javob topish metodi hisoblanadi. Bu metod fanda suqrotcha suhbat metodi nomini olgan. Bu
metodning mazmun – mohiyati quyidagicha bo‘ladi, ya’ni bunda eng avval o‘qituvchi o‘z
o‘quvchisida qiziqish yo‘nalishini va bilishga intilishini o‘yg‘otadigan savollardan
foydalanilgan; keyin esa mulohaza yuritish asosida o‘quvchini voqea – hodisalarning mohiyatini
idrok etishga undagan. Demak, suqrotcha suhbat metodida qiziqishdan bilishga, bilishdan idrok
etishga qarab induktiv metod asosidagi faoliyat dinamikasi shakllantirilgan. Mazkur jarayonda
o‘qituvchining mulohazasi ko‘pincha ritorik savollarni muhokama qilish bilan to‘ldirib turilgan.
Suqrotcha suhbatlar bir yoki bir necha o‘quvchilar ishtirokida tashkil etiladi.
Dogmatik o‘qitish – bu jamoa asosida idrok etish faoliyatining ilk turi bo‘lib, u o‘rta
asrlarda keng tarqalgan. O‘rta asrlarda G‘arbiy Yevropada ularning ilk ko‘rinishlari iste’molda
bo‘lib, unda lotin tili, Markaziy Osiyo mamlakatlarida esa arab tili yetakchi o‘rin tutgan. Bu
borada musulmon pedagogik konsepsiyasi sezilarli darajadagi ma’naviyatlilik va intellektuallik
xususiyatlariga hamda mazmun – mohiyatga ega bo‘lgan. Ularning g‘oyalari bo‘yicha o‘z
faoliyatlarida bilimlardan faol va ijodiy foydalana oladigan odamgina komillikka erishish
mumkin, degan hukumiy fikr shakllangan.
“Haqiqiy g‘oyalar” deb nom olgan pedagogik tizimning asosiy tayanch nuqtasi haqiqiy bilimlarni o‘zlashtirishdan iborat bo‘lgan. Abu Ali ibn Sinoning “Donishnoma” va “Bilimlar
kitobi” nomli asarlarida ham mazkur muammo yechimiga alohida e’tibor qaratilgan. Ularda
ta’kidlanishicha haqiqiy bilimlarni o‘zlashtirishga ikkita to‘siq halaqit qiladi. Ular: so‘zlarning
aniq emasligi; fikrlarning tushunarli emasligi. Qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etishda logika
fani yutuqlari va ulardan iste’molda foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Musulmon mamlakatlarida yoshlarni o‘qitish va tarbiyalashda ular tomondan arab tilida
yozilgan “Qur’oni Karim”ni va “Hadisi Sharif”ni yod olinishi bilim egallashning asosiy sharti
hisoblangan. Bulardan tashqari o‘sha paytda bir qator maktablarda fors tili ham o‘rgatilgan.
Yoshlar asosiy ta’limni maktablar – boshlang‘ich maktabdan olganlar va unda ilohiy va
muqaddas kitobni (“Qur’oni Karim”ni va “Hadisi Sharif”ni) o‘qish, yodlash va talqin qilish
mashg‘ulotlari, shuningdek, boshqa manbalar bo‘yicha ham o‘qish, yozish va hisoblash
tafakkurini shakllantirish faoliyatlari amalga oshirilgan.
Demak, dogmatik o‘qitishda yoshlarning asosiy faoliyatlarini tinglash, o‘qish, yod olish,
eslab qolish va matnni so‘zma – so‘z takrorlashlar tashkil etgan.
Yoshlarning oliy ma’lumot olishi o‘sha davrlardagi nufuzli madrasalarda amalga
oshirilgan. Movarounnahrdagi eng yirik o‘quv maskanlari sirasiga Samarqand, Buxoro, Urganch
va G‘ijduvondagi madrasalarni kiritish mumkin. Bu ma’rifiy markazlarining rivojlanishi XV –
XVII asrlarga to‘g‘ri keldi. Madrasalarda, o‘qitish fors tilida olib borilgan. Ularda ta’lim
oluvchilar majburiy tarzda arab tilini ham o‘rganganlar.
Madrasalar o‘quv rejasiga grammatika, Qur’oni Karim, Hadisi Sharif, ritorika, logika,
metafizika, geologiya, adabiyot, ilmi hujum, huquqshunoslik, riyoziyot, handasa, jug‘rofiya va
shu kabi fanlar kirgan. O‘qitish asosan og‘zaki shaklda olib borilgan. Ulardagi o‘quv
adabiyotlari asta – sekin ancha ko‘p qirrali, turli – tuman bo‘lib boravergan.
Dogmatik o‘qitish o‘rniga asta – sekin o‘quv jarayonida ko‘rgazmalilikni keng jalb etish
natijasida tushuntirish, tushuntirish – namoyish etish kabi ta’lim shakllari qo‘llanila
boshlandi.
Hozirgi vaqtda, Respublikamizda faoliyat yuritayotgan zamonaviy ta’lim muassasalarida
ta’limning eng muhim quyidagi uch turidan foydalanilmoqda: