Dislaliya va uning bartaraf etish usullari


PEDAGOGS   international research journal



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix11.12.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#73793
1   2   3   4   5   6   7   8
401-408.pdf iroda logoped

PEDAGOGS 
 international research journal
www.pedagoglar.uz
 

Volume-5, Issue-1, March-2022
 
405 
so’zlashadilar. Buning natijasida bolada tovushlarning to’g’ri talaffuzi kech 
rivojlanadi. Dislaliya bolalarda taqlid asosida ham yuzaga kelishi mumkin. 
Tovushlar talaffuzi hali yetarli, to’g’ri shakllanmagan kichik yoshdagi bolalar bilan, 
tili chuchuk yoki noaniq, tez shoshib gapiradigan kishilar bilan doim muloqotda 
bo’lishi bola nutqiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ko’pincha bola oilada tovushlarni 
noto’g’ri talaffuz etuvchi kishi nutqiga taqlid etadi. Bu esa funksional dislaliyaga 
sabab bo’ladi. 
Oiladagi ikki tillilik, pedagogik qarovsizlik ham funksional dislaliyaga sabab 
bo’ladi. Bunda tovushlarga e’tibor bermaslik, boladagi kamchiliklarni 
to’g’irlamaslik, to’g’ri va aniq talaffuz namunalarini bermaslik hollari ko’zda 
tutiladi. Dislaliya artikulatsion apparat a’zolarining ( til, lab, pastki jag’ ) 
harakatchanligidagi kamchiliklar natijasida ham sodir bo’ladi. Bu hol bolaning tilni 
kerakli holatda ushlab tura olmasligida namoyon bo’ladi. Dislaliya funksional 
eshituvning pasayishi natijasida ham paydo bo’lishi mumkin. Bolaning aqliy 
rivojlanishdagi kamchiliklar ham og’ir va uzoq davom etadigan dislaliyaga sabab 
bo’ladi. Oligofren bolalarning 50 % da tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar bo’lishi 
mumkin.
Dislaliya turlari 
Tovushlarni noto’g’ri talaffuz etish ona tilida hamma tovushlarda uchratish 
mumkin.
Talaffuzdagi kamchiliklar o’z xarekteriga, ma’lum tovushlar gruppasiga tegishli 
bo’lishiga ko’ra dislaliya quyidagi turlarga ajratiladi: 
1. Sigmatizm ( grekcha “ sigma “ “ s” harfining nomini bildiradi). Bunda
sirg’aluvchi ( s, z ) va shovqinli ( sh, j, ch ) tovushlar talaffuzida kamchiliklar 
kuzatiladi. 
2. Rotatsizm ( grekcha “ro” harfi nomidan olingan bo’lib, “ r” tovushini 
bildiradi ) – r tovushining talaffuzidagi kamchiliklardir.
3. Lambdatsizm ( grekcha “ lambda “ harfini nomidan olingan bo’lib, l
tovushini bildiradi ) – l tovushining talaffuzidagi kamchilikdan iborat. 



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin