O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

 
10.4. Narx strategiyalari 
Taktik – operativ vositalarni qo‘llashni muvofiqlashtirish va uning 
bozorda harakatlanishini iloji boricha oshirish uchun korxonaning 
strategik maqsadlariga amal qilish kerak. Shuning uchun narx siyosati 
strategik asosga ehtiyoj sezadi. 
Narx belgilashda turli strategiyalardan foydalanish mumkin: 
1. Xarajatlarga asoslangan strategiya. Bunda tovar narxini belgilash 
uchun ishlab chiqarish xarajatlari, muomala sarflari va qo‘shimcha 
xarajatlarga mo‘ljallangan foyda qo‘shiladi.
2. Talabga asoslangan strategiya. Bunda iste’molchilar xohish va 
istaklari tahlil qilinib, unga mos narx belgilanadi.
3. Raqobatga asoslangan strategiya. Bunda raqibning tovaridan o‘z 
tovarining afzallik tomonlari, servis va raqobat muhiti e’tiborga olinib, 
tovarga yuqori yoki past narx belgilash mumkin. 
Narx belgilash strategiyasini ishlab chiqishning besh bosqichi 
mavjud: 
- narx belgilash maqsadlarini shakllantirish; 
- narx belgilashning umumiy siyosati; 
- narx belgilash strategiyasining o‘zi; 
- narx belgilash strategiyasini amalga oshirish; 
- narxlarni moslashtirish. 
Shunday qilib, narx siyosatini kiritish, narx belgilash strategiyasini 
ishlab chiqish va ularni amalda qo‘llash uchun bozordagi vaziyatni 
yaxshi o‘rganish, mas’ul shaxslarning saviyasi va oldindan ko‘ra bilish 
qobiliyati muhim rol o‘ynaydi. 
Korxonada, har bir aniq holatlarda eng yaxshi tarzda ishlab 
chiqarish va bozor sharoitlarining o‘ziga xosligiga mos keluvchi va shu 
tufayli narxga oid siyosatning yuqori samaradorligini ta’minlovchi 


277 
“Narx” konsepsiyasini ishlab chiqish uchun foydalanilishi mumkin 
bo‘lgan savdo imkoniyatlari mavjud bo‘ladi. 
Strategiyalar prinsipial va uzoq muddatli xarakterga ega. Shuning 
uchun narx strategiyalari, uning vositasida narx aksiyalari uzoq muddatli 
narxga doir muvaffaqiyatga yo‘nalishi mumkin bo‘lgan “Maqsad” 
narxga oid strategik konsepsiyaga ega. Strategik qiymatlar quyidagilarga 
ega: narxga oid axloq (narx axloqi), (ya’ni halol narxga oid muomala 
prinsipi), narxni hal qilishning vaqtinchalik gorizontlari (qisqa yoki uzoq 
muddatli narxga oid maqsadlar ustuvorligi), turli xil manfaat – qiziqish-
larni e’tiborga olish (masalan, sotib oluvchilar (xaridorlar) yoki 
aksionerlar qiziqishlari (manfaatlari) ustuvorligi. Buning ustiga narx 
qo‘yish qarorlaridagi katta noaniqliklar riskka chidash ahamiyatiga ega. 
Masalan, raqobatchilar bilan narx urushi o‘tkaza borib, korxonaning 
o‘sishiga erishish mumkinligini prinsipial jihatdan aniqlash kerak. 
Narxga oid strategiyalarni loyihalash uchun oqilona dastlabki punkt 
— strategik uchburchak: korxonalar – xaridorlar – raqobatchilar 
hisoblanadi. Korxonalar bu uchburchakda xaridorlar va raqobatchilar 
bilan mustahkam aloqada bo‘ladilar, binobarin, bu aloqa mahsulot 
qiymati va so‘raladigan narx bilan bog‘liq bo‘ladi. Iste’molchilar 
foydasi – bir tomondan, o‘zida takliflar natijaviyligi orasidagi farqni, 
boshqa tomondan, to‘lanadigan narx farqini aks ettiradigan miqdordir. 
“Iste’molchilar foydasi” konsepsiyasida gap “narx-sifat” nisbatiga teng 
bo‘lmagan “narx-natijaviylik” nisbati haqida ketmoqda. Taklifning 
natijaviyligi birinchi navbatda, mahsulot va assortiment (tur)lar 
natijaviyligi bilan belgilanadi. Narx natijaviyligi narxning tiniqligi 
ochiq-ravshanligi, narx xavfsizligi, narxning qadr-qiymati, shuningdek, 
narx hissiyotlari, masalan, narxdan faxrlanish, narx nufuzi, narx 
qo‘zg‘atuvchanligining yo‘qligi kabilar bilan belgilanadi. Ular noyob 
narx takliflarini ishlab chiqish uchun foydalanilishi mumkin. Ular 
ko‘pincha ma’lum servis ishlari bilan bog‘liq, masalan, narxga oid 
yaxshi maslahat, narxning aniq, tushunarli markirovkasi (ifodalanishi), 
qulay ta’mirlashga xizmat ko‘rsatish. 
“Iste’molchilar foydasi”ning tanlangan konsepsiyasida 
muvaffaqiyat uchun hal qiluvchi iste’molchilarga korxona tomonidan bu 
foyda haqida axborot berilganligidir. Konsepsiyaning keyingi 
muvaffaqiyatlari belgisi uning korxonaning ma’lum salohiyatini ko‘zda 
tutuvchi originalligidir. “Iste’molchilar foydasi” konsepsiyasi qanchalik 
innovatsion va takrorlanmas bo‘lsa, u e’tiborni shunchalik ko‘p jalb 


278 
qiladi va pozitiv imijga erishish shunchalik oson bo‘ladi. Iste’molchilar 
foydasi konsepsiyasi hamma iste’molchilik istaklarini bir vaqtda hisobga 
ololmaganligi bois u ko‘pchilik hollarda xaridorlarni segmentlashni 
qamrab oladi (narxga oid segmentlash). 
Raqobatchilar bilan raqobat agar “narx-natijaviylik” foydasi 
raqobatchilar ega bo‘lmagan va korxonani noyob narxga oid taklif bilan 
ta’minlaydigan strategik muvaffaqiyatli potensialda to‘xtagan bo‘lsa, 
uzoq vaqt chidashi mumkin. Bunga masalan, qulay narx imiji yoki 
yuqori narxga oid ishonch kiradi. Bunday foyda “Narx-natijaviylik”ni 
narxga nisbatan qanchalik tajovuzkor yoki osoyishta bo‘lishiga qarab 
korxona ham narxlarga nisbatan o‘zini shunday tutadi. Bularning 
hammasi “Raqobat” strategiyasida umumlashadi. Bu konsepsiya 
raqobatchilarga nisbatan o‘ziga xos narxga oid pozitsiyalanishni, 
ularning narx o‘zgarishiga reaksiyasini (narx bo‘yicha yetakchilik), 
narxga oid raqobatchilikda strategik hujum va himoyani tasvirlaydi. 
Narxga oid strategiyalar yaxlit konsepsiyalar hisoblanadi, shuning 
uchun optimal “Mix”ga qanday qaralsa, hamma ehtimoliy vositalarning 
(“Narx” konsepsiyasi) sinergetik o‘zaro aloqalariga ham shunday e’tibor 
qaratilmog‘i zarur. “Narx” strategik konsepsiyasining strukturasi taktik-
operativ aksiyalar va ularning “Iste’molchilar foydasi”, “Raqobat” 
narxga oid strategik konsepsiyani, shuningdek, strategik maqsadlar 
tizimini o‘zida aks ettiradi. Buning oqibatida nafaqat iqtisodiy samaralar 
va ta’sif kuchayadi, shuningdek, raqobatda mahsulot (korxona)ni 
namoyish qilish ham yaxshilanadi.
Bayon qilingan narx strategiyalarida gap hamisha strategik 
jihatlarga ega bo‘luvchi taktik-operativ aksiyalarning prinsipial 
yo‘nalishlari haqida ketmoqda. Masalan, narxni belgilashda taklif qilina-
yotgan mahsulotni “narx-natijaviylik” raqobat maydonida prinsipial 
namoyish qilish, narxlarni differensiyalashda esa – narx defferensiat-
siyasining kengligi va chuqurligi, narxlar o‘zgarganda – o‘zgarish 
variantlari (uzoq muddatli past narx yoki narx aksiyasi), narx liniyalari 
siyosatida – narxning mavjud va potensial unumdorlik (mahsulot) 
dasturi haqidagi masalalar hal qilinmog‘i lozim. Qarorlarning hammasi 
strategik xarakterga ega. 
Narx strategiyalari – bu korxona tomonidan narx belgilashga 
nisbatan qo‘yilgan maqsadga erishish uchun takliflar chizig‘i. 


279 
Narx strategiyalari bu turli xil, ko‘plab ehtimoliy bozor va ishlab 
chiqarish vaziyatlarida ishlayotgan korxonalar tovar va uning narxi 
yordamida erishmoqchi bo‘lgan maqsadlar bilan izohlanadi. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin