O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Yuqori narxlar strategiyasi. Bu strategiya tovar narxini sotib 
oluvchilar idrok qiladigan qiymatiga nisbatan yuqoriroq narx qo‘yishni 
ko‘zda tutadi. Narx aslidagidan yuqori, sotuvchilar loyiq ko‘rgan narx 
qo‘yiladi. Biroq sotuvchi sotib oluvchilarning bu tovarga ega bo‘lib, o‘z 
istaklarini qondirish uchun ana shunday narxga ham rozi bo‘ladigan 
segmentlari mavjudligini bildiradi. 
Yuqori narx strategiyasi yangi, yuqori sifatli, patent bilan 
himoyalangan, ishlab chiqish uchun yuqori sarf va bozorga olib chiqish 
uchun vaqtga ko‘ra uzoq xarajat talab qiluvchi tovarlarga nisbatan 
qo‘llanadi. Yuqorida sanab o‘tilgan parametrlar, shuningdek, cheklan-
gan resurslarni nazorat qilish va korxonaning imiji korxonani potensial 
raqobatchilar tomonidan keladigan xavfdan himoya qiladi, unga uzoq 
vaqt mobaynida talab narxi bo‘yicha nisbatan noelastik bo‘lgan 
xaridorlardan “ishlab olish”ga imkon beradi. “Mukofotli”, deb ham 
ataluvchi bu narx strategiyasi eng yuqori sifatli mahsulotlarga tegishli va 
uzoq vaqt davomida yuqori darajali narxlar belgilanishini ko‘zda tutadi. 
Yuqori narxlar strategiyasiga “qaymog‘ini olish” strategiyasi ham 
kiradi. U yangi tovarni bozorga kiritish bosqichida o‘rnatiladi. Bu 
strategiyaning maqsadi, bu tovar katta boylik va daromadga ega bo‘lgan 
xaridorlarning kattaroq qismidan ko‘proq “ishlab qolish”. “Qaymog‘ini 
olish” strategiyasi korxona ushbu tovarni, unga birinchilardan bo‘lib ega 
bo‘lish uchun katta narxda sotib olishga tayyor xaridorlar doirasi 
mavjudligiga ishongandagina qo‘llanishi mumkin. Bozorning bu 
segmenti to‘yingach, korxona xaridorlarning yangi guruhini – talabi 
avvalgi xaridorlar segmentiga nisbatan narx bo‘yicha ancha elastik 
bo‘lganlarni jalb etish uchun narxni asta-sekin pasaytira boradi. Narxni 
pasaytirish hamma imkoniyatlar qo‘llanib bo‘lingan bo‘lsa yoki narxni 
keyingi pasaytirishlar naf keltirmasligi ayon bo‘lgunga qadar amalga 
oshiriladi. 
Yuqori narxlar strategiyasi, shuningdek, ushbu yangi tovarni 
ommaviy ravishda o‘tkazishdan uzoq muddat istiqbolga ega bo‘la 
olmaydigan korxonalar tomonidan ham (masalan, yetarlicha ishlab 
chiqarish quvvati yo‘qligi sababli) qo‘llaniladi. Bunday korxonalar 
yuqori narxdan ushbu tovarni tadqiq etish va ishlab chiqarish bilan 
bog‘liq xarajatlarni tezroq qoplash va yangi, boshqa ishlanmalar uchun 


280 
mablag‘ olish maqsadidagina foydalanadilar. Ular o‘z tovarlari uchun 
“birinchisini – bozorga” degan obro‘ yaratadilar va bir qancha vaqtdan 
keyin o‘z xaridorlarini katta ishlab chiqarish va sotish quvvatiga ega 
boshqa firmalarga “beradilar”. 
Yuqori narx strategiyasi korxonalar tomonidan ko‘pincha o‘z 
tovarlarini, uning bahosini sinovdan o‘tkazish (tekshiruv, sinovlardan 
o‘tkazib, ma’qullatish), narxini asta-sekin maqbul darajaga keltirish 
uchun qo‘llaniladi. Agar yuqori narxlar savdoning o‘ta past hajmiga, 
foydaga sabab bo‘lsa, korxona tanlov asosida narxni to savdo natijalari 
uning istagiga javob beradigan darajaga yetguncha pasaytiradi. 
Yuqori narxlar davrida firma: bozorning yangi segmentlarini 
aniqlash (dastlab yuqori narx strategiyasi narxga nisbatan sezuvchan 
bo‘lmagan segmentlarda o‘tkaziladi), talab, ishlab chiqarish xarajatlari 
haqida axborotlar olish, o‘xshash mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar 
tomonidan narxga nisbatan javob reaksiyasini kechiktirish, mahsulotni 
sifatli mukammallashtirish, yangi mahsulot tadqiqotlari va ishlanmalari 
bilan bog‘liq xarajatlarni avval qoplash kabi imkoniyatlarga ega bo‘ladi. 
Yuqori narx strategiyasi firmaga, agar hisob-kitoblarda xatoga yo‘l 
qo‘yilgan bo‘lsa, narxni pasaytirishga imkon berishi mumkin. Tovar 
narxini pasaytirish uni oshirishdan oson. 
Yuqori narx strategiyasi quyidagi hollarda yuqori natija beradi: 
− yuqori narx tovarning yuqori sifat tarzini saqlaydi; 
− narxga nisbatan e’tiborsiz bo‘lgan ko‘p sonli xaridorlar 
tomonidan joriy talabga yuqori barqaror daraja kuzatiladi. Bunday 
hollarda katta miqdordagi mahsulotlarni sotishdan tushgan tushumlar 
yo‘qolishi kam sonli mahsulotlarni dastlabki yuqori narxlarda 
sotilganiga nisbatan uncha sezilarli bo‘lmaydi; 
− yuqori va me’yordagi narxlar orasidagi farq uncha katta emas, 
chunki bunday hollarda bozorga raqobatchilar «yorib kirishi»ga sharoit 
yaratilmaydi; 
− raqobat chegaralangan; 
− tovarning uncha katta bo‘lmagan hajmi chiqarilganda mahsulot 
birligiga ishlab chiqarish va sotish xarajatlari darajasi ishlab chiqarish 
quvvati to‘liq ta’minlanib ishlaganda qilinadigan xarajat darajasidan 
unchalik oshmaydi; 
− bozorga kirish uchun anchagina to‘siqlar mavjud (patentlar, 
tovarlar ishlab chiqish bo‘yicha xarajatlarning yuqori darajasi, 


281 
mahsulotlarni bozorga yo‘llash bo‘yicha vaqtiga ko‘ra katta va davomli 
xarajatlar va boshqalar). 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin