bilimning aniq predmet sohasini o‘rganish;
o‘quv kurslarida ishlanmalarni qo‘llash;
o‘quv jarayonini boshqarish va shu kabilar.
Bugungi kunda o‘quv jarayonini tashkil etishda qo‘llanilayotgan kompyuterli o‘qitish
tizimini quyidagidek sinflarga ajratish mumkin:
A) Ma’ruzani immitatsiyalovchi va o‘rganuvchi materialni bayon etishda aniq rejaga ega
bo‘lgan ma’ruzachi tipidagi tizimlar;
B) Seminar, labaratoriya mashg‘ulotlarini immitatsiyalovchi assistent tipidagi tizimlar;
V) O‘rganilayotgan va yondash fanlar bo‘yicha foydalanishga mo‘ljallangan ma’lumotlar
bazasini tashkil qiluvchi maslahatchi tipidagi tizimlar;
G) Bilimlarning boshlang‘ich darajasini va o‘quvchining psixologik holatlarini tekshirishga
imkon beruvchi repititor tipidagi tizimlar”
[Bekmirzaev R. Fundamental fanlarni o‘qitishda
yangi axborot texnologiyalarining qo‘llanilishi // “Tabiiy fanlarni o‘qitish muammolari”
mavzusidagi respublika ilmiy – uslubiy anjumani materiallari. – Jizzax, 2006. – B. 175].
Ta’limni tashkil etish haqida tushuncha, uning xilma – xil turlari.
Dunyoda shunday ta’lim tizimi yuzaga kelganki, uning xilma – xil turlari mavjud bo‘lib,
ularni ko‘pchilik
“qo‘llab turuvchi, ta’minlovchi, yordamchi o‘qitish” deb ataydilar. U
qanchalik xilma – xil bo‘lmasin, uning asosiy
maqsadi odamni kundalik muammolarni hal
etishga tayyorlashga asoslangan bo‘lib, shaxsning faoliyati va hayot tarzini qo‘llab turish uchun
mo‘ljallangan.
Ayni vaqtda
“Innovatsion” (yangilik kiritish) ta’limni tashkil etishga alohida e’tibor
berilmoqda.
Dostları ilə paylaş: