1.3. Elektron ta`lim resurslarini yaratish.
Elektron o’quv uslubiy majmualarni yaratish bosqichlari va tamoyillari va
elektron o’quv uslubiy majmualar yaratish bosqichlari quyidagilar
1. Manbalarni tanlash
2. Mualliflar bilan manbalarni qayta ishlash uchun shartnoma imzolash
3. Mundarija va tushunchalar ro’yxatini (indekslar) ishlab chiqish
4. Moduldagi matnlarni bo’limlar bo’yicha qayta ishlash va Yordam (Help)
tizimini yaratish
5. Gipermatnlarni elektron shaklda amalga oshirish
6. Texnik talablarni ishlab chiqish
7. Multimedia uchun ma’lumotlarni tanlash
8. Ovozli hamohanglikni ishlab chiqish
9. Ovozli hamohanglikni amalga oshirish
10. Visuallashtirish uchun ma’lumotlarni tayyolash
11. Ma’lumotlarni visuallashtirish
Birinchi bosqichda tanlab olingan manbalar quyidagi talablarga javob berishi
kerak:
o’quv dasturiga to’la mos kelishi;
gipermatnlarni yaratish uchun qisqa va qulay bo’lishi kerak;
ko’p sondagi namunalar va masalalarga ega bo’lishi kerak;
qulay formatda bo’lishi kerak;
Ikkinchi bosqichda olingan manbalar to’plamidan sifat va narxlari bo’yicha
optimal nisbatga ega bo’lganlari tanlab olinadi.
Uchinchi bosqichda mundarija ishlab chiqiladi, ya’ni ma’lumotlar hajmi
bo’yicha minimal, mazmuniga ko’ra tugallangan modullardan iborat bo’limlarga
ajratiladi.
To’rtinchi bosqichda mundarija, indeks va modullar strukturasiga mos holda
manbalardagi matnlar qayta ishlanadi; ro’yxatga kirmagan matnlar olib tashlanadi,
manbalarda yo’qlari esa yoziladi; kontekst yordam tizimi (Help) ishlab chiqiladi;
modullar orasidagi bog’lanishlar va boshqa gipermatnli bog’lanishlar o’rnatiladi;
FIO
Imzo
“Intellektual tizimlar” fanining “Ekspert tizimlar”
bo`limi bo`yicha elektron modul yaratish.
bet
Rahbar Nurullayev M.M.
Talaba
Najmiddinov J.R.
Shu tarzda gipermatn loyihasi kompyuterda amalga oshirish uchun
tayyorlanadi.
Beshinchi bosqichda gipermatn elektron shaklda amalga oshiriladi. Natijada
o’quv maqsadlarida foydalanish mumkin bo’lgan oddiy elektron nashr yaratiladi.
Oltinchi bosqichda har bir muayan holatda kompyuterga qanday matematik
amallar yuklatilishi va kompyuter beradigan javob qanday shaklda bo’lishi
aniqlanadi; intellektual yadro loyihalanadi va amalga oshiriladi; matematik
masalalarni yechishda intellektual yadodan foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar ishlab
chiqiladi.
Natijada talaba va o’qituvchilar uchun muhim va kerakli bo’lgan elektron
o’quv uslubiy majmua yaratiladi. Intellektual yadroni shunday yaratish kerakki uni
quvvatli kompyuter paketlari, masalan Derive, Reduse, Maple, Matlab va h.k. larga
almashtirish mumkin bo’lsin. Shu tarzda elektron o’quv uslubiy majmua multimedia
vositalari yordamida takomillashtirishga tayyor holga keladi.
Yettinchi bosqichda alohida tushuncha va tasdiqlarni tushuntirish usullari
o’zgartiriladi va multimedia ma’lumot’lumotlari bilan almashtiriladigan matnlar
tanlab olinadi.
Sakkizinchi bosqichda ekranni matnli ma’lumotlardan xolos qilish va
o’rganilayotgan ma’lumotlarni tushunish hamda eslab qolishni yengillashtirish
maqsadida ovozli ma’lumotlar uchun matnlar ishlab chiqiladi.
To’qqizinchi bosqichda ovozli ma’lumotlar uchun ishlab chiqilgan matnlar
diktofonga yoziladi va kompyuterga joriy qilinadi.
O’ninchi bosqichda yuqori darajada ko’rgazmalilikka erishish uchun
modullarni visuallashtirish senariyalari ishlab chiqiladi.
O’n birinchi bosqichda matnlarni visuallashtirish amalga oshiriladi, ya’ni
ishlab chiqilgan senariylarni rasmlar, grafiklar, animatsiyalar yordamida amalga
oshiriladi.
Shu bilan elektron o’quv uslubiy majmuani ishlab chiqarish tugaydi va uni
foydalanish uchun tayyorlash boshlanadi [9].
FIO
Imzo
“Intellektual tizimlar” fanining “Ekspert tizimlar”
bo`limi bo`yicha elektron modul yaratish.
bet
Rahbar Nurullayev M.M.
Talaba
Najmiddinov J.R.
Elektron o’quv uslubiy majmuani foydalanish uchun tayyorlash quyidagi
bosqichlarda amalga oshiriladi:
1. Testdan o’tkazish
2. Foydalanish uchun ko’rsatmalar yozish
3. Metodik ta’minotni ishlab chiqish
4. Ro’yxatdan o’tkazish uchun materiallarni tayyorlash
5. Elektron o’quv uslubiy majmuani ro’yxatdan o’tkazish va grif olish
6. Elektron o’quv uslubiy majmuani himoyalash va tarqatish [12-13]
Elektron o’quv uslubiy majmualarni yaratish tamoyillari quyidagilarni o’z
ichiga oladi:
1. Kvantlash tamoyili: ma’lumotlarni hajmiga ko’ra kichik ammo mazmunan
tugallangan modullardan iborat qismlarga ajratish.
2. To’liqlik tamoyili: har bir modul quyidagi komponentlarga ega bo’lishi
kerak:
nazariy yadro
nazariya bo’yicha nazorat savollari
misollar
mustaqil bajarish uchun masala va mashqlar
butun modul bo’yicha nazorat savollari
nazorat ishi
kontekst yordam (Help)
tarixiy izohlar
3. Ko’rgazmalilik tamoyili: har bir modul yangi tushuncha, fikr va usullarni
tushunish va eslab qolishni yengillashtirish imkonini beradigan minimal darajadagi
matn va visualizatsiyaga ega kadrlar kolleksiyasidan iborat bo’lishi kerak.
4. Tarmoqlanish tamoyili: har bir modul boshqa modullar bilan gipermatnli
havolalar orqali shunday bog’langan bo’lishi kerakki foydalanuvchi ixtiyoriy
modulga o’tish imkoni bo’lsin.
5. Boshqarish tamoyili: o’quvchi kadrlar almashishini mustaqil boshqaradi,
ekranga ixtiyoriy sondagi misollarni chiqarish imkoniga ega bo’ladi (“misol”
FIO
Imzo
“Intellektual tizimlar” fanining “Ekspert tizimlar”
bo`limi bo`yicha elektron modul yaratish.
bet
Rahbar Nurullayev M.M.
Talaba
Najmiddinov J.R.
tushunchasi keng ma’noga ega: o’rganilayotgan tushuncha va fikrlarni tasvirlab
beradigan misollar, muayyan masalalarni yechish uchun namunalar, teskari misollar
va h.k), o’ziga kerakli miqdorda masalalarni yechish imkoniyati, shuningdek nazorat
savollariga javob berib yoki nazorat ishlarini bajarib o’zini tekshirish imkoniyati.
6. Moslashuvchanlik tamoyili: o’quv jarayonida elektron o’quv uslubiy
majmua muayan foydalanuvchining ehtiyojlariga moslashish imkoniyatiga ega
bo’lishi, o’rganilayotgan materiallarning chuqurligi va murakkabligini o’zgartirishga
imkon berishi, foydalanuvchining ehtiyojlariga mos ravishda qo’shimcha ko’rgazmali
materiallarni yuzaga keltirishi, o’rganilayotgan tushunchalar va masalalar natijalarini
grafik va geometrik interpretatsiyasini taqdim etishi kerak.
7. Kompyuterli yordam tamoyili: o’quvchi ixtiyoriy paytda uni zerikarli
ishlardan ozod etuvchi va o’rganilayotgam materialning mohiyatiga e’tiborini
qaratishga, ko’proq misollarni ko’rish va yechishga imkon beradigan kompyuter
yordamidan
foydalanishi
mumkin.
Bunda
kompyuter
nafaqat
qo’pol
almashtirishlarni, har xil hisoblashlarni va grafiklarni qurishni bajaradi, balki ixtyoriy
qiyinlik darajasidagi matematik amallarni bajaradi, shuningdek ixtiyoriy bosqichda
olingan natijalarni tekshiradi.
8. Yig’iluvchanlik tamoyili: elektron o’quv uslubiy majmualar ularni yagona
elektron majmualarga birlashtirish imkonini beradigan formatlarda bajarilishi kerak,
ularni kengaytirish va yangi mavzular hamda bo’limlar bilan to’ldirish imkoniga ega
bo’lishi kerak, alohida fanlar bo’yicha elektron kutubxonalarni shakllantirish
imkonini berishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |