PEDAGOGS international research journal www.pedagoglar.uz
Volume-5, Issue-1, March-2022 403 Bu jarayonda qo’llaniladigan ish metod va usullarini analiz, sintez,
taqqoslash, umumlashtirish, konkretlllashtirish kabi aqliy operasiyalardan
foydalanish:
Bolalarning individual va psixik xususiyatlarini hisobga olgan holda nutq
o’stirishga qaratilgan maxsus usullardan foydalanish va ularni hayotga
moslashtirish:
Hozirgi kunda nutq buzulishlari keng uchramoqda ulardan biri dislaliya.
Dislaliya termini grekcha so’zdan olingan bo’lib, dis- buzilishi, lalia- nutq degan
ma’noni anglatadi.
Dislaliya nutq buzilishlari orasida eng ko’p tarqalgan kamchilikdir. Ye.F.Rau
ma’lumotiga ko’ra, tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar maktabgacha yoshdagi
bolalarda 15-20% ni, kichik maktab yoshdagi bolalarda 5-7% ni tashkil etar ekan.
M.N. Aleksandrova ma’lumotiga ko’ra Rossiyada 5-6 yoshli bolalarda
sirg’aluvchi tovushlar ( s, z ) 23%, shovqinli tovushlar ( sh, j ) 24%, afrikat tovush (
ch ) 13 % “r” tovushi 26 % , “L” tovushi 10%, jaranglilar 4,5 % “ Y “ tovushi 1,5
%, til orqa tovushlari 1% ko’rsatkichlarda no’to’g’ri talaffuz etilishi ko’rsatiladi.
R. Bekker ma’lumotiga ko’ra, Germaniyada dislaliya hodisasi 5-6 yoshli bolalarning
34 % uchrar ekan.
O’zbekistonda M. Ayupova ma’lumoti bo’yicha 5 yoshli bolalarda sirg’aluvchi ( s,
z ) 32,1%, shovqinlilar ( sh, j ) 38,4 % “ r” tovushi talaffuzida 60,7 %, til orqa
tovushlari 25 % , chuqur til orqa tovushlari ( q, g’) 7,1 %, “l” tovushi 5,4% tashkil
etgan.
Nutqdagi talaffuz kamchiliklarini ilmiy tasnif birinchi urinishlar XIX asrning
boshlarida boshlandi.”Dislaliya terminini Yevropada birinchi bo’lib Vilnyus
universitetining shifokori professor I. Frank ilmiy muomalaga kiritgan.
Hozirgi vaqtda dislaliya nutq apparat inervatsiyasi saqlangan va eshitish normada
bo’lganda tovushlar talaffuzidagi kamchilik deb talqin etiladi. Etiologik belgilariga
ko’ra dislaliya ikki shaklga bo’linadi: mexanik ( organik) va funksional dislaliya.