kabilar iste’molchiga tovar sifatiga
ishonchni orttiradi va narx xavfsizligini bildiradi.
2. Narx xavsizligi reklama orqali ite’molchiga yetkazilishi uning
narxi tovar naflilik darajasiga mos kelishini bildirishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: