Ta’lim texnologiyasi tushunchasi va tamoyillari. Pedagogika fani va
amaliyotida, «pedagogik texnologiya», «ta’lim texnologiyasi», «o‘qitish
texnologiyasi» kabi atamalardan keng foydalanilmoqda. Shu bilan birga, ularni
tushunish paytida alohida farqlar mavjud. Avvalambor, «texnik texnologiya» va
«pedagogic texnologiya» tushunchalarining mohiyatini aniqlaylik [7].
«Texnologiya» – yunoncha ikki so‘zdan – «texnos» (techne)- mahorat, san’at
va «logos» (logos) – fan, ta’limot so‘zlaridan tashkil topgan. Bu ifoda zamonaviy
texnologiya jarayonini to‘liq tavsiflab berolmaydi.
FIO
Imzo
“Intellektual tizimlar” fanining “Ekspert tizimlar”
bo`limi bo`yicha elektron modul yaratish.
bet
Rahbar Nurullayev M.M.
Talaba
Najmiddinov J.R.
1.2
MODULLI O`QITISH TEXNOLOGIYALARI
Bu texnologiyaning afzalligi shundaki, unda ta‘lim mazmuni bilan uni o‘qitish
texnologiyasi chambarchas bog‘langan integratsiyaon jarayon bo‘lib, u quyidagi
texnologiyalar majmui orqali amalga oshadi: muammo algoritmli, dasturlashtirilgan,
aqliy faoliyatning bosqichma-bosqich shakllantirish, to‘liq o‘zlashtirish va boshqalar.
Modulli ta‘lim - dunyo tajribasida qo‘llanilib kelayotgan (Buyuk Britaniya,
Gollandiya, AQSH, Rossiya) ta‘limning samarali shaklidir. Lekin uning didaktik
ta‘minoti to‘liq ishlab chiqilmaganligi sababli keng tarqalmayapti.
P.Modulli texnologiya umumlashgan universal tizim bo‘lib, ta‘lim-trabiya
maqsadlarini amalga oshirishga xizmat qiladigan barcha optimal va mos
texnologiyalarni o‘z ichiga oladi.
Modul - fanning o`zaro bog`liq fundamental tushunchalarini o`rganishga
yo`naltirilgan, didaktik tamoyillar asosida maxsus fanlardan tuzilgan, o`quv
materialining birligidir.
B.M. Mirzaxmedov va Q.T. Olimov tomonidan modulli texnologiya asosida
maxsus fanlardan o`quv adabiyotlarini yaratish imkoniyatlari nazariy jihatdan asoslab
berilgan. Mualliflar modulli texnologiya asosida o`quv adabiyotlarini yaratishda har
bir modul ta`lim oluvchilarda mustaqil tafakkur yuritish, mustaqil rejalashtirish va
muammolarni echish yo`llarini taklif qilishi, hamda bilimlarni kasbiy faoliyatga
qo`llash ko`nikmalarini shakllantirishga yo`naltirilgan bo`lishi kerak deb
ta`kidlaydilar [8].
Har bir modulli qo`llanma yoki o`quv materiali o`quvchilarning bilim va
ko`nikmalarini faollashtirish va qiziqtirish, mustaqil o`rganish, o`quv materialini
to`liq o`zlashtirish va individual ishlash imkoniyatini yaratish kabi masalalarni
yechishi kerak.
Modulli o`qitish texnologiyasi va o`quv materiallari O`zbekiston ta`lim
tizimida yangi kirib kelayapti. Modulli o`quv materiali darslik singari o`quv
dasturidagi mavzulardan iborat matnlarni o`ziga qamrab olmay, balki unda ma`lum
faoliyat usulini o`rganish bo`yicha amaliy shug`ullanish usullarini ko`rsatib beradi,
bularning barchasi mustaqil tartibda va mantiqiy uzviylikda ifoda etiladi. Har bir
FIO
Imzo
“Intellektual tizimlar” fanining “Ekspert tizimlar”
bo`limi bo`yicha elektron modul yaratish.
bet
Rahbar Nurullayev M.M.
Talaba
Najmiddinov J.R.
modulning mavzusi va o`quv maqsadlari o`zgarsa ham uning shakli va tuzilishi
o`zgarmas bo`lib qoladi. Bu kabi bir xil tuzilishga ega modullar o`qituvchiga
o`quvchining fanni o`rganishlarini samaraliroq nazorat qilish va baholash
imkoniyatini beradi.
Quyida ishlab chiqarish ta`lim ustalari uchun modulli qo`llanma tuzilmasi
keltirilgan. Faoliyat usullari bo`yicha har bir modul tuzilmasi quyidagicha bo`lishi
kerak:
1.
Modul raqami.
2.
Modul mavzusi.
3.
Modulning o`quv maqsadi.
4.
Modulga ajratilgan o`quv soatlari.
5.
Modulni o`rganish mobaynida o`quvchida shakllanadigan bilim, malakalar va
ko`nikmalar.
6.
Modulli
o`rganish
natijasida
o`quvchilarning
nazariy
bilimlarining
mustahkamlanishi.
7.
Modul mavzusiga bog`liq nazariy bilimlar.
8.
Moduldan o`qitishda foydalaniladigan qo`shimcha jihozlar, didaktik vositalar
va materiallar ro`yxati.
9.
Modul orqali natijaga erishishda o`quvchilar bajaradigan mashg`ulot va
vazifalar sxemasi.
10.
Moduldan o`qitishda tavsiya qilingan o`qitish texnologiyalari va metodlari.
11.
Asosiy nazariy bilimlarni baholash uchun testlar to`plami.
12.
Modul o`qitish natijalarini talabalarda qanday namoyon bo`lganligini qayd etib
borish uchun baholash mezonlari.
Har bir modul o`qituvchi va o`quvchiga mo`ljallangan materiallardan tuziladi.
O`quvchi uchun mavzu haqida ma`lumotlar, ishchi varaqalari va testlar o`qituvchi
tomonidan tayyorlanishi mumkin.
Modulli o`quv materialidan o`quvchi nazariy bilimga ega bo`lib, amaliy
ishlarni mustaqil ravishda bajarish imkoniyati ta`minlanishi kerak.
FIO
Imzo
“Intellektual tizimlar” fanining “Ekspert tizimlar”
bo`limi bo`yicha elektron modul yaratish.
bet
Rahbar Nurullayev M.M.
Talaba
Najmiddinov J.R.
Hozirgi paytda modulli o`quv qo`llanmalar va materiallar yaratilib sinovdan
muvaffaqiyatli o`tmoqda. Kichik guruhlardan iborat mualliflar jamoasi asosan,
maxsus fan o`qituvchilari va ishlab chiqarish ustalari bu modulli o`quv qo`llanmalar
va materiallarni ishlab chiqishlari tavsiya etiladi.
Modulli o`quv materiali asosida o`qitishni rejalashtirish va erishilsa bo`ladigan
hamda baholashni mumkin bo`lgan o`quv natijalari nuqtai nazaridan qaraganda o`quv
va o`rganish materiallari ichida eng ma`qbul yo`llaridan biri hisoblanadi.
FIO
Imzo
“Intellektual tizimlar” fanining “Ekspert tizimlar”
bo`limi bo`yicha elektron modul yaratish.
bet
Rahbar Nurullayev M.M.
Talaba
Najmiddinov J.R.
Dostları ilə paylaş: |